Umumiy seleksiya
Mazkur o‘quv-metodik majmua (UMM) talabalariga Umumiy seleksiya fani qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida mutaxassislar tayѐrlashda katta axamiyatga ega fanlardan biridir. Mazkur o‘quv qo‘llanmada o‘simliklarda belgi va xususiyatlar,chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash,seleksiyada duragaylash va uning xillarini o‘rganish,seleksion materialni baholash usullari.navlarni yomonlashish sabablari, geterozis va uning xillari,nav va ularga qo‘yiladigan talablar va ularning klassifikatsiyasi,rayonlashtirilgan navlarni urug‘ini oldindan ko‘paytirish,elita urug‘lik xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan asosiy agrotexnik va urug‘chilik tadbirlari,g‘o‘za, bug‘doy, makkajo‘xori,arpa, sholi, soyaning madaniy, yarim yovvoyi va yovvoyi turlari va ularning, tur va tur xillari, rayonlashtirilgan g‘o‘za, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi, sul, javdar,tritikale,soya,no‘xat,mosh navlari va ularning tavsifi yoritilgan internetdan olish mumkin bo’lgan axborotlar saytlari va qo’shimcha ma’lumotlar keng yoritib berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmonida, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevraldagi O‘RQ-521-son “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF 5853-son O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida «3.3.kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonlar zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini kengaytirish» muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Buning uchun esa albatta seleksiya jarayonini jadallashrish, sohaning ilg‘or zamonaviy uslublaridan foydalanish asosida intensiv navlarni yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
- Seleksiya – urug‘chilik ekinzorlarida o‘tkaziladigan fenologik ko‘zatuvlar: Darsning maqsadi: Fenologik kuzatish o‘tkazish nav va namunalarning o‘suv davri davomiyligini aniqlash tartibini o‘rganish. Navlarda fenologik ko‘zatishlar o‘tkazish tartibi bilan tanishish. Nav sinashlarda fazalararo davrlar va o‘suv davri davomiyligini aniqlash. Seleksion paykallarda o‘rganilayotgan namunalarning o‘suv davri davomiyligini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar o‘tkaziladi. Uning maqsadi o‘simliklarda fenofazalarning o‘tishi va unga asoslangan holda namunalarni o‘suv davri davomiyligini aniqlashdan iborat. Fenologik ko‘zatishlar o‘tkazish tartibi qo‘yidagicha: Kuzatish ko‘z bilan chamalab o‘tkazilganligi uchun bir kishi tomonidan ertalab yoki kechki paytda olib borilishi lozim. Kuzatish har bir o‘simlik navi ekilgan dalani kamida uch joyida (boshida, o‘rtasida, oxirida) o‘tkaziladi. Kuzatish faqat bir tomonlama olib boriladi. Fenologik kuzatish bo‘yicha rivojlanish fazalarining boshlanishi (10 foiz) va to‘liq (75 foiz) o‘tishi oyning qaysi kuniga to‘g‘ri kelish sanasi dala jurnaliga yozib boriladi. Jurnalda navlarning ekish muddati, rivojlanish fazalarining davomiyligi va hosilni pishib yetilish muddati hisobga olinadi. Shular asosida o‘rganilgan navlarning fazalararo davr davomiyligi aniqlanadi va tezpisharligi baholanadi. O‘suv davrining davomiyligiga qarab navlar 3 ta guruhga bo‘linadi. Tezpishar, O‘rtapishar, Kechpishar. O‘simlik unib chiqqandan to hosili pishguncha bo‘lgan davr o‘suv davri davomiyligi yoki vegetasiya davri deyiladi. Har bir ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fenologik fazalari belgilanadi. Masalan, g‘o‘zada quyidagi rivojlanish fazalari mavjud va bu fazalar davomiyligi navlar bo‘yicha quyidagicha davom etishi mumkin: Unib chiqish yoki urug‘palla fazasi (5-7 kun). Chinbarg chiqarish fazasi (8-12 kun). Shonalash fazasi (25-30 kun). Gullash va meva tugish fazasi (25-30 kun). Pishish fazasi (50-60 kun). G‘o‘za navlari o‘suv davri bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Tezpishar g‘o‘za navlari (100-110 kungacha). O‘rtatezpishar g‘o‘za navlari (115-125 kungacha). O‘rtakechpishar navlar (125-135 kungacha). Kechpishar navlar (150 kundan ko‘p). Boshoqli don ekinlari unib chiqish, tuplanish, naychalash, boshoqlash, gullash, sut, mum va to‘la pishish kabi rivojlanish fazalarini o‘taydi. Unib chiqish fazasi (8- 10 kun davom etadi).
- Koʻchatzor xillari: Darsning maqsadi: Don ekinlarida seleksiya jarayonini tartibi bilan tanishish. Topshiriq: 1. Seleksiya jarayonida pitomniklar xillarini o‘rganish. 2.Seleksiya jarayoni sxemasini o‘rganish. Seleksiya jarayoni nav (duragay) yaratish bilan yakunlanadi. Navlar (duragaylar) ishlab chiqarish uchun yaratiladi. Shuning uchun seleksion muassasalarida sinash, dala tajribalarida, ularga har tomonlama to‘g‘ri va aniq baho berilishi kerak. Seleksiyada o‘rganilayotgan bir necha navlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olish, sinash va baholash kabi ishlar dala sharoitida o‘tkaziladi. Seleksiya jarayonlarining umumiy tartibi. Seleksiya jarayonining tartibi, ekinning biologik xususiyatlariga, seleksiya oldida turgan vazifalarga, navlarga (duragaylar) qo‘yiladigan talablarga, seleksionerlarning mahoratiga va boshqalarga bog‘liq. Seleksiya jarayoni ekinlarning changlanish usullariga qarab birmuncha o‘zgaradi, chunki o‘zidan changlanuvchilarni yonma-yon ekib, ulardan olingan urug‘larni keyingi yillar ekish mumkin. Pitomniklar asosan 4 xil bo‘ladi: Boshlan‘ich material pitomnigi, Seleksion pitomnik, Kontrol pitomnik, Maxsus pitomniklar. G‘o‘za seleksiyasi jarayonida quyidagi pitomniklardan foydalaniladi: Kolleksion pitomnik, Ota-ona shakllarining pitomnigi, Duragaylarning birinchi, ikkinchi va undan keyingi avlodlarning pitomnigi, Seleksion pitomnik.
- Go‘za va bug‘doyda o‘simligida chatishtirish o‘tkazish tartibi: Darsning maqsadi: Chatishtirish tartibi (texnikasi) o‘simlik gulining tuzilishi (bir yoki ikki jinsli), gullash biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o‘zidan yoki chetdan) bog‘liq. Chatishtirish turlari. Sun‘iy duragaylash odam tomonidan o‘simliklarda chatishtirish orqali o‘tkaziladi.Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasida chatishtirishning quyidagi xillari qo‘llaniladi: Oddiy chatishtirish yoki juft chatishtirish, Resiprok chatishtirish, Murakkab chatishtirish, Bekkross chatishtirish, Pog‘onali chatishirish, Diallel chatishtirish, To‘yintirish chatishtirish. Oddiy chatishtirish deb –ota-oan o‘simliklari o‘rtasida bir marta o‘tkaziladigan chatishtirishga aytiladi. Oddiy chatishtirish boshqacha, ya‘ni juft chatishtirish deb ham aytiladi. Oddiy chatishtirishning seleksiya va urug‘chilikda keng qo‘llaniladigan xili resiprok chatishtirishdir. Bunda ota-ona o‘simliklari birinchi marta ona, ikkinchi marta ota sifatida olib chatishtiriladi. Bu chatishtirish o‘simliklarning qimmatli biror belgisini nasldan–naslga o‘tish tartibini o‘rganish, uzoq shakllarni duragaylashda ko‘proq urug‘ olish maqsadida changlatish va urug‘lanish jarayonlarini yaxshi o‘tishiga sharoit yaratish uchun qo‘llaniladi. Murakkab chatishtirish. Chatishtirishni ikkitadan ortiq organizmlar (tur, nav) o‘rtasida o‘tkazilishi yoki oddiy chatishtirish bilan olingan duragaylarni ota-ona o‘simliklarining birortasi bilan qayta chatishtirishga murakkab chatishtirish deyiladi. Murakkab chatishtirish bir necha xil bo‘lishi mumkin: pog‘onali chatishtirish, bekkross chatishtirish, diallel chatishtirish, to‘yintirish chatishtirish va boshqalar.
- Makkajo‘xoridada chatishtirish o‘tkazish tartibi: Darsning maqsadi: Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan o‘simliklar tanlash. Topshiriq. Chatishtirish uchun juft tanlash prinsiplarini. Makkajuxorida chatishtirish tartibi qanday o‘tkazilishini o‘rganish. Makkajo‘xori Zea avlodini tashkil etadi. Bu avlodning faqat bitta Z. mays turi mavjud. Makkajo‘xori erkak gul tuplami so‘ta deyiladi. Zea mays turi don endospermi va murtakning tuzilishiga qarab 7 ta kenja turga bo‘linadi. Kraxmalli, Tishsimon, Kremniyli, Bodroq, Shakarli, Muysimon, Qobiqli. Bu kenja turlarning har qaysisi 5 tadan 24 tagacha, jami 80 tadan ortiq xillarni o‘z ichiga oladi. Makkajo‘xorining o‘zidan changlatilgan liniyalarini qayta uyg‘unlashtirish natijasida turli xil duragaylar hosil qilinadi. Ba‘zan chatishtirishga navlar ham kiritiladi. Agar liniyalarning A, V, S va hokazo navlarni S harflari bilan ifodalasa, duragaylarning formulalari quyidagicha yoziladi. Duragay xili formulasi Oddiy liniyalar aro AxB, Uch liniyali (AxB)xC, Qo‘sh liniyalararo (AxB) x (CxD), Nav bilan liniyaaro SxA yoki Sx (AxB), Liniya bilan nav aro (AxB) x S, Murakkab to‘rt liniyali {(AxB) xC} xD, Murakkab besh liniyali {(AxB) xC} x (DxE), Murakkab olti liniyali [ (AxB) x C] x [(DxE) xF], Murakkab yetti liniyali {[ (AxB) xC ] xDC} x [(DxI)xF], Murakkab liniya bilan nav aro [ (AxB)xS] x (DxE) x F], Duragaylashda opa–singillik liniyalardan foydalanishda (A1, V1 va h.k.) modifikasiyalangan duragaylar hosil bo‘ladi: Oddiy modifikasiyalangan (AxA1) xV yoki (AxA1) x (VxV1), Uch liniyali modifikasiyalangan (AxV) x(SxS1). Ota–ona shakllari to‘g‘ri tanlab olinganda duragaylarning hamma xillari mahsuldorligi bo‘yicha bir xil bo‘lishi mumkin. Oddiy liniyalar aro duragaylarni hosil qilish eng oson bo‘lib hisoblanadi. Ularning o‘simliklari bir tekislik, bir vaqtda pishishi va yuqori sifatli mahsuloti bilan ajralib turadi. Oddiy duragaylardan Krasnodarskiy 303 TV, Pion Yer 3978 M, O‘zbekiston 601 YSV, O‘zbekiston 306 AMV, O‘zbekiston 420 VL va boshqalarni keltirish mumkin. Tuproq – iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan hududlarda oddiy duragaylarga nisbatan uch liniyali Dneprovskiy 273 AMV, Dneprovskiy 310 MV, liniya bilan navaro Kollektivniy 244 MV, Kollektivniy 220 TV va qo‘sh liniyalararo Dneprovskiy 505 MV, Krasnodarskiy 440 MV kabi duragaylarni o‘stirish samarali bo‘lib hisoblanadi. Ularda urug‘lik mahsuloti mahsuldorligi bo‘yicha o‘zidan changlangan boshlang‘ich liniyalardan 2–3 barovar ko‘proq yuqori hosilli ona shaklidagi oddiy duragaylardan olinadi. Ammo hosili past liniyalar asosida ayniqsa tezpishar guruhidagi makkajo‘xori urug‘ligini katta hajmda o‘tkazilganda ota – ona oddiy duragaylarning urug‘larini hosil qilish qiyin bo‘ladi, bu esa birinchi bo‘g‘in urug‘larini ishlab chiqarishni susaytiradi. Makkajo‘xori urug‘ligini samaradorligini ko‘tarish maqsadida seleksion – genetik institutida (Yu.K. Kobelev) murakkab duragaylarini yaratish usuli ishlab chiqilgan. Uning mazmuni shundan iboratki ona shakli sifatli oddiy duragay emas, balki uch liniyali duragaydan foydalaniladi, ayrim xollarda, ayniqsa ertapishar duragaylar seleksiyasida – to‘rt liniyali yoki liniya navlararo duragaylardan foydalaniladi. Bunday ona shaklidagi duragaylar yuqori hosilli va moslanuvchanlik qobiliyatidir. Bu xilda urug‘chilikning rentabelligi nafaqat oxirgi bosqichida, ya‘ni tovar duragaylarini hosil qilishda, balki ota – ona shakllarida ham namoyon bo‘ladi. Natijada ota–ona shakllarining urug‘larini ko‘payish koeffisenti keskin ko‘tariladi va urug‘chilikning hamma bosqichlarida urug‘likni ishlab chiqarishi tejamli va ishonchliroq bo‘ladi. Murakkab duragaylarning bir necha xillari yaratilib rayonlashtirilgan: to‘rt liniyali Kollektivniy 210 TV, Odesskiy 20 MVL, besh liniyali – Jerebkovskiy 86 MV, Rostovskiy 220 MV, olti liniyali – Odeskiy 80 MV, VGI – 9 – MV liniya nav aro – Odesskiy silosniy 190 MV. Makkajo‘xorining duragaylarini tarqalishiga sitoplazmatik erkak pushtsizligini (SEP) kashf etilishining ahamiyati katta. SEP dan foydalanish duragaylash maydonlarida og‘ir qo‘l mehnatidan ozod qiladi va makkajo‘xori urug‘chiligini samaradorligini oshiradi. Makkajo‘xori seleksiyasida quyidagi eng ko‘p tarqalgan SEP xillaridan foydalaniladi: T – texass xili, M (S) – moldav xili va S – xilli. Issiq va namligi baland iqlimli (AQSh,O‘rta va Janubiy Yevropa mamlakatlari) hududlarida H. maydis janubiy gelmintosporioz T irqi kasalligining keng tarqalishi tufayli sitoplazmatik erkak pushtsizligining texass xilidan foydalanilmaydi. Janubiy gelmintosporioz kasalligini tarqalishi mumkin bo‘lgan Ukraina, Gruziya, Shimoliy Kavkaz hududlarida asosan T irqiga chidamli M (S) va S – xildagi pushtsizlikdan foydalanish tavsiya etiladi. Sitoplazmada pushtsizlik omilining (S) mavjudligi, yadroda esa tiklovchi genlarning resessiv allellari bo‘lgan holdagina sitoplazmatik erkak pushtsizlik namoyon bo‘ladi. Fertillik Rf dominant genlari mavjudligida tiklanadi. T – xildagi SEP uchun Rf1 va Rf2, M – xili uchun – Rf 3, S – xili uchun Rf 4, Rf 5 va Rf 6 kabi tiklovchi genlari ma‘lum. Makkajo‘xori duragaylarini pushtsizlik asosiga o‘tkazish uchun pushtsizlikni mustaxkamlovchi fertillikni tiklovchi SEP manbaining majmuyi bo‘lishi kerak. Buning uchun istiqbolli duragaylarda ota ona shakllari sifatida foydalanadigan yangi liniyalarning sitoplazmatik erkak pushtsizligiga reaksiyasini baholash kerak. Baholash o‘rganilayotgan liniyani test yer bo‘ladigan pushtsizlik manbai bilan chatishtirish orqali o‘tkaziladi. Test yer so‘tasining ipchalariga o‘rganilayotgan 5 – 10 o‘simlikdan olingan changlar aralashmasi changlatiladi. Kelgusi yili bu chatishtirishdan olingan avlodlar maydonchalarda ekilib fertillik darajasi kuzatilib hisobga olinadi. Bu holda liniyalar avlodning to‘liq pushsizligigacha pushtsizlikni mustaxkamlovchi va avlodni fertilligi bo‘yicha fertillikni tiklovchi va ularni avlodi fertil yoki steril o‘simliklaridan iborat yarim tiklovchiligini tavsiflamog‘i mumkin. Kelgusi ish olib borish uchun birinchi ikkinchi guruh liniyalar tanlab olinadi. Ona shakllarining pushtsiz analoglarini va fertillikni tiklovchi analoglari tuyintiruvchi chatishtirish usuli bilan tayyorlanadi. Pushtsizlik yoki fertillik manbalarini tanlaganda ushbu duragayning boshqa shakl bilan genetik yaqinligidan xalos qilish uchun ularning vegetasiya davri va boshqa belgilari hamda kelib chiqishi e‘tiborga olinishi kerak. A liniyaning pushtsiz analogini hosil qilish sxemasi. nchi – yil SEP (MS) x A – nchi – yil (MS x A) x A – nchi – yil (MS xA2 ) x A – nchi – yil (MS xA3 ) x A
- Soya o‘simligida chatishtirish o‘tkazish tartibi: Darsning maqsadi: Soya gulining tuzilishi soyada chatishtirish o‘tkazish tartibi. Topshiriq: Soyada chatishtirish tartibini o‘tkazilishini o‘rganish. Soya gulining tuzilishi. Soyaning gullari mayda, deyarli hidsiz (shuning uchun soya guligi hashoratlar kam uchib keladi), barg qo‘ltig‘ida shingil bo‘lib joylashgan. Tugunchasi bir mevali bargli, bir uyali bo‘lib, unda bir necha urug‘ kurtagi rivojlanib hosil bo‘ladi. Urug‘ining bo‘yni (naychasi) baland emas, birmuncha egilgan, tumshuqchasi kengaygan, yassi yopishqoq. Soya o‘simligining dukkaklari kalta 2,5-6 sm, eni 0,5-1,5 sm gacha. Dukkagida odatda 2-3, ayrim hollarda uch yoki to‘rttadan urug‘ bor. Soya o‘simligi o‘z-o‘zidan changlanuvchi, 98 % guli kleystogam yopiq, to‘liq egilmaydigan tabiiy duragaylanish 0,1 -0,15 %, ayrim hollarda 0,5 % ga yetadi. Gullash jarayoni cho‘zilishi bilan bir vaqtda, asosiy poya va shoxlarni o‘sishi davom etadi. Aval asosiy poyaning ostki yoki o‘rta qismida begona gullar paydo bo‘lib, 4-6 kundan keyin o‘simlik to‘lig‘incha gullaydi. G‘unchani o‘sishini boshlanishida urug‘chining ustunchasi parus tomoniga egilgan bo‘lib, tumshuqchasi quruq, o‘sishdan orqada qolgan changdonlar, urug‘chining tumshuqchasidan pastroqda qalin xalqa shaklida joylashgan. Ular sariq-yashil rangli. Undan so‘ng gul kosa tishlari yorug‘ shilimshiq suyuqlik bilan qoplanib chang donachalarini qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Shu payit gulni bichish va changlatish uchun eng qulay (ertalab soat 4-5 da boshlanadi). Agar o‘tgan kun quruq va issiq bo‘lgan bo‘lsa changdonlarni yalpi yorilishi soat 5-7 da, agar sovuq va namgarchilik bo‘lsa soat 9-10 da yoki undan kechiroq boshlanadi. Bir gulning ichidagi changdonlar bir necha minut maboynida yoriladi. Shunda binafsha rangli gultojilar pushti rangli tus oladi, oqlari esa och sariq bo‘ladi. O‘simlikdagi hamma changdonlarni yorilishi ikki uch soat davom etadi. Chang donachalari urug‘chining tumshuqchasiga tushganda 10-12 minut o‘tgandan keyin o‘sa boshlaydi. Chang donachalarini o‘sishi boshlangandan 20-30 minutdan so‘ng gultoj ochilib, uning yaproqlarining tarangligi yuksaladi. Kunning o‘rtalarida changdonlarni yorilishi to‘xtalib, soat 17-18 da davom etadi. Tunda soya gullamaydi. Changlangan gulning gultoj barglari tunning davomida ochiq holda qolib, ikkinchi kun so‘liy boshlaydi va 1-2 kundan keyin to‘kiladi. Gultojining so‘lishi bilan tuguncha o‘sib yana 2-3 kundan keyin gul kosaning ichida dukkak paydo bo‘ladi. Soyada chatishtirish o‘tkazish tartibi quyidagicha: Gulni chatishtirishga tayyorlash. Gullarni bichish. Bichilgan gulni izolyatsiya qilish yoki ochiq qoldirish. Gulni changlash va izolyatsiya qilish yoki ochiq qoldirish. Etiketkada tegishli ma‘lumotlar yozib osib qo‘yish. Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan o‘simliklar olinadi. Har bir o‘simlikda esa eng yaxshi rivojlangan, chatishtirish uchun yaroqli bo‘lgan gullar shona holatida olinadi.
- Bug‘doy va g‘o‘za o‘simligida yakka tanlash olib borish tartibi: Darsning maqsadi: Tanlash usullarini o‘rganish. Tanlash uslubi va o‘tkazish tartibi bilan tanishish. Topshiriq. Yakka tanlash o‘tkazishning afzallik va kamchiliklarini o‘rganish.Tanlash uslubi va o‘tkazish tartibi bilan tanishish. Bug‘doyda yakka tanlash o‘tkazish tartibi. Bug‘doyda yakka tanlash o‘tkazish dalani o‘zida hosilni yig‘ishtirish oldidan o‘tkaziladi. Bunda tanlash ‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘simliklar ichidan eng yaxshi o‘simliklar ajratilib ildizi bilan yulib olinadi va raqami yozilgan yorliq osib qo‘yiladi. Quyidagi belgilar bo‘yicha o‘simliklar tanlab olinadi: Mahsuldor tuplanish bo‘yicha yuqori. Poyasi yotib qolmaydigan. Kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmagan. Yengil silkitganda doni to‘qilib ketmaydigan. Shu belgilarga qarab tanlab olingan o‘simliklar laboratoriyada tahlil qilinadi. Ularni boshog‘ini yanchib doni karton tarelkachalarga solinadi va ustiga nav raqami yozilib yorliq qog‘ozi qo‘yib chiqiladi. Keyin don tahlili bo‘yicha tanlash o‘tkaziladi. Bunda donlar tekis qilib yoyib chiqiladi. Tanlab olishi lozim bo‘lgan namunalar ko‘proq don bergan, doni to‘lishgan, saralangan, yirik yoki o‘rtacha yirik, mag‘zi shishasimon va boshqa talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak. Yakka tanlash o‘tkazishda laboratoriyada quyidagilar aniqlanadi. O‘simlik bo‘yicha: mahsuldor tuplanish (boshoqli poyalar soni); boshoq chiqarmagan poyalar (bachkilarni) miqdori; umumiy tuplanish; o‘simlik poyalari uzunligining bir xilligi. Bu belgi yaxshi, o‘rtacha va yomon deb ko‘rsatiladi. Masalan, boshoqlari bir yarusda joylashgan bo‘lsa yaxshi; o‘simliklarning bo‘yi (eng uzun poya o‘lchanadi); o‘simliklarning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi.
- Bug‘doy,arpa,makkajo‘xori,g‘o‘za o‘simliklarining navdorli belgilarini aniqlash: Darsning maqsadi. O‘simliklarni nav belgilarini bilan tanishish. Topshiriq: Bug‘doy arpa makkajo‘xori g‘o‘za o‘simliklarining navdorlik belgilarini aniqlash. Bug‘doyning nav belgilari. Bug‘doy qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga mansub Triticum avlodini tashkil qiladi. Xozirga qadar 27 turi ma‘lum asosan yumshoq va qattiq turlarining eritrospermum, albidum, lyutessens, eritroleukon, milturum, gordeyform kabi xillari mavjud. Bug ‘doyning nav belgilari quyidagilar: boshoq shakli; boshoq uzunligi; boshoq zichligi; qiltiq xarakteri; boshoqcha qiltiqchasini tishchasi; boshoqcha qiltiqchasini yelkasi; boshoqcha qiltiqchasini shakli; don shakli va boshqalar. Boshoq shakli–duksimon, prizmasimon, (silindrsimon), to‘qmoqsimon bo‘ladi. To‘qmoqsimon - uchiga tomon yo‘g‘onlashib boradigan Duksimon –uchiga tomon torayib boradigan Prizmasimon – uchidan tubigacha bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Boshoqning zichligi-eng ustki boshoqchani hisobga olmaganda undagi rivojlangan va rivojlanmagan boshoqchalarni sanab chiqish va umumiy sonini boshoq o‘zagining santimetr hisobidagi uzunligiga nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: (A - 1) D = ----------- V-bunda: D - boshoqning zichligi; A -boshoqchalarning umumiy soni; V - boshoq o‘zagining uzunligi (sm hisobida). Yumshoq bug‘doy navlari uchun boshoq o‘zagining 1 sm da 1,6 donagacha boshoqcha joylashgan bo‘lsa boshoq siyrak, 1,7-2,2 bo‘lsa o‘rtacha zich, 2,3-2,8 bo‘lsa zich va 2,8 dan ortiq bo‘lsa juda zich deb hisoblanadi. Qattiq bug‘doy navlari uchun boshoq o‘zagining 1 sm da 2,4 donagacha boshoqcha joylashgan bo‘lsa boshoq siyrak, 2,4-2,9 bo‘lsa o‘rtacha zich va 2,9 dan ortiq bo‘lsa zich deb hisoblanadi. Boshoq zichligi bo‘yicha klassifikatsiyasi: Boshoq 10 sm boshoq o‘zagida joylashgan boshoqchalar soni. Yumshoq bug‘doy, Qattiq bug‘doy. Siyrak 10 donagacha, 24 donagacha. O‘rtacha zich 17-22, 24 donagacha. Zich 23-28, 25-29. Juda zich 28 dan ortiq, 29 dan ortiq. Qiltiqlarning tavsifi. Bug‘doy navlarining qiltiqlari dag‘al, mayin va o‘rtacha dag‘al bo‘ladi. Ushbu belgi ko‘pincha qo‘l kaftiga qo‘yib aniqlanadi. dag‘al qiltiqlar – tishi yaxshi rivojlangan; mayin qiltiqlar – tishlari kam rivojlangan; o‘rtacha dag‘al qiltiqlar – dag‘al va mayin qiltiqlar oralig‘idagi joyni egallaydi. Boshoqcha qobig‘ining shakli asosan quyidagicha bo‘ladi: lansetsimon - shakli uzunchoq, uchidan tubigacha bir xilda torayib boradi, uzunligi enidan ikki baravar ortiq bo‘ladi; ovalsimon - shakli biroz kalta, o‘rta qismi kengaygan; tuxumsimon - shakli pastki qismida biroz keng, yuqoridagi qismi juda toraygan. Qirrasining tishchasi. Kalta (2 mm) gacha, o‘rtacha uzunlikda (3-5 mm), uzun (6-10 mm) va qiltiqsimon (10 mm dan ortiq) bo‘ladi. Qirra tishchasining shakli uch xil b‘ladi: to‘mtoq, o‘tkir va tumshuqsimon. Boshoqcha qobiqchasining yelkasi. Boshoqcha qobig‘ining yelkasi keng (2 mm dan ortiq-o‘rtacha (1-2 mm) va tor (1 mm gacha) bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yelka tishchaning ostidan boshoqcha qobig‘ining sirtqi qirrasiga qarab yo‘nalishi bo‘yicha ham farqlanadi. U to‘g‘ri, qiya va bir oz ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri yelka qirrasining tishchasi bilan to‘g‘ri burchak hosil qiladi; qiya yelka qirrasinnng tishchasi bilan 90 ° dan katta burchak hosil qiladi: biroz ko‘tarilgan yelka - qirrasining tishchasi bilan 90 ° dan kichik burchak hosil qiladi. Boshoqcha qobig‘ining yelkasi. Yelkasiz, qiya ensiz, to‘g‘ri ensiz ko‘tarilgan, ko‘tarilgan ensiz, qiya enli, to‘g‘ri enli. Donning shakli asosan ikki xil bo‘ladi: tuxumsimon va ovalsimon. Ba‘zi navlarda ba‘zan cho‘ziq yoki aksincha kaltaroq donlar uchraydi. tuxumsimon - donining pastki qismi biroz keng bo‘lib yuqori qismi juda toraygan; ovalsimon - donining uchidan asosigacha toraygan. Boshoq uzunligi bo‘yicha bug‘doy navlari asosan 3 xil bo‘ladi: kalta, o‘rtacha, uzun. Uning o‘lchami bug‘doyning turiga qarab farqlanadi. Yumshoq bug‘doyda kalta - uzunligi 8 sm gacha, o‘rtacha 8-10 sm, uzun 10 sm dan uzun; qattiq bug‘doyda esa kalta boshoq uzunligi 6 sm, o‘rtacha 7-8 sm, uzunroq 8-9 sm va uzun 10 sm dan uzun bo‘ladi.
- Asosiy ekinlar bo‘yicha talab qilinadigan urug‘lar miqdorini va urug‘lik ekinlar maydonini hisoblash: Darsning maqsadi:Urug‘ miqdori va maydonini hisoblash uchun zarur ko‘rsatkichlarni aniqlash.Urug‘chilik xo‘jaliklarida navdor urug‘ miqdoriga bo‘lgan talabni va urug‘lik maydonni hisoblash. Topshiriq: 1.Boshoqli don ekinlarida elita urug‘lari maydonini hisoblashni o‘rganish va jadvalni to‘ldirish. 2. Mavjud ma‘lumotlar asosida urug‘lik maydonni hamda I va II reproduksiya bilan band bo‘lgan maydonini aniqlash. 3. Urug‘chilik xo‘jaligi misolida asosiy ekin navlari bo‘yicha urug‘lik miqdori va maydoniga bo‘lgan extiyojini hisoblash. Elita urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtiriladigan elita urug‘ miqdori va maydonini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni bilish talab etiladi: Ekin turi va navi bo‘yicha zarur bo‘lgan kondision elita urug‘i miqdorini, reja bo‘yicha hosildorlikni, ekish normasini, umumiy hosildan kondision urug‘ chiqimini, har bir oila (delyanka) dagi o‘simliklar sonini, har bir o‘simlikdan olinadigan urug‘ sonini, 1000 ta urug‘ vaznini. Boshoqli don ekinlarida elita urug‘lari maydonini hisoblash. Buning uchun urug‘chilik xo‘jaliklarida quyidagi ma‘lumotlar bo‘lishi kerak. Umumiy hosildan kondision elita urug‘lari chiqimi; Rejadagi hosildorlik; Ekish me‘yori; Zarur bo‘lgan kondision urug‘lik miqdori; Delyankadagi o‘simliklar soni; Bir tup o‘simlikda urug‘ chiqimi (soni); 1000 ta don vazni.
- Urug‘lardan o‘rtacha namuna olish qoidalari: Darsning maqsadi: Urug‘chilikda navdor ekin maydonlari va urug‘likda joriy etilgan nazorat ikkiga – nav va urug‘ nazoratlariga bo‘linishi bilan tanishish. Topshiriq: 1. Nav va urug nazorati kim tomonidan o‘tkaziladi? 2. Nav nazorati nima? 3. Urug‘ nazorati nima. «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi qonunda urug‘chilikning vazifalari etib quyidagilar ko‘rsatilgan: navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urug‘lik navlar va duragaylarining biologik xususiyatlarini saqlab qolish; qishloq xo‘jaligini serhosil va yuqori sifatli urug‘liklar bilan ta‘minlash; urug‘liklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. Urug‘chilikda joriy etilgan nazorat ikkiga – nav va urug‘ nazoratlariga bo‘linadi. Nazorat ishlari urug‘ni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish va urug‘dan foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga olgan tadbirlar yig‘indisidan iborat. Nav va urug‘ nazorati qoidalariga ko‘ra, hech bir xo‘jalik nav hamda ekishga yaroqsiz sifati past bo‘lgan urug‘larni ekishi mumkin emas. Xo‘jaliklarda urug‘lik boshqa urug‘lar bilan ifloslangan bo‘lsa ekishdan oldin tozalashlari, kasallangan bo‘lsa dorilab sog‘lomlashtirishlari, nam bo‘lsa quritishlari, xullas, urug‘ni standart talablarga to‘liќ javob beradigan holatga keltirishlari lozim. Yaxshilash imkoniyati bo‘lmagan uru‘lar almashtiriladi. Nav va urug nazorati qishloq xo‘jalik tashkilotlari, ularning ixtisoslashgan urug‘chilik x‘jaliklari, jamoa, shirkat xo‘jaligidagi vakillari hamda x‘jaliklarning mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Nav va uru‘ nazorati davlat nazoratiga hamda x‘jalik ichidagi nazoratga bo‘linadi. Nazorat ishlari har bir xo‘jalikda majburiy bo‘lib, uni xo‘jaliklarning o‘z mutaxassislari olib boradi. Xo‘jalik ichida nav va urug‘larni nazorat qiluvchi shaxslar urug‘chilikni tashkil etishda ishtirok etishlari, nav va tur sofligi bo‘yicha o‘toq o‘tkazish, urug‘liklarni kasallik va zararkunandalardan muћofaza qilish kabi amaliy ishlarni nazorat qilishlari, ularning ko‘pchiligida bevosita qatnashishlari lozim. Ular navdor urug‘larni ko paytirish, tayyorlash, tozalash, saqlash va boshqa joylarga jo‘natish vaqtida bajariladigan barcha ishlarni hisobga olib, xo‘jaliklarni rasmiylashtirishlari va davlat nazoratini o‘tkazishda ishtirok etishlari kerak. Demak, xo‘jalik ichidagi nazorat xo‘jaliklarida urug‘larni navdorlik va ekish sifatlarini yaxshilash bo‘yicha olib boriladigan ishlarning ayrim tomonlarini qayd etishdir. Uning asosiy vazifsi urug‘chilik qoidalari va agrotexnika talablarini buzishga yo‘l qo‘ymaslik, urug‘ni yetishtirish, yi‘ishtirish, saqlash va tashishda nav va ekish sifatlarining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Xo‘jalik ichidagi nazorat urug‘chilik madaniyatini oshiradi, navlarning sofligini saqlab qolishni ta‘minlaydi.
- Urug‘larni ko‘karish kuchi va unib chiqish qobilyatini aniqlash: Darsning maqsadi: talabalarni dala ekinlarining uru‘larini ekib, o‘rganib ko‘rish mobaynida urug‘larning fiziologik yetilishi, urug‘larni unish sharoitlari, unib chiqish uchun optimal harorat, urug‘ning laboratoriyada unuvchanligini foizlarda hisoblash va unga ko‘ra daladagi unuvchanligini aniqlash tartibi bilan tanishish. Topshiriq; urug‘ning unishini aniqlash. Agronomik nuqtai nazardan urug‘ning unishi undan yosh nihol hosil bo‘lishi bilan aniqlanadi. Urug‘ning unishi murakkab jarayon bo‘lib F.Nobbe uni asosan 3 xil holatga ajratgan: A) suvni shimishi; B) zaxira moddalarning erimaydigan holdan eriydigan shaklga o‘tishi; V) una boshlashi; Suvni shimish fazasi. Quruq urug‘ yuqori tortish kuchi bilan suvni shimadi. 500-700 atmosfera, juda ham qurib qovjirab ketgan urug‘larda ming atmosfera kuch bilan suvning shimila boshlashi natijasida ba‘zan urug‘ yorilib unish qobiliyatini yo‘qotishi ham mumkin. Urug‘ suvga to‘yingandan keyin tortish kuchi tezda pasayadi. Aktivlanish fazasi. Urug‘dagi fermentlar, vitaminlar, o‘sishni tezlashtiruvchi moddalar fiziologik jihatdan aktiv holatga o‘tish natijasida zaxira moddalarning erigan holda o‘sish nuqtasiga borishi ta‘minlanadi. O‘sish fazasi. Hujayra shirasining ortishi hisobiga hujayralarning o‘sib cho‘zila boshlashi natijasida sitoplazma miqdorining ortishi murtakning o‘sishiga olib keladi. Hujayralar bo‘lina boshlaydi, buning natijasida ildiz rivojlana boshlaydi, urug‘ning suvga to‘yinishi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori avvalo shu urug‘ning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Unish uchun g‘alla ekinlarining urug‘i kamida 50 %, dukkakli don ekinlarining urug‘i esa 100 % dan ortiq suv talab etadi.
- Go‘za , bug‘doy, makkajo‘xori, jo‘xori soya no‘xot, sholi,kungaboqar, beda o‘simliklarida aprobatsiya o‘tkazish tartibi: Darsning maqsadi: Go‘za va bug‘doy makkajo‘xori, jo‘xori soya no‘xot, sholi kungaboqar beda o‘simliklarida aprobatsiya o‘tkazish tartibi bilan tanishish. Topshiriq. Aprobatsiya o ‘tkazish tartibi bilan tanishish. “Aprobatsiya qilish - o‘simliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o‘tkaziladigan tadqiqot”. Aprobatsiya o‘tkazilib, barcha urug‘lik ekinlarning nav sofligi ajratish qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar va begona o‘tlar bilan ifloslanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o‘tkaziladigan tadqiqot. Aprobatsiya o‘tkazilib, barcha urug‘lik ekinlarning nav sofligi ajratish qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar va begona o‘tlar bilan ifloslanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o‘tkaziladigan tadqiqot. Aprobatsiya o‘tkazilib, barcha urug‘lik ekinlarning nav sofligi ajratish qiyin bo‘lgan madaniy o‘simliklar va begona o‘tlar bilan ifloslanishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o‘tkaziladigan tadqiqot. Navdor ekinlar aprobatsiyasi maxsus qo‘llanmaga asosan o‘tkaziladi. Dala aprobatsiyasi quyidagi ishlardan iborat: Aprobatsiya o‘tkazishga tayyorgarlik; namuna olish; namunani tekshirish (tahlil qilish); o‘tkazilgan aprobatsiya haqidahujjat tuzish va uni topshirish. Aprobatsiyani oldindan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli hujjati bo‘lgan agronom-aprobator o‘tkazadi. Aprobatsiya quyidagi ekin maydonlarida o‘tkaziladi: ferm yer xo‘jaliklarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik o‘quv yurtlari o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining, elita urug‘chilik xo‘jaliklarining urug‘ olish uchun ekilgan, barcha dalalarida; har yili belgilanadigan kamyob va istiqbolli navlar ekilgan barcha dalalarida; seleksiya va tajriba muassasalari hamda elita-urug‘chilik va urug‘chilik x‘jaliklarida ko‘paytirish maqsadida ekilgan o‘zidan changlantirilgan tizmalar va oddiy duragaylarning barcha maydonlarida; navdor urug‘lar ekilgan umumiy maydonlarda. Davlat rejasini bajarish uchun zarur bo‘lgan qismida.Navning hosildorligi va nav tozaligi ko‘p jihatdan tayyorlanayotgan urug‘lik sifatiga bog‘liq. Shuning uchun Respublikamizda qabul qilingan tartibga asosan, g‘o‘zaning elita, I, II va III reproduksiyasi ekilgan, yuqori agrotexnikada yetishtirilgan va nav tozaligi yuqori bo‘lgan paxta maydonlarida har yili aprobatsiya o‘tkaziladi. Aprobatsiyani o‘tkazishdan maqsad- kelgusi yilda ekish uchun genetik jihatdon sof, morfologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha navga hos bo‘lgan dalalardan rejadagi maydonga yetarlik urug‘lik paxtani terib olishdir. Urug‘lik dalalarini aprobatsiya qilish rejasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanib, yangi va istiqbolli navlarning elita, hamda reproduksiyali urug‘lari ekilgan maydonlarida ekish uchun yetarli bo‘lgan miqdorda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqariladi. Davlat reestridan chiqarilishi rejalashtirilgan navlarning chigitini Davlat urug‘arxivida saqlash uchun yetarli miqdorda bo‘lgan dalalardagina aprobatsiyao‘tkaziladi. Har bir seleksion nav o‘yicha aprobatsiya natijalari asosida nav tozaligi, vilt va gommoz bilan kasallanish darajasi, umumiy va urug‘lik paxta hosildorligini hisobga olgan holda guruhlarga bo‘linadi.Nav tozaligi talab darajasidan past, kam hosil, suvdan qolgan, gommoz va vilt bilan me‘yoridan ortiqzararlangan dalalarda urug‘lik tayyorlash uchun aprobatsiya o‘tkazilmaydi. “O‘zpaxtasanoat”, OAU aprobatsiya o‘tkazilgunicha bo‘lgan davr ichida kelgusi yilda va istiqboldagi rejalar asosida tashqi va ichki ehtiyojlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan maydonda g‘o‘za navlarini joylashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqadilar. Shuningdek, ular viloyatlar va navlarda aprobatsiya o‘tkazish
- Urug‘lik hujjatlarni rasmiylashtirish: Darsning maqsadi: Urug‘chilikda navdor ekin maydonlari va urug‘lik materiallarining hujjatlari bilan tanishish. Topshiriq: 1. Urug‘lik material va navli ekin maydonlari hujjatlari (blankalari) bilan tanishish. Urug‘larning ikkilamchi hujjatlariga “urug‘ kondisionligi haqida guvohnoma”, “aprobasiya akti” va “navdorlik guvohnomasi” kiradi. Muxokama uchun savollar. Urug‘lik va navdor ekin paykallarining hujjatlarini ayting. Urug‘ning birlamchi hujjatlarini ayting. Urug‘ning ikkilamchi hujjatlariga nimalar mansub?
- Urug‘ sifatini arbitraj analiz qilish: Darsning maqsadi: Urug‘chilikda arbitraj tahlili bilan tanishish. Topshiriq: 1. Urug‘ sifatini arbitraj analiz qilish bilan tanishish. Urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha urug‘likni yetkazib beruvchining hujjati bilan uru‘likni oluvchilar (jamoa,shirkat, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar)ni laboratoriya tahlil o‘rtasida ruxsat etilgan farqdan ortiq farq bo‘lganda arbitraj analiz o‘tkaziladi. Arbitraj tahlilini viloyat davurug‘nazoratmarkazi yoki Respublika “O‘zdavurug‘nazoratmarkazi” tomonidan o‘tkaziladi va unda quyidagi tahlillar qilinadi: Tozalik- GOST 12037-81, GOST 22617,1-77, GOST 24933,2-81. Aralashmalar (boshqa o‘simliklar urug‘i, jumladan begona o‘tlar)-GOST 12037261, GOST 22617,1-77, GOST 249, 1-81. Unuvchanlik – GOST 12038-84, GOST 22617, 2-77 va GOST 24933, 2-81: Yashovchanlik (hosili olinib kuzda ekiladigan boshoqli donlar) – GOST 12039-82. Qand va osh qizilchalarni bir uyali (odnorostkovost‘), ko‘p uyali (mngorostkovost ‘) GOST 22617, 2-77. Arbitraj tahlili olingan va saqlangan o ‘rtacha namuna dublikatida o‘tkaziladi (GOST 12039-82) Arbitraj tahlil urug‘lik qilib, hujjati olingandan 10 kun muddat ichida, Arbitraj analizga ariza bilan birga, o‘rtacha namuna dublikati, namuna olish dalolatnomasi, urug ‘lik hujjatidan nusxa, urug‘likni qabul qilib olingandan keyingi tahlil hujjatidan nusxa (muxr qo ‘yilgan holda topshiriladi.) Agar tahlil kuniga urug‘likni hujjat muddati tugagan bo‘lsa shuningdek o‘rtacha namuna noto‘g‘ri olingan bo‘lsa yoki kerakli hujjatlarni to‘liq tayyorlamagan hollarda arbitraj tahlili o tkazilmaydi. Arbitraj natijasiga ko‘ra beriladigan hujjatni ( tahlil natijasini) yuqori o‘ng burchagiga “Arbitraj analizi” deb yozib qo‘yiladi. Arbitraj tahlil natijasida olingan ma‘lumot, urug‘ni yuborgan tashkilotni bergan hujjatidagi ma‘lumotni tasdiqlasa, o‘rtadagi farq ruxsat etilgandan ortiq bo‘lmasa “Urug‘likni yuborgan tashkilot hujjati to‘g‘ri”. Agar arbitraj tahlilining natijasi urugni qabul qilib olgan tashkilotni o‘tkazgan analiz natijasi bilan bir xil chiqsa shrtadagi farq ruxsat etilgandan ortib ketmasa unda “Urug‘likni qabul qilib olgan tashkilot hujjati to‘g‘ri” degan xulosa beriladi. (ruxsat etilgan farqlar 1-2-ilovalarda keltirilgan).
- Urug‘ nazorat ishlarini olib borish: Darsning maqsadi: Urug‘chilikda navdor ekin maydonlari va urug‘chilikda joriy etilgan nazorat ikkiga – nav va urug‘ nazoratlariga bo‘linishi bilan tanishish. Topshiriq: 1. Nav va urug nazorati kim tomonidan o‘tkaziladi? 2. Nav nazorati nima? 3. Urug‘ nazorati nima. «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi qonunda urug‘chilikning vazifalari etib quyidagilar ko‘rsatilgan: navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urug‘lik navlar va duragaylarining biologik xususiyatlarini saqlab qolish; qishloq xo‘jaligini serhosil va yuqori sifatli urug‘liklar bilan ta‘minlash; urug‘liklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. Urug‘chilikda joriy etilgan nazorat ikkiga – nav va urug‘ nazoratlariga bo‘linadi. Nazorat ishlari urug‘ni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish va urug‘dan foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga olgan tadbirlar yig‘indisidan iborat. Nav va urug‘ nazorati qoidalariga ko‘ra, hech bir xo‘jalik nav hamda ekishga yaroqsiz sifati past bo‘lgan urug‘larni ekishi mumkin emas. Xo‘jaliklarda urug‘lik boshqa urug‘lar bilan ifloslangan bo‘lsa ekishdan oldin tozalashlari, kasallangan bo‘lsa dorilab sog‘lomlashtirishlari, nam bo‘lsa quritishlari, xullas, urug‘ni standart talablarga to‘liќ javob beradigan holatga keltirishlari lozim. Yaxshilash imkoniyati bo‘lmagan uru‘lar almashtiriladi. Nav va urug nazorati qishloq xo‘jalik tashkilotlari, ularning ixtisoslashgan urug‘chilik x‘jaliklari, jamoa, shirkat xo‘jaligidagi vakillari hamda x‘jaliklarning mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Nav va uru‘ nazorati davlat nazoratiga hamda x‘jalik ichidagi nazoratga bo‘linadi. Nazorat ishlari har bir xo‘jalikda majburiy bo‘lib, uni xo‘jaliklarning o‘z mutaxassislari olib boradi. Xo‘jalik ichida nav va urug‘larni nazorat qiluvchi shaxslar urug‘chilikni tashkil etishda ishtirok etishlari, nav va tur sofligi bo‘yicha o‘toq o‘tkazish, urug‘liklarni kasallik va zararkunandalardan muћofaza qilish kabi amaliy ishlarni nazorat qilishlari, ularning ko‘pchiligida bevosita qatnashishlari lozim. Ular navdor urug‘larni ko paytirish, tayyorlash, tozalash, saqlash va boshqa joylarga jo‘natish vaqtida bajariladigan barcha ishlarni hisobga olib, xo‘jaliklarni rasmiylashtirishlari va davlat nazoratini o‘tkazishda ishtirok etishlari kerak. Demak, xo‘jalik ichidagi nazorat xo‘jaliklarida urug‘larni navdorlik va ekish sifatlarini yaxshilash bo‘yicha olib boriladigan ishlarning ayrim tomonlarini qayd etishdir. Uning asosiy vazifsi urug‘chilik qoidalari va agrotexnika talablarini buzishga yo‘l qo‘ymaslik, urug‘ni yetishtirish, yi‘ishtirish, saqlash va tashishda nav va ekish sifatlarining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Xo‘jalik ichidagi nazorat urug‘chilik madaniyatini oshiradi, navlarning sofligini saqlab qolishni ta‘minlaydi. Davlat nav nazorati. Urug‘likning genetik (nav) sifati dala va labaratoriyada o‘tkazilgan sinov natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Ekinbop uru‘liklar yetishtirish maqsadida ekilgan navni qishloq xo‘jalik ekinlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi belgilaydigan tartibda aprobasiya qilinadi. Ekish uchun ishlatiladigan urug‘liklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim. Urug‘liklarni sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq x‘jalik ekinlari urug‘ining sifatii sertifikatlash va nazorat qilish davlat markazi tomonidan hamda uning joylardagi bolimlari tomonidan amalga oshiriladi. Standart urug‘liklarga sertifikat, nostandart urug‘liklarga esa ularning sifatito‘g‘risida talon beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda uning joylardagi bo‘linmalari urug‘liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organlari hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi: barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining uru‘liklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha joylardagi bo‘linmalarning ishiga raћbarlik qiladi; xo‘jaliklar, korxonalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urug‘liklar va ekiladigan ko‘chatlarini navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi; urug‘liklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining boshligi qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektori hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish viloyat markazlarining boshliќlari tegishlicha qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha viloyat davlat inspektorlari hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari, xo‘jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo‘yicha viloyat davlat inspektorlari, tuman inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar: sifat ko‘rsatgichlari qanchalik to‘griligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tahlillar o‘tkazish uchun urug‘ namunalarini tanlab olish; urug‘likning himoya qilinadigan navlaridan g‘ayriqonuniy foydalanishini t‘qiqlash; har qanday urug ‘lik yetishtiruvchining, urug ‘lik yetkazib beruvchining va urug‘lik bilan savdo qiluvchi tashkilotning hududiga kirish; urug‘chilik dalalari va urug‘lik turkumlariga doir zarur axborot, hujjat va namunalar olish; qonun hujjatlarini buzgan holda urug‘lik yetishtirish, uni saqlash va sotish hollarini to ‘xtatib qo ‘yish yoki ta ‘qiqlash; nav va ekinboplik xususiyatlariga doir sertifikat hamda fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lmasa, urug‘ turkumlarning tashilishini to ‘xtatib qo ‘yish; nav va ekinboplik xususiyatga doir sertifikat, fitosanitariya sertifikati va import karantini boshqa davlatlardan respublikaga olib kelishga yol qo‘ymaslik.
- Urug‘larni saqlanuvchanligi va saqlash qoidalari: Darsning maqsadi: talabalarni urug‘larni saqlash davrida urug‘larni nav tozaligini nazorat qilish qoidalari bilan tanishtirish. Topshiriq.Urug‘larni saqlash va omborlarda navdor urug‘larni nav tozaligini nazorat qilish tartibi bilan tanishish. Navdor urug‘liklar albatta maxsus omborlarda qoplarda, ekin turi, navlari alohida saqlanishi shart. Omborxonalarda ularning holatini aniqlash imkoniyati yaratilgan holda qoplar joylashtiriladi. Binoning ichida ham navlarning ifloslanishi va buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta‘minlanishi talab etiladi. Saqlash davomida mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda urug‘likni saqlash sharoitlari tekshirilib, nazorat qilinib turiladi. Urug‘lik hosil yig‘ib olingandan keyin saqlashga qo`yilguncha urug‘liklar quyidagi jarayonlardan o‘tishi kerak: birlamchi tozalash; quritish yoki aktiv ventilyatsiyalash; ikkilamchi tozalash; saralash. Har xil navlarning urug‘liklari aralashmasligi uchun bir biriga yaqin joyda bir ekinning ikki nav urug‘liklari yoki bir navning har xil sifatli urug‘liklari saqlanishi mumkin emas. Qoplardagi urug‘liklar taxtadan yasalgan taxmonlarga terib qoyiladi. Urug‘liklarni saqlaganda ularning standart namligi (14%) saqlash uchun maxsus talablarga rioya qilinadi. Buning uchun saqlash vaqtida urug‘liklar doimiy ravishda kuzatuvda bo‘lishi kerak. Saqlanadigan joydagi havoning harorati va namligi, urug‘likni rangi (tusi), hidi va har xil zararkunandalarga qarshi kurash choralari o‘tkazilib turiladi. Uchinchi partiyadagi uru‘lar unuvchanligi juda past darajada bo‘lganligi sababli, urug‘lik uchun yaroqsiz hisoblanib, boshqa ko‘rsatgichlari keskin pasayadi. Barcha ekinlar urug‘larining ekishga yaroqlilik sifatlariga bo‘lgan talablar davlat standartida qat‘iy belgilangan, ekishga yaroqlik sifatlari davlat standartida belgilangan darajadan past bo‘lgan urug‘lar ekish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Urug‘ nazorati xo‘jalik ichidagi nazorat va davlat nazoratidan iborat. Urug‘ning asosan qaysi navga ta‘alluqli ekanligini bildiradigan va foiz hisobida aprobatsiya vaqtida aniqlanadigan ko‘rsatgichi urug‘ning nav sifati yoki navdorligi deyiladi. Boshqa nav va duragaylar aralashmalari ko‘p joyda bu ko‘rsatkich kamayadi. Urug‘larni saqlashda sifat ko‘rsatgichlari unuvchanligiga qarab 3 ta partiyaga bo‘linadi. Birinchi partiyaga kiradigan urug‘lar unuvchanligi yuqori bo‘lib, davlat standarti talabi bo‘yicha birinchi klassga ta‘alluqli bo‘ladi. Bunday urug‘larni saqlashda asosiy e‘tiborni urug‘ning dastlabki unuvchanligini saqlashga qaratiladi. Ikkinchi partiyaga kiradigan urug‘likning unuvchanligi birmuncha past bo‘lib, bunday urug‘ni saqlash uchun qulay sharoit yaratish, ya‘ni qayta yetilish jarayonining normal o‘tishini ta‘minlashdan iborat. Ekish uchun mo‘ljallangan urug‘lar navdorlik va ekish sifatlari bo‘yicha tekshirilgan va tegishli hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
- Joriy va oraliq nazorat o‘tkazish uchun test savollari: Savollarni tahlil qilib, ularga har bir mavzuni alohida ajratish va mazmunini tushuntirish talab etiladi.