Yong'oq mag'izini saralash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Xurramova Zilola Gʻayratovna tomonidan
Asosiy mavzular
- KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Hozirgi kunda jahon bozorida oziq-ovqat ishlab chiqarish va xom ashyosini tayyorlashda mahsulotning sifat koʻrsatkichlariga boʻlgan talab mahsulotning hom ashyosi tannarxida namoyon bo'lmoqda. Jumladan, ushbu holatni turli qattiq qobiqli yong'oq va mag'izlarni oʻlchamlari boʻyicha saralangan turlarining narxlaridagi farqlardan ko'rish mumkin. Xususan grek yong'og'i mag'izining narxlarida saralangan mag'izning narxi saralanmagan mag'izning narxiga nisbatan 70-80% yuqori baholanadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida yong'oqni etishtirish va qayta ishlash miqdori 2,8 million tonnaga yetgan. Biroq, yong'oq mag'izlarini sifat koʻrsatkichlari boʻyicha saralash mashinalarini amaliyotga joriy etishni taqazo etadi. Shu jihatdan yong'oq magʻizini saralash mashinasi ish sifati yuqori hamda energiya-resurstejamkor texnika vositalari va qurilmalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
- TADQIQOTNING VAZIFALARI: mavjud saralash mashinalarining konstruksion tuzilishi va parametrlarini tahliliy oʻrganish hamda mahalliy hududlarda grek yongʻogʻi magʻizini geometrik va fizik xususiyatlarini oʻrganish va aniqlash; saralash mashinasinini konstruksion tuzilishini aniqlash asosida geometrik va dinamik parametrlari orasidagi analitik hamda funksional bog'lanishni aniqlash; analitik tahlil natijasida olingan funksional bog'lanishlar asosida elakning tuynugi diametri, elakning gorizontga nisbatan ogʻish burchagi, geometrik o'lchamlari va elakning tebranma harakatini maqbul texnik parametrlarini aniqlash; elakning tebranishi va oʻlchamlari uchun aniqlangan texnik va geometrik parametrlari asosida saralash qurilmasining tajriba-sinov modelini loyihalash va tayyorlash, tayyorlangan saralash mashinasining tajriba-sinov modelida saralash aniqligi, elakning saralash unumdorligi boʻyicha tajriba-sinovlarini oʻtkazish; oʻtkazilgan tajriba-sinov natijalari asosida mashinaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash.
- TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: yong'oq magʻzini saralish mashinasini geometrik oʻlcham boʻyicha saralaydigan, doira koʻrinishidagi tuyniklar bilan jixozlangan konstruksiyasi bilan takomillashtirilgan. saralash mashinasida tebranma harakatlanish xarakteristikalari mag'izlarning geometrik va dinamik parametrlari orasidagi analitik bog'lanishlar 2-tur Lagranj tenalamalari asosida aniqlangan; elakning gorizontal yoʻnalishga nisbatan oʻrnatilish burchagi va chastotasi tebranuvchi elakning tebranish chastotasi va amplitudasiga bog'liqliga analitik bog'lanishlar asosida aniqlangan; saralash yuzasining tebranma harakatdagi amplitudasi saralash aniqligi va unumdorligiga bog'liqligi regressiya tenglamalar asosida aniqlangan
- TADQIQOTNING AMALIY NATIJALARI: yong'oq mag'izlarini oʻlchamlarini saralaydigan mashinaning kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta'minlaydigan parametrlari asoslangan
- TADQIQOT NATIJALARINING ISHONCHLILIGI: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi izlanishlarning zamonaviy uslub va o'lchash vositalaridan foydalangan holda oʻtkazilganligi, yong'oq magʻizlarini hajmiy saralash mashinasi ishchi qismlarining parametrlari va ish rejimlarini nazariy jihatdan asoslashda oliy matematika va nazariy mexanikaning asosiy qoida va usullariga amal qilinganligi, tajribalar natijalariga matematik statistika usullari bilan ishlov berilganligi, nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarining oʻzaro adekvatligi, ishlab chiqilgan saralash mashinasi sinovlarining ijobiy natijalari va amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
- TADQIQOT NATIJALARINING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI: Tadqiqot ishini ilmiy ahamiyati yong'oq mag'izlarini hajmiy saralash mashinasi ishchi qismlarining talab darajasidagi ish sifatini ta'minlaydigan parametrlari asoslanganligi hamda olingan matematik modellar va analitik bog'lanishlardan boshqa shunga o'xshash ish organlarining parametrlarini tadqiq etishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan mashina yongʻoq magʻizlarini saralashda qoʻllanilganda magʻizlarning shikastlanishini kamaytirgan holda saralanishning aniq boʻlishini ta'minlashi, mehnat sarfini kamaytirish va ish unumini oshirishga erishilganligidan iborat.
- TADQIQOT NATIJALARINING JORIY QILINISHI: ishlab chiqilgan yong'oq magʻizni saralash mashinasining tajribaviy nusxasi Andijon viloyatidagi “MO'JIZA SAVDO PLYuS” MChJ va “Ismoil hoji" bog'dorchilik fermer xoʻjaliklarida joriy qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 17-yanvardagi 06/27-05/234-son ma'lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan mashinada saralash jarayoni unumdorlik koʻrsatkichi 300 kg/soatni tashkil etgan. Magʻizni saralash jarayonida saralash aniqligi 97% bo'lishga erishilgan. Magʻizni saralash mashinasini joriy etish natijasida bir oyda 17,8 mln. foyda olishga erishilgan.
- TADQIQOT NATIJALARINING APROBATSII: Tadqiqot natijalari 2 ta respublika va 2 ta xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan.
- TADQIQOT NATIJALARINING E'LON QILINISHI: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 12 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 1 ta dasturiy ta'minot uchun guvohnomasi olingan.
- DISSERTATSIYANING TUZILISHI VA HAJMI: Dissertatsiya tarkibi kirish, to'rtta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 123 betni tashkil etadi.
- XULOSA: 1. Izlanishlar natijasida aniq boʻldiki, magʻiz massasining asosiy oʻlchamlari 7-8 gr atrofida ekanligi aniqlandi. 2. Mashinaning tebranuvchi tizim uchun 750 Vt quvvat sarflanadi. Dempferlashda koʻpi bilan toʻrtta prujina evaziga 80 Vt, qoʻshimcha mexanizmlarda esa toʻla energiyaning 10% miqdorida ya'ni, 75 Vt yoʻqotiladi. Shundan kelib chiqib mashina uchun 900 Vt quvvat talab etiladi. Shuning uchun mashinani ishlatilishida 1000 Vtli elektrodvigatel tanlandi. 3. Koʻrsatilgan qiymatlar boʻyicha saralash mashinasining maqbul qiymatlari aniqlovchi regressiya tenglamalari ishlab chiqildi va regressiya tenglamalarini birgalikda echishda elak qiyalik burchagi 20°, amplituda koʻlebatli harakatlanishi 12 mm va uzunligi 1200 mm boʻlganda mashina saralash unumdorligi 300 kg/soatdan oshmaydi, saralash aniqligi esa 97% dan kam bo'lmaydi.