Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash
Ushbu kitob "Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini tiklash" fanini o'zlashtirish uchun tayyorlangan bo'lib, talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar va zamonaviy texnologiyalar haqida ma'lumot beradi. Unda transport vositalarining asosiy detallarini ta'mirlash, ularning ishlash qobiliyatini tiklash va mustahkamlash usullari chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mavzu: Detal va uning ish qobiliyatini belgilovchi ko’rsatkichlar: Ushbu mavzu transport vositalari detallarining ish qobiliyatini belgilovchi ko’rsatkichlar, jumladan, o’lcham, yuza, shakl va joylanish aniqligi, hamda yuza sifati, detallarning ishlashida sodir bo’layotgan jarayonlar, ishqalanish va moylash turlari, yeyilish turlari, hamda bazis detallarning deformatsiyalanishi haqida ma’lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni yuklanishi va uning turlari: Mavzu yuklanishlarni taqsimlanishi va konsentratsiyalanishuvi, transport vositalaridagi detallarni turlanishi, ishlash sharoitlari va ta’mirbopligi, detallarning chegaraviy holati, ularni tiklash nazariyasi va ta’mirlash strategiyasi hamda detallarni tiklash va ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risida tushuncha beradi. Shuningdek, ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligi va chet el tajribalari haqida ham so’z yuritiladi.
- Mavzu: Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlari: Ushbu mavzu iflosliklarning turlari va harakteristkalari, detallardagi ifloslik turlari va tozalash usullari, avtomobillarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi va nuqsonlarni keltirib chiqarish sabablari, hamda detallarning mexanik buzilishlari haqida ma’lumot beradi.
- Mavzu: Nuqsonlarni aniqlashning visual va instrumentral usullari: Mavzu nuqsonlarni aniqlashning visual va instrumentral usullari, jumladan umumiy ma'lumotlar, gidravlik bosimga asoslangan va magnitli defektoskopiya, lyuminestsentsiya (fluorestsentsiya) va ultratovush ta'sir ettirish usuli, detallarni nazorat qilish va saralashning texnikaviy shartlari hamda detallarni yaroqlilik guruhlari va ishlash imkoniyatini tiklash yo’nalishlari bo’yicha saralash texnologiyasi haqida ma’lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni tiklash usullari: Ushbu mavzu detallarni ishlash imkoniyatini tiklash usullari, detallarni ta’mir o’lchamlari bo’yicha tiklash, qo’shimcha ta’mir detallarini o’rnatish usuli hamda detallarni tiklash jarayoni, mohiyati va usullari haqida ma’lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni payvandlash va eritib qoplash: Mavzu payvandlash va eritib qoplashning umumiy ma'lumotlari, turlari, detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo’li bilan tiklash, flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash hamda suyuqlantirib qoplash, tebranma yoy va gazlar muhitida eritib qoplash haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Kavsharlash: Mavzu kavsharlashning umumiy tushunchalar va qo’llanilish sohasi, kavsharlashda foydalaniladigan flyuslar va asboblar, yumshoq kavsharda kavsharlash hamda xavfsizlik texnikasi va muhitni muhofaza qilish haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni gazatermik changitib qoplash usulida qayta tiklash: Mavzu gazatermik eritib purkash usullari va texnologiyasi, elektr yoyi yordamida eritib purkash, gaz alangasi yordamida changitib purkash va detallarni plazma yordamida eritib purkash haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni galvanik va ximik qoplamalar yordamida tiklash: Mavzu galvanik jarayonning mohiyati, xromlash, ximik xromlash usuli, xromning detallar yuzasiga elektrolitik cho’ktirilish jarayoni, po’latlash (temirlash) va detallar yuzasini qattiq (eyilishga chidamli) temir bilan qoplash haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Himoya dekorativ qoplamalar. Detallarning sintetik materiallar yordamida qayta tiklash: Mavzu fosfatlash, nikellash, xromlash va ruxlash, detallarni ta'mirlashda qo’llaniladigan sintetik materiallar tasnifi va ularning turlari hamda sintetik materiallar yordamida detallarning yeyilgan yuzalarini qayta tiklash haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni tiklashda ilg’or texnologiyalar: Mavzu lazer yordamida ishlov berish texnologiyasi, elektron-nur va magnit-impulsli payvandlash (ishlov berish) hamda polimer va yelimli materiallar bilan ta’mirlash texnologiyasi haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Namunaviy detallarini ta'mirlash: Mavzu korpus detallarini qayta tiklash, dumaloq sterjenlar (vallar) ni ta'mirlash, ichki teshik sterjenlar sinfdagi detallarni ta'mirlash, «Dumaloqmas sterjenlar» va disklar sinfidagi detallarni ta'mirlash hamda tishli, tasmali va zanjirli uzatmalarni ta'mirlash haqida ma'lumot beradi.
- Mavzu: Detallarni ta'mirlashda texnikaviy talablar va texnologik zaminlar ularning tasnifi: Mavzu detallarning ta'mirlashning texnologik yo’nalishlari, tiklangan detallarni sifat ko’rsatkichlari hamda detallarni tiklash jarayonini tanlash haqida ma'lumot beradi.