Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ta’minlanuvchi elektr uskunalar uchun kontaktsiz qurilmalarni ishlab chiqish va tadqiq qilish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqot maqsadi va vazifalari asoslangan; tadqiqot obyekti va predmeti ifodalangan; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishi ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan; ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan; dissertatsiya tadqiqoti natijalarining ishlab chiqarishga joriy qilinishi hamda sinov natijalari ko'rsatilgan; chop etilgan ilmiy ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Quyosh fotoelektrik stansiyalarni boshqarish va ishonchliligini oshirish uchun kontaktsiz qurilmalar texnik sxemalari tahlili: Birinchi bobida qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosidagi qurilmalarni qoʻllanilishi dolzarbligi, hozirgi holati hamda istiqbollari, quyosh fotoelektrik stansiyalari sxemalari va tarkibiy elementlari tahlili, quyosh fotoelektrik stansiyasining elektr ta'minoti tizimida reaktiv energiya iste'molini avtomatik boshqarish uchun kontaktsiz qurilmalar, fotoelektrik tizimdagi suv nasoslarini kommutatsiyalovchi kontaktli hamda yarimoʻtkazgich asosidagi kontaktsiz ishga tushirgichlar tahlili boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Quyosh fotoelektrik stansiyalarining butlovchi jihozlari uchun kontaktsiz qurilmalarni ishlab chiqish: Ikkinchi bobida tarmoqqa integratsiyalangan quyosh fotoelektrik stansiyalaridan ta'minlanuvchi suv nasosi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalash qurilmalari, quyosh fotoelektrik tizimi ta'minoti ishonchliligi va muntazam ishlashini ta'minlovchi omillar, quyosh fotoelektrik stansiyalaridan ta'minlanuvchi bir fazali elektr iste'molchilar va uch fazali uskunalar uchun kontaktsiz qurilmalarini ishlab chiqish, quyosh fotoelektrik stansiyalaridan ta'minlanuvchi katta quvvatli suv nasoslarini kommutatsiyalovchi kontaktsiz ishga tushirish qurilmasi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Fotoelektrik suv nasoslarining kontaktsiz ishga tushirish qurilmalarini modellashtirish va hisoblash: Uchinchi bobida, tarmoqqa integratsiyalangan quyosh fotoelektrik stansiyalaridan ta'minlanuvchi nasos agregati tizimini hamda bir va uch fazali kontaktsiz ishga tushirish qurilmalarini imitatsion modellari ishlab chiqildi. Imitatsion modeldan foydalangan holda bir va uch fazali nasoslarining ishga tushirish jarayonlari simulyatsiya qilindi hamda tok va kuchlanishlar ossillogrammalari olindi.
- Eksperimental tadqiqot: To'rtinchi bobida eksperimental tadqiqotning maqsadi, quyosh fotoelektrik stansiyalari tuzilmasi va tarkibiy elementlari, quyosh fotoelektrik stansiyalari elektr ta'minot tizimida reaktiv quvvatni ratsional kompensatsiya qilish tizimini tadqiq qilish, tarmoqqa integratsiyalangan quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun yangi turdagi kontaktsiz qurilmalarni eksperimental tadqiq qilish, quyosh fotoelektrik stansiyalari elektr ta'minot tizimida reaktiv quvvatni ratsional kompensatsiya qilish qurilmasini mavjud analoglar bilan taqqoslash va tizimni iqtisodiy samaradorlik bo'yicha tahlil qilish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko'ra, kontaktsiz qurilmalarni ishlab chiqish va tadqiq qilish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi umumiy xulosalar taqdim etildi: 1. Qurilmalarni ishonchliligi oshirish va ularning optimal ishlashini ta'minlash. 2. Kontaktsiz qurilmalar ishlab chiqildi. 3. Simulink tizimi yordamida modellari ishlab chiqildi. 4. Metodika hisoblash elementlari va tok/kuchlanish chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirildi. 5. Kontaktsiz qurilmalar boshqa qurilmalarga nisbatan yuqori ishonchlilikka ega ekanligi aniqlandi. 6. Yillik iqtisodiy samara 123,4 mln. soʻmni tashkil etdi.