Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari

Ushbu kitob "Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari" fanining birinchi qismini o'z ichiga oladi. Unda asosiy nazariy ma'lumotlar, usullar, va amaliy mashg'ulotlar berilgan. Kitob talabalarga inshootlarni loyihalash va hisoblash asoslarini o'rgatishga qaratilgan bo'lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Kitobda "Qurilish mexanikasi faniga kirish", "Inshootlar hisoblash sxemalari va ularning turlari", "Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi", "Oddiy va konsol balkalarda zo'riqishlarning ta'sir chiziqlari" kabi mavzular chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Qurilish mexanikasi faniga kirish: Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. Tayanch so'z va iboralar: Loyihalash, ichki kuchlar, kuchlanish holati, konstruksiya, inshoot, mustakamlik, bikrlik, ustuvorlik, ratsional shakl, haqiqiy shakl, to'liq shakl, hisob sxemasi, sterjenli sistemalar, plastinka, qobiq, massiv sistemalar, yassi va fazoviy sistemalar, yuklar, tayanchlar, reaksiya.
  • 2-mavzu. Inshootlar hisoblash sxemalari va ularning turlari: Inshootlar hisoblash sxemalarini tanlash. Inshootlar klassifikatsiyasi. Inshootlarga ta'sir etuvchi yuklar va ularning klassifikatsiyasi. Tayanch so'z va iboralar: Loyihalash, ichki kuchlar, kuchlanish holati, konstruksiya, inshoot, mustakamlik, bikrlik, ustuvorlik, ratsional shakl, haqiqiy shakl, to'liq shakl, hisob sxemasi, sterjenli sistemalar, plastinka, qobiq, massiv sistemalar, yassi va fazoviy sistemalar, yuklar, tayanchlar, reaksiya.
  • 3-mavzu. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi: Tayanchlar va ularning turlari. Geometrik oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va oniy oʻzgaruvchan sistemalar. Sistemalarning erkinlik darajasi. Sterjenli sistemalarning geometrik oʻzgarmasligining zaruriy sharti. Tayanch so'z va iboralar: Loyihalash, ichki kuchlar, kuchlanish holati, konstruksiya, inshoot, mustakamlik, bikrlik, ustuvorlik, ratsional shakl, haqiqiy shakl, to‘liq shakl, hisob sxemasi, sterjenli sistemalar, plastinka, qobiq, massiv sistemalar, yassi va fazoviy sistemalar, yuklar, tayanchlar, reaksiya.
  • 4-mavzu. Oddiy va konsol balkalarda zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlari: Harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlari haqida tushuncha. Oddiy va konsol balkalarning biror kesimi uchun ichki zo‘riqishlarning ta’sir chiziqini chizish. Ta’sir chiziqlari yordamida zo‘riqishlarni aniqlash. Tayanch so‘z va iboralar: Harakatlanuvchi yuklar, harakatlanuvchi birlik kuch, ta’sir chizig‘i, reaksiyaning ta’sir chizig‘i, eguvchi moment va kesuvchi kuchlarning ta’sir chiziqlari, statik usul, R=1 kuchining holatlari, oddiy balkalarda ta’sir chiziqlarini qurish, konsolli balkalarda ta’sir chiziqlari, harakatlanuvchi to‘plama kuchlar, chiziqli taralgan kuchlar, juft kuchlar ta’siri, zo‘riqishlarni aniqlash formulalari, yuklarni tugunlar orqali ta’siri, asosiy balka, ko‘ndalang va bo‘ylama, yordamchi balkalar, tugun orqali uzatilish holati, R=1 kuchi asosiy balka tugunida, R=1 bo‘ylama yordamchi balkada, RA va RB reaksiyalar, MC va QC zo‘riqishlar ta’sir chiziqlari.