QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMASI

Ushbu kitob Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) – o‘tkir transmissiv tabiiy o‘choqli inson kasalligi bo‘lib, uning epizootologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashxisi, davolash va profilaktikasi masalalarini umumlashtirishga va tahlil qilishga bag'ishlangan. Kitobda virusning genetik xilma-xilligi, evolyusiyasi, asosiy tashuvchilari va rezervuarlarning yashash areali, tabiiy o‘choq chegaralari haqidagi zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kasallikning klinik sindromlari, diagnostika algoritmlari va bemorlarni davolash tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kitob keng doiradagi mutaxassislar (epidemiologlar, infeksionistlar, terapevtlar) va ushbu muammoni o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qrim-Kongo gemorragik isitmasining etiopatonetik asoslari: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) ning tarixiy rivojlanishi, virusning genetik va molekulyar tavsifi, patogenezi va patologiyasi hamda hozirgi davrdagi epidemik ko‘rinishlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
  • Qrim-Kongo gemorragik isitmasining klinik shakllari va kechishi: Kasallikning klinik ko‘rinishlari, bemorlarda kuzatiladigan umumiy va gemorragik sindromlar, laboratoriya ko‘rsatkichlari va kasallikning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berilgan.
  • Tashxisot tamoyillari: QKGI ni aniqlash mezonlari, jumladan epidemiologik, klinik va laboratoriya tashxis usullari, shuningdek differensial tashxis haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
  • Zamonaviy davolash va profilaktika tamoyillari: QKGI ni davolash va oldini olishning zamonaviy usullari, jumladan, virusga qarshi terapiya, sindromal patogenetik davolash va gemostaz buzilishlarini tuzatish, shuningdek profilaktika tadbirlari haqida ma’lumot berilgan.