Transport umumiy kursi
Ushbu kitobda O‘zbekiston transport tizimining barcha turlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar, jumladan transport tizimining umumiy tavsifi, transport turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy ko‘rsatkichlari, rivojlanish istiqbollari, tashishga ketadigan xarajatlar, transport tariflari, ekologik muammolar va xavfsizlik jihatlari atroflicha o‘rganilgan. Kitobda shuningdek, yo‘lovchi va yuk tashishning asosiy tamoyillari, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi, transport tizimini boshqarish uslublari, mamlakatimizdagi transport infratuzilmasining holati va uni rivojlantirish bo‘yicha kelajakdagi istiqbollar ham yoritilgan. Shuningdek, kitobda transportning huquqiy jihatlari, ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarning tatbiqi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Transport tizimining umumiy tavsifi va turlari: Transport tizimining umumiy tavsifi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish istiqbollari va asosiy ko‘rsatkichlari. Transport turlari, ularning tasnifi va qisqacha tavsifi.
- Transport bilan ta'minlanganlik va transport faoliyatini boshqarish tizimi: Transport jarayoni haqida umumiy tushunchalar. Tashish jarayoni asosiy elementlari. Transport ishining asosiy ko‘rsatkichlari.
- Transport turlarini tanlash tamoyillari va uslublari: Transport turlari rivojlanishining qisqacha tarixi. Transport xizmatlarining iste’molchilar tomonidan transport turlarini tanlash tamoyillari. Yuklarni tashish uchun transport turini tanlash uslublari.
- Avtomobil transporti: Avtomobil transporti, uning o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy ko‘rsatkichlari. Avtomobil transportining asosiy texnika jihozlari.
- Avtomobil-yo‘l infratuzilmasi: Avtomobil yo‘llarining ahamiyati. O‘zbekiston avtomobil yo‘llarining tavsifi va ko‘rsatkichlari.
- Temir yo‘l transportining texnik-iqtisodiy tavsifi va rivojlanish muammolari: Temir yo‘l transporti, uning o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy ko‘rsatkichlari. Temir yo‘l transportining asosiy texnik-ekspluatatsion xususiyatlari va texnik jihozlari.
- Daryo transportining tavsifi va rivojlanish istiqbollari: Daryo transportining asosiy texnika jihozlari. Daryo transportining texnik-iqtisodiy xususiyatlari. Daryo transportini rivojlantirish istiqbollari.
- Dengiz transportining tavsifi va rivojlanish istiqbollari: Dengiz transporti haqida tushuncha. Dengiz transportining rivojlanish imkoniyatlari. Dengiz transportining texnik-iqtisodiy xususiyatlari. Dengiz transporti asosiy texnika jihozlari.
- Havo transportining tavsifi va rivojlanish istiqbollari: Havo transporti texnika jihozlari. Havo transportining texnik-iqtisodiy xususiyatlari. Havo transportini rivojlantirish istiqbollari.
- Shahar va shahar atrofi transporti: Shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Shahar va shahar atrofi transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sohalari. Shaharlarning majmuaviy transport sxemalarini loyihalash.
- Energiya transporti: Energiya ta’minoti asosiy manbalari. Energiya transportining o’ziga xos xususiyatlari, muammolari va rivojlanish tendentsiyasi. O’zbekiston respublikasida energiya transportining muhim ob’ektlari.
- Sanoat transporti: Sanoat transportining turlari va ularning tavsifi. Sanoat transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sohalari.
- Quvur tarmoqli transport: Quvur tarmoqli transportning tuzilishi va turlari. Quvur tarmoqli transportda ishlatiladigan jihozlar.
- Yo‘lovchilarni tashish: Yo‘lovchilarni tashishning transport turlari o‘rtasida taqsimlanishi. Asosiy yo‘lovchi oqimlarining tavsiflari va aholining harakatlanuvchanligi.
- Yuklarni tashish: Yuklarni tashishning transport turlari o‘rtasida taqsimlanishi. Asosiy yuk oqimlarining tavsifi. Yuk tashish hajmi va yuk oboroti.
- Shahar va shahar atrofi transporti; Shaharlarning majmuaviy transport sxemalarini loyihalash: Shaharlarning majmuaviy transport sxemalarini loyihalash. Transport tarmog‘ini loyihalash ketma-ketligi. Transport uzellari. Shahar transportini yanada rivojlantirish istiqbollari.
- Yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlari: Yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatni baholash mezonlari. Yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatni integral baholash.
- Transportda huquqiy munosabatlar: Ichki va xalqaro tashishlarda shartnoma munosabatlari. Transportda hujjatlar. Yuk egalari va tashuvchilarning yuklar va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida еtkazish bo‘yicha javobgarligi.
- Transportning ixtisoslashtirilgan va noan’anaviy turlari: Ixtisoslashtirilgan transportlarni tasnifi. Ixtisoslashgan transportlarni rivojlarish muommolari. Shahar transporti tarmoqlari va texnik jihozlari.
- Transport turlarini tanlash tamoyillari va uslublari: Transport xizmatlarining iste’molchilari tomonidan transport turlarini tanlash tamoyillari. Yuklarni tashish uchun transport turini tanlash uslublari. Yo‘lovchilarni tashish uchun transport turini tanlash uslublari. Transportning har xil turlaridan samarali foydalanish sohalari.
- Transportda ilm-fan, ekologiya va xavfsizlik: Transportning ilmiy muammolari. Intellektual transport tizimlari. Transportda ekologiya muammolari. Har xil transport turlarida ekologiya muammolari va uni bartaraf etish yo‘llari. Transportda xavfsizlik muammolari.
- Transportda ekologiya muammolari: Har xil transport turlarida ekologiya muammolari va uni bartaraf etish yo‘llari.Transportda xavfsizlik muammolari.
- Tashishga ketadigan xarajatlar va transport tariflari: Transport xarajatlarining asosiy elementlari. Tashishlarning tannarxini hisoblash uslublari.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transport tariflarini qurish tamoyillari: Narxni shakllantirishning tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transport tariflarini shakllanish tamoyillari.
- Yuklarni tashish hajmi va yuk oboroti: Yuklarni tashishning transport turlari o‘rtasida taqsimlanishi. Asosiy yuk oqimlarining tavsifi. Yuk tashish hajmi va yuk oboroti.