Maktab kimyo kursida “Metallar” mavzusini o`qitishda interaktiv usullardan foydalanish
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimidagi kimyo ta'limi, xususan, "Metallarni o'qitish metodikasi"ning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Kitobda metallarning davriy sistemadagi o'rni, xossalari, olinishi va ishlatilishi kabi mavzularga interfaol usullar bilan yondashish, shuningdek, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Material maktab kimyo kursida amaliyotga tavsiya etish uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Metallarga oid bilimlarning umumiy tavsifi: Metallarning davriy sistemadagi o'rni, tabiatda tarqalishi, sanoatda olinishi, xalq xo'jaligida ishlatilishi, qotishmalari va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Maktab kimyo kursida metallar mavzularini o'qitish metodikasi: Interfaol o'qitish usullari, dars ishlanmalari, seminar darslari orqali metallar mavzusini o'qitish metodikasi tavsiflanadi.
- Pedagogik tajriba va uning natijalari: Tajriba-sinov ishlarining maqsadi, vazifalari, natijalari va ularning tahlili keltirilgan. O'quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etish usullari, baholash mezonlari va amaliy tavsiyalar berilgan.
- Natriy va kaliyning xossalari va eng muhim birikmalari: Ishqoriy metallarning tipik vakillari natriy va kaliy haqida to'liq ilmiy ma'lumotlar beriladi ularning tabiatda uchrashi, olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari va muhim birikmalari haqida ma'lumotlar yoritiladi.
- Kalsiy va magniyning xossalari: Ishqoriy-yer elementlarining tipik vakillari kalsiy va magniyning tabiatda uchrashi, olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, birikmalarini xalq xo'jaligida ishlatilishi, biologik ahamiyati haqida ilmiy tushunchalar beriladi.
- Temirning xossalari va uning birikmalari: Temir Davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi, tabiatda uchrashi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, temirning (II) va (III) valentli birikmalarining olinishi, xossalari va ishlatilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish: O'zbekistonda metallurgiya korxonalari, ularning xom ashyolari, cho'yan va po'latning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, ularni sanoatda olinish yo'llari tushuntiriladi.
- Alyuminiyning xossalari: Alyuminiyning eng muhim birikmalari haqida, akyuminiyning xossalari keltirilgan.