Interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish va undan foydalanish metodikasi
Ushbu kitob interaktiv intellektual elektron taʼlim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda zamonaviy ta'lim talablari asosida elektron ta'lim resurslarini yaratish, ularning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan nazariy, metodik va texnologik yondashuvlar atroflicha o'rganilgan. Kitobda ilmiy-nazariy asoslar, yaratish metodikasi, amaliy natijalar va ularni joriy etish bo'yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Interaktiv intellektual elektron ta'lim resurslarini yaratishning ilmiy-nazariy asoslari: Ushbu bobda interaktiv intellektual elektron ta'lim resurslarini yaratishning zamonaviy talablari va tamoyillari, jarayonni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, didaktik, metodik, ergonomik va gigiyenik muammolar hamda ularning yechimlari yoritilgan.
- Interaktiv intellektual elektron ta'lim resursini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning metodik asoslari: Ikkinchi bobda interaktiv intellektual elektron ta'lim resursini yaratishning takomillashtirilgan tarkibiy tuzilmasi aniqlangan, dasturiy-metodik ta'minot ishlab chiqilgan va o'quv jarayoniga joriy etish metodikasi bayon etilgan.
- Interaktiv intellektual elektron ta'lim resurslarining samaradorligini baholash: Uchinchi bobda interaktiv intellektual elektron ta'lim resurslarining samaradorligini baholashning nazariy asoslari, oliy ta'lim muassasalarida amaliy qoʻllanilishi va tajriba natijalari keltirilgan.