Miqdoriy tahlilda tarozining qo‘llanilishi va analitik tarozining ahamiyati

Ushbu kitob miqdoriy tahlilda tarozining qo'llanilishi va analitik tarozining ahamiyatiga bag'ishlangan. Kitobda miqdoriy analizning tortma (gravimetrik) analizi usullari, tortma analizda bajariladigan tajribalar, cho'kmalar hosil bo'lishiga bo'lgan talablar, tarozilar va analitik tarozining qo'llanilishi kabi mavzular o'rganilgan. Kitobda analitik tarozilarni qo'llashda foydalanish, tajribalarda uskuna va jihozlarda ishlash qoidalariga e'tibor qaratilgan va zamonaviy analitik tarozilarni joriy etish, tortish ishlarini aniq bajarish, tarozida o'lchashlarda xatoliklarni kamaytirishning dolzarbligi ta'kidlangan. Analitik tarozilarda ishlashni namoyon etish uchun bariy xlorid kristalgidrati tarkibiy miqdorini aniqlash bo'yicha tajriba o'tkazilgan va tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Miqdoriy analizning tortma (gravimetrik) analizi usullari: Gravimetrik analiz tekshiriladigan va hosil boʻladigan moddalarning massalarini aniq oʻlchashga asoslangan. Gravimetriya choʻktirish, haydash va ajratish usullariga boʻlinadi.
  • Tortma analizda bajariladigan tajribalar: Tortma analizda tekshirilayotgan moddadagi aniqlanayotgan element (ion) ning miqdorini, odatda bu elementni biror qiyin eriydigan birikma tarzida cho'ktirilganda hosil boʻlgan choʻkmaning og'irligiga qarab topiladi.
  • Cho'kmalar hosil bo'lishiga bo'lgan talablar: Elementning biror qiyin eriydigan birikmasi bir qator talablarni qanoatlantirgandagina undan tortma analizning cho'ktirish usulidan foydalanish mumkin.
  • Tarozilar va analitik tarozining qo'llanilishi: Analitik tarozilarda tortish qoidalari. Analitik tarozi aniq fizik asbob bo'lib, unda tortganda juda ehtiyot bo'lish talab etiladi. Tarozining ishdan chiqmasligi va aniq tortish natijasini olish uchun qator qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi.
  • Moddalarni tarozida tortish: Kimyo laboratoriyasida eng muhim asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur.