Fizika (Magnetizm)

Ushbu oʻquv qoʻllanma «Fizika kursi»ning “Magnetizm” qismiga tegishli bo’lgan mavzularni oʻz ichiga oladi. Qoʻllanmada vakuumda magnit maydoni, vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi va oqimi, elektromagnit induksiya hodisasi, moddalarning magnit xususiyatlari, elektromagnit maydon, elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlariga doir nazariy ma’lumotlar va shu mavzular bo’yicha, masalalarni yechish namunalari, mustaqil yechish uchun masalalar va labolatoriya ishlari keltirilgan. Ushbu o‘quv qoʻllanma oliy ta’lim muassasalarining “Muxandislik ishi” ta’lim sohasi, 60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta’minoti), 60711000 – Muqobil energiya manbalari va 60710700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari) ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan fizikadan o‘quv dasturiga moslab tuzilgan. Qoʻllanmani tayyorlashda mualliflar o’zlаrining ko’p yillik tajribalariga tayanib, fizik tushunchalar va kattaliklar, hodisalar va qonunlarning fizik mohiyatlarini sodda va ravon tildа bayon qilishga harakat qilgan.

Asosiy mavzular

  • Vakuumda magnit maydoni: Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Bio – Savar – Laplas qonuni. Magnit maydonida joylashgan tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch. Amper qonuni. Magnit maydonida harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarga ta’sir etuvchi kuch. Lorens kuchi. Xoll effekti. Zaryadli zarrachaning magnit maydonidagi harakati. Tezlatgichlar (Siklotron).
  • Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi va oqimi: Magnit maydon oqimi. Gauss teoremasi. Magnit induksiya vektorining sirkulyatsiyasi.
  • Elektromagnit induksiya hodisasi: Faradey tajribalari. O’zinduksiya hodisasi. O’zaro induksiya hodisasi. Magnit maydon energiyasi. Energiya zichligi.
  • Moddalarning magnit xususiyatlari: Moddadagi magnit maydon. Magnetiklar. Gisterezis hodisasi.
  • Elektromagnit to’lqinlar va elektromagnit maydon: Elektromagnit induksiya hodisasining Faradey-Maksvell talqini. Siljish toki. Maksvell tenglamalari. Erkin fazodagi elektromagnit maydon uchun to’lqin tenglamasi.
  • Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar: Tebranish konturidagi fizik jarayonlar. So’nuvchi elektr tebranishlar. Majburiy elektr tebranishlar. Kuchlanish rezonansi. Tebranishlar fazasi.