Tо‘qimаchilikdа innоvаtsiоn teхnоlоgiyаlаri
Mazmun yangi va zamonaviy uskunalar hamda texnologik jarayonlarni o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda har bir texnologik jarayonning maqsadi, uskunalarning tuzilishi, ishlashi, rostlanishi, unumdorliklari, chiqindilar va boshqaruv tizimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, dunyoning yetakchi to'qimachilik korxonalariga o'rnatilayotgan zamonaviy uskunalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Qayta o'rash jarayonlari: Qayta o'rash jarayonlari va ularda yaratilayotgan yangi uskunalar, jumladan, Bandomat va Makromat mashinalarining texnologik ishlash prinsipi, zamonaviy avtomatlar va ularning turlari, afzalliklari va kamchiliklari, hamda uskunalar va mexanizmlarning sozlanishi batafsil yoritilgan.
- Tandalash jarayonlari: Tandalash jarayonlari va ularda qo'llaniladigan zamonaviy uskunalar, tandalash romlari, tandalash jarayonining texnologik omillari, tandalash mashinalarining turlari, afzalliklari va kamchiliklari, hamda kompterli boshqaruv tizimini o'rganish.
- Oxorlash jarayonlari: Oxorlash jarayonlari, ularda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar, jumladan, gidrodinamik generator va termomexanik usulda oxor tayyorlash, shuningdek, oxorlash mashinalarining turlari va ularning afzalliklari hamda kamchiliklari batafsil yoritilgan.
- Ip uzatish va bog'lash: Ip uzatish jarayonlari, zamonaviy uzatish dastgohlari va ulash mashinalari, ularning ishlash prinsipi va texnologik omillari, hamda hamda ipni uzatish va bog'lash jarayonlarini kompyuterli boshqaruv tizimini o'rganish.
- Xomucha hosil qilish jarayonlari: Xomucha hosil qilish jarayonlari, ularda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar, jumladan, zamonaviy pozitiv va kulachokli xomucha hosil qilish mexanizmlari, ularning ishlash prinsipi va texnologik omillari hamda M8300 ko'p fazali dastgohining asosiy texnik xarakteristikasi batafsil yoritilgan.