Turkiy filologiyaga kirish
Ushbu kitob "Turkiy filologiyaga kirish" fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan metodik qo'llanma bo'lib, turkiy filologiya, turkologiya asoslari, turkiy tillar tarixi va tasnifi, turkiy yozuvlar, shumerlar va etrusklar tillari, turkiy xalqlar yozuvlari, Mahmud Koshg'ariy va uning "Devonu lug'otit turk" asari, turkologiya maktablari, va boshqa turkiy tillarni o'rganish masalalarini qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Turkiy filologiyaga kirish: Turkiy filologiyaning umumiy masalalari, turkiy manbalar, turkiy tillar taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari va oʻziga xos xususiyatlari, turkiy yozuvlar, turkologiyaning shakllanish bosqichlari, turkiy tillarning tasniflari, yetakchi maktablari, oʻrganilish muammolari va yechimini kutayotgan dolzarb masalalar.
- Turk etnonimi va uning etimologiyasi: Turk etnonimining turli olimlar tomonidan oʻrganilishi, Turk soʻzining ma'nolari, Turk so'zining etimologiyasi.
- Qadimgi turkiy etnonimlar: Avar, alan, massaget, sak, saka, sarmat, skif, sokolot, sug'd, subar, tavr, usun, xorazm, shumer va boshqa qadimgi etnonimlar. Ularning kelib chiqishi haqidagi munozaralar.
- Turkiy tillarning tasnifi: Turkiy tillarning Tabert-Stralenberg, R.Rask, V.Shott, H.Vamberi, Y.Nemet, G.Ramstedt, M.Ryasyanen, I.Bensing, G.Menges, L.Ligeti, Mariya Antonina Jzaplijka va turk olimlari tomonidan tasnif qilinishi. Fonetik, fonetik-morfologik, turkiy xalqlarning geografik joylashuvi hamda turkiy tillarning tarixiga asoslangan tasniflar.
- Shumerlar va ularning tili toʻgʻrisidagi munozaralar: Shumerlar va ularning tili toʻgʻrisida Yevropa olimlarining qarashlari. Shemerlarning turkiylarga munosabati masalasi haqidagi munozaralar.
- Etrusklar va ularning tili toʻgʻrisidagi munozaralar: Etrusklar va ularga oid madaniy yodgorliklarning topilishi. Etrusk tilida bitilgan matnlar va ularning oʻqilishidagi munozaralar.
- Amerika hindulari va ularning tillari toʻgʻrisidagi munozaralar: Amerika hindulari va ularning tillari turkiy tillarga oidligi toʻgʻrisidagi qarashlarning yuzaga kelishi.