Mikroelementlar va salomatlik

Ushbu monografiyada hayot uchun muhim bo'lgan makro- va mikroelementlar haqida, ularning bolalar salomatligini saqlashdagi tutgan o‘rni, normativ ko‘rsatkichlari, diagnostiksi, ona va bolalar o‘rtasida mikroelementlar tanqislik holatlarining tarqalishi, bola biomuhitlaridagi miqdori, Orol bo‘yi zonasi va Zarafshon vohasidagi istiqomat qiluvchi bolalarda mikroelementlar tanqislik holatlari, biogeokimyoviy hudud va oziq-ovqatlar tarkibida mavjud bo’gan makro- va mikroelementlar miqdori, mikronutrientlar tanqisligi profilaktikasiga doir yangi zamonaviy ma'lumotlar berilgan. Monografiya mikroelementlar hamda mikroelementozlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi barcha mutaxassislar: ilmiy va amaliyotdagi tibbiyot xodimlari, kimyogarlar, gigiyenistlar, nutritsiologlar hamda tibbiyot instituti talabalari, ordinatorlar va magistrlar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • MIKROELEMENTLARNING ROLI VA AHAMIYATI: XX asr inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan turli sohalarda buyuk kashfiyotlar va texnologiyalar gurkirab rivojlanishi davri bo‘ldi. Tibbiyot sohasida katta siljishlar bo‘lishiga qaramasdan, odamlar o‘rtasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari ilgarigicha darajasi saqlanib qolmoqda. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, har kuni 500 dan ortiq yangi turdagi dorilar kashf qilinayapti, minglab yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yaratilmoqda. Shunga qaramasdan yildan-yilga turli kasalliklarning kamayishi sezilmayotganligi, hattoki ilgari ma'lum bo‘lmagan kasalliklar yangidan paydo bo‘layotgani, qadimiy kasalliklarning qayta uchrayotganligiga guvoh bo‘lib turibmiz.
  • ONA VA BOLA BIOMUHITLAGIDA MIKROELEMENTLAR MIQDORI: Samarqand viloyatining turli hududlarida yashovchi emizikli onalarning ko’krak sutidagi makro- va mikroelementlarni aniqlash uchun 20 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan emizikli onalardan olingan 53 ta sut namunalari tekshirildi. Namunalar tahlili Samarqand davlat universiteti laboratoriyasida atom absorbsiyasi usuli bilan tekshirildi. Sutning tarkibi laktatsiya fazasiga, onaning yoshiga, ovqatlanish turi, yashash joyiga va boshqalarga bog'liq. Darhaqiqat, ushbu ma'lumotlarga ko'ra, aksariyat elementlarning inson tanasida tarqalishi muhim bolib, ko’krak suti va sochi tarkibidagi elementlarning normativ ko’rsatkichlari Samarqand viloyatida ishlab chiqilmagan, yoki ma'lumotlar etarli emas. Shundan kelib chiqib, tadqiqotdan olingan natijalar asosida olingan o'rtacha qiymatni ushbu hudud uchun normativ miqdor sifatida qabul qilish mumkin bo’ladi.
  • OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING MIKROELEMEN TARKIBI: Ratsionni tanlashning asosi to'g'ri ovqatlanish tamoyillari bo'lishi kerak. To'g'ri ovqatlanish - bu insonning o'sishi, normal hayoti va rivojlanishini ta'minlaydigan, sog'lig'ini mustahkamlaydigan va turli kasalliklarning oldini olishni ta'minlaydigan ovqatlanishdir. Oziqlanish va salomatlik muammosi Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ning xalqaro dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.