O‘zbekistonda kichik biznesni yirik biznesga transformatsiyalashuvini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kichik biznesni rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari, jahon tajribasi, mamlakatimizdagi mavjud vaziyat tahlil qilingan hamda kichik biznesni yirik biznesga aylantirish uchun takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot kichik biznesning iqtisodiyotdagi o'rni, uning rivojlanish tendensiyalari va global bozordagi o'rni tahlil qilingan. Shuningdek, «Tadbirkorlik ekotizim modeli» taklif etilgan bo'lib, u kichik bizneslarni moliyaviy, madaniy va institutsional jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Tadqiqotda kichik biznesni yirik korxonalarga aylantirish bo'yicha mexanizmlarni takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kichik biznesni yirik biznesga aylantirishning nazariy-uslubiy asoslari: Bu bobda tadbirkorlik faoliyatlariga baho berishdagi mavjud tendensiyalar va xorijiy tajribalar oʻrganilib, mamlakatimizda biznesga baho berishning metodologiyasi tahlil qilingan. Kichik korxonalarni rivojlantirish uchun hukumat tomonidan moliyaviy va huquqiy yordam koʻrsatish hamda soliq toʻlovlari miqdorini adolatli belgilash zaruriyati ta'kidlangan.
  • Oʻzbekistonda biznes yuritishning tashkiliy-iqtisodiy tahlili: Ikkinchi bobda mamlakatimizda mavjud kichik biznes subyektlari transformatsiyalash jarayonlari hamda kichik va yirik biznes faoliyatlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati shuningdek ta'siri aniqlangan. Bundan tashqari, kichik biznes va yirik biznes subyektlarini xalqaro bozor raqobatlashuvidagi oʻrni hamda bugungi kundagi mavjud tendensiyalar aniqlanilib, statsitik tahlillar oʻtkazilgan.
  • Kichik biznesni yirik biznesga transformatsiya jarayonlarini rivojlantish istiqbollari: Uchinchi bobda kichik va yirik biznesni xalqaro bozor raqobatlashuvidagi mavjud tendensiyalari, iqtisodiy rivojlanishda kichik biznes va yirik biznesning oʻrnini tahlil qilish va prognozlash, shuningdek, kichik biznesni yirik biznesga transformatsiyasini rivojlantirishning usul va vositalari keltirilgan.