Respublikaning qishloq hududlarida ekstremal iqlim sharoitida suv chiqarish uchun fotoissiqlik qurilmalarini ishlab chiqish
Ushbu dissertatsiya ishi iqlim sharoitida suv chiqarish uchun fotoissiqlik qurilmalarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini oshirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Qishloq hududlarida avtonom fotoelektrik suv chiqarish tizimlarini rivojlantirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, mavjud texnologiyalarni takomillashtirish masalalari o'rganilgan. Tadqiqotda issiq va quruq iqlim sharoitlarida foydalaniladigan fotoelektrik suv nasos tizimlari va qurilmalarining hozirgi zamonaviy holati tahlil qilingan, shuningdek, PV-syst dasturi yordamida iqlimiy va mavsumiy omillarning tizimlarga ta'siri tadqiq etilgan. Tajriba namunalarini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish orqali ularning samaradorligi baholangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya ishining dolzarbligi, mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar sharhi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ishning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
- 1-bob. Fotoelektrik batareyalar va ular asosidagi suv chiqarish va uzatish texnologiyalari samaradorligini oshirish: FIB lar samaradorligini oshirish, Fotoelektrik suv nasos tizimlarining umumiy klassifikatsiyasi, tarkibiy qisimlari va samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarning qisqacha tahlili keltirilgan. Avtonom fotoelektrik suv chiqaruvchi tizimlarda kerak bo'ladigan qoʻshimcha butlovchi qurilmalarning texnik parametrlari oʻrganilgan. Issiq va quruq iqlimli mintaqalar (Misr, Hindiston, Eron) va mamlakatimizda suv chiqarish uchun FIB lardan samarali foydalanish boʻyicha olib borilgan tadqiqot ishlari tahlil qilingan.
- 2-bob. Fotoelektrik batareyalar va ular asosidagi suv chiqaruvchi tizimlarga tashqi muhit parametrlari ta'sirini oʻrganish: Avtonom fotoelektrik suv chiqaruvchi stansiyalarda yuzaga keladigan turli xil yoʻqotishlar, tadqiqot va nazariy natijalarni taqqoslab kompyuter dasturidan foydalanib modellashtirilgan. Tizim va nasos tizimi samaradorligini eksprement natijasi, dastur natijasi mosligi aniqlangan. Massivni sovitishda qoʻshimcha quvvat talab qilinmaydigan yangi tizim ishlab chiqilgan.
- 3-bob. Fotoissiqlik batareya asosidagi suv chiqaruvchi qurilmaning tadqiqot natijalari: FIB asosidagi suv chiqarish uchun mo'ljallangan avtonom mobil qurilmaning elektrofizik parametrlari, energiya jamg'arish tizimining suv chiqarish jarayonida vaqt davomida oʻzgarishi va chiqarilgan suv miqdorlari natijalari keltirilgan. An'anaviy fatoelektrik suv chiqaruvchi qurilmalar bilan taqqoslangan.
- 4-bob. Texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari: PV-syst 7.4.2 dasturi yordamida quvvati 600 W ga teng FEB va FIB rejimidagi oʻrtacha quvvatlari taqqoslangan. Qurilmalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oylar kesimidagi va yil davomida ishlab chiqargan elektr energiyasini taqqoslash natijalari, shuningdek, FIB asosidagi qurilmaning koʻrsatkichlari FEB asosidagi qurilmanikidan oʻrtacha 1,69 marta yuqoriligi aniqlangan. Qurilmalarning 20 yil xizmat qilish muddati davomidagi narxlari (LCC) va oʻzini qoplash muddati (PBP) hisoblangan. Shuningdek, Qurilmalar bilan benzin generatori taqqoslangan.
- Xulosa: Dissertatsiya natijalari bo'yicha asosiy xulosalar keltirilgan. Xususan, avtonom tizimlarning ishonchliligi va samaradorligi, fotoissiqlik batareyalarning issiq va quruq iqlim sharoitida energiya yo'qotishlari, yangi turdagi FIB asosidagi suv chiqaruvchi mobil qurilma ishlab chiqilganligi, uning an'anaviy FEB asosidagi qurilmadan yuqoriligi hamda iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan.