Ta’lim jarayonida 9-10 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirish metodikasi

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatida 9-10 yoshdagi oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini suzish mashgʻulotlari misolida shakllantirish metodikasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi nazariy va amaliy muammolar, xususan, yosh avlodning jismoniy salomatligini mustahkamlash, ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, hamda tayyorgarlik jarayonini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, oʻquvchilarning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'sir koʻrsatuvchi metodik tizimlar taklif etilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, jahonda ta'lim tizimi sub'ektlari faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ularning intellektual, ma'naviy va jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilayotganligi bayon etilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayoni natijaviyligiga aloqador boʻlgan modellarni texnologik rivojlanish gʻoyalari bilan integratsiyalash hamda ularning samaradorligini ta'minlash birlamchi ahamiyatga ega boʻlayotganligi ta'kidlangan. Shu jihatdan, inson salomatligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashtirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish orqali valeologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati ortayotganligi qayd etilgan.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda muammoga doir adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy oʻrganish va tahlil qilish; dinamometriya, kuchlanish dinamografiyasi, elektromiografiya, xronometraj, spidografiya, kuzatish, sotsiometrik metodlar (suhbat, anketa, so'rovnoma, intervyu, test); modellashtirish, pedagogik eksperiment; natijalarni matematik va statistik tahlil etish kabi usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 9-10 yoshli suzish sporti bilan shugʻillanadigan qizlarda jismoniy sifatlar va maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini rivojlanish dinamikasi, motor reaksiyasining latent davrida qoʻl-oyoq harakat chastotasi oʻzgarishlari suzish jarayonida "qadam” va tempning yuqori qiymatlarini namoyon qilish qobiliyati takomillashtirilgan; 9-10 yoshli suzish sporti bilan shugʻillanadigan qizlarda tezlik qobiliyatining maksimal namoyon boʻlishini ta'minlaydigan optimal vositalar va metodik usullarni tanlash va qoʻllash oʻlarda asosiy dinamik va kinematik xususiyatlarining samaradorligini takomillashtirilgan; Oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonining fiziologik va pedagogik xususiyatlari namoyon boʻlish darajalariga ustivorlik berish orqali faoliyatning intellektual, psixologik, faoliyatga doir hamda ma'naviy-axloqiy tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan; 9-10 yoshdagi oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirishning metodik tizimi qo'shimcha va dinamik ta'lim tamoyillariga ustivorlik berish, ya'ni jismoniy tayyorgarlik samaradorligini belgilaydigan shaxs xususiyatlari hamda jismoniy tayyorlanish qonuniyatlari bilan sport ta'limining diagnostik, yoʻnaltiruvchi, prognostik, konstruktiv, loyihalash, tashkiliy-tezkor, nazorat, boshqaruv kabi yoʻnalishlarining oʻzaro aloqadorligini ta'minlash hamda suzishni oʻrgatish usullari va metodlarining produktivligini oshirish orqali takomillashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: 9-10 yoshdagi oʻquvchilarning suzish sporti boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni oʻzlashtirganlik darajasini aniqlashga doir diagnostik vositalar tizimi ishlab chiqilgan; Oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirish bilan bog'liqlikda jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan; "Suzish nazariyasi va metodikasi” nomli darslik nashr ettirilgan; "Водные виды спорта" nomli oʻquv qoʻllanma nashr etilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi asosiy metodologik tamoyillarga asoslanganligi, qoʻllanilgan yondashuvlar, usullar va nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarining tahlili va samradorligi matematik-statistik metodlar vositasida asoslanganligi, tadqiqot maqsadi va vazifalarining adekvatligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish bilan bog'liqlikda “jismoniy tarbiya", "jismoniy tayyorgarlik”, “suzish sporti" kabi tushunchalar mazmunining ilmiy ta'riflanganligi; oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar va metodik yondashuvlarning nazariy tahlil etilganligi; suzish sporti boʻyicha 9-10 yoshli oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajalarini belgilash ko'rsatkichlari va mezonlarining aniqlashtirilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik modelning ishlab chiqilganligi, oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga doir diagnostik vositalar tizimi va uslubiy tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta'lim jarayonida 9-10 yoshli oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: oʻquvchilarda jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonining fiziologik va pedagogik xususiyatlari namoyon boʻlish darajalariga ustivorlik berish orqali faoliyatning intellektual, psixologik, faoliyatga doir hamda ma'naviy-axloqiy komponentlarni aniqlashtirish, shuningdek, 9-10 yoshdagi oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini baholashning quyi, oʻrta va yuqori darajalari suzishni o'rgatish usullari, bosqichlari hamda shaxsiy ahamiyatga ega boʻlgan faoliyatga munosabat shakllarining barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashga oid taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan.
  • XULOSALAR: 1. Jismoniy tarbiya va uni yoshlar orasida keng yoyish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining siyosat darajasidagi dolzarb masalasiga koʻtarilib bormoqda. Jamiyat hayotida yuz berayotgan texnologik evrilishlar, ijtimoiy jarayonlar, yashash muhitidagi oʻzgarishlar, avtomobillar sonining ortib ketishi, jismoniy harakatlarning kamayib ketishi kabi sabablar yoshlar salomatligiga salbiy ta'sir qila boshlagan. Mazkur havotirlanishga arzigulik muammoni, jismoniy tarbiyani yoshlar yashash tarziga maqsadli va rejali tarzda joriy qilish orqali hal etish mumkin. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va qoʻshimcha ta'lim muassasalarida joriy qilinishi, takomillashtirilishi lozim. 2. Hozirda mavjuda boʻlgan QTM larida imkoniyatlar ancha yaxshi. Ular umuminsoniy g'oyalarni kengroq yoyishga xizmat qiladi, umumta'limning kemtik joylarini to'ldiradi, oʻquvchilarni bir g'oya va maqsad ostida birlashtiruvchi uyushmalar vositasida ish koʻradi. 3. Qo'shimcha ta'limning afzal va foydali tomonlaridan biri, bu jarayon toʻgʻri tashkil qilinsa, aniq tamoyillarga asoslansa, yosh bolalardagi bilish salohiyatini bir necha barobarga oshiradi. 4. Maktab yoshidagi yoshlarni etuk shaxs sifatida tarbiyalab, ulg'aytirishda jismoniy madaniyat hamda tarbiya oʻzaro bir butun, ajralmas vositalar. Bu jarayonda jismoniy tayyorgarlik ularning eng yaxshi hamroh boʻlib xizmat qiladi. 5. Jismoniy tayyorgarlik holati, jarayoni, tarzi haqidagi tavsifiy, tahliliy nazariyalar pedagogika hamda psixologiya fanlarida yoritilgan, tuzilishi esa jismoniy tarbiya sohasida qilingan, u juda dinamik tabiatga ega.
  • TAVSIYALAR: 1. 9-10 yoshdagi o'quvchilardan dasturda belgilab berilgan amaliyotga, nazariyaga, uslubiyatga oid nazoratlarni olishdan oldin, ular sifatli koʻrsatkich koʻrsatishi uchun, nazorat materiallarini oʻquv vaqtiga teng boʻlib olishdan samarali foydalanish; 2. Suzishga oʻrgatishda eng qulay va mos usulni tanlashda oʻquvchilar haqida bilish maqsadida anketa, so'rovnoma, tibbiy koʻrik, test sinnovlarida olingan ma'lumotlarga suyanib ish koʻrish, qolaversa, shaxsiy hayotidagi talablarini ham hisiobga olib, jismoniy tayyorgarlikning sifatini rivojlantiruvchi vositalarni ishlab chiqish; 3) Jismoniy tayyorgarlikda foydalaniladigan vositalar, predmetlar, jihozlar sharoitni yaxshilashga va suzish usullarini rivojlantirishga yordam berib, bunday natijaga erishish uchun ochiq mashg'ulotlar, nozarat ishlari, yakuniylar hamda oʻzaro bellashuvlar oʻyishtirishtirib, ularga oʻziga nisbatan ishonchni uygʻotish; 4) mashg'ulotlarga uzoq muddatli qiziqishni saqlab qolish uchun bolalarni suvda ochiq o'yinlar boʻyicha amaliy mashg'ulotlarga qatnashtirish, amaliy suzish texnikasini oʻrganishga, suzishni oʻrgatishni osonlashtiruvchi har xil qurilmalardan foydalanish.