Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda direktorlarning shaxsiy sifatlari, ularning rivojlanish omillari va bu sifatlarni takomillashtirish yo'llari ilmiy-amaliy asosda o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shaxsiy sifatlarning rivojlanishida ish tajribasi, shaxsiy munosabatlar va kasbiy kompetentlik muhim rol o'ynashini ko'rsatdi. Psixokorreksion dasturlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi, aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi toʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Birinchi bobda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlar fenomenini oʻrganishning mohiyati va zamonaviy yondashuvlar hamda kasbiy mas'uliyat hissini shakllanishining psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Ikkinchi bobda oʻrganilayotgan muammoning empirik tahliliga bag'ishlangan boʻlib, unda tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotda qoʻllanilgan metodlar umumiy tavsifi, oʻtkazish tartibi oʻz aksini topgan. Uchinchi bobda esa shaxsiy sifatlarni rivojlantirish dasturi va uning oʻziga xos xususiyatlari hamda tajriba va nazorat ob'ektlaridan olingan empirik natijalar tahlili bayon etilgan.
  • XULOSA: Tadqiqot natijalari asosida ijodiy faoliyatni yo'lga qo'yish, fikrlash, tahlil qilish, muammoli masalalarga e'tibor berish, nostandart muammolarni hal qilish, qiyin vaziyatlarga tezda moslashish, yangi qarashlar va qadriyatlarni etarli darajada idrok etish hamda yangi g'oyalarga ochiqlik kabi xususiyatlar dalillandi. Shuningdek, "Shaxsning oʻz-oʻziga munosabatini baholash" metodikasi bo'yicha olingan dastlabki natijalar tahlil qilindi, jumladan, «samimiylik», «oʻz-oʻziga ishonch», «oʻz-oʻzini idora qilish», «oʻz-oʻziga munosabatning aks etishi», «oʻz-oʻzini qabul qilish» omillarida ishonchli farqlar kuzatildi. Shu boisdan, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarida ijtimoiy-perseptiv, kommunikativ, oʻz kuchiga boʻlgan ishonch va oʻz-oʻzini boshqarish omillarida sezilarli darajadagi o'zgarishlar kuzatildi.