Maktabgacha ta’lim yoshdagi nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarda o‘qishga oid dastlabki ko‘nikmalarini rivojlantirish
Ushbu dissertatsiya maktabgacha yoshdagi nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalarda oʻqishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha ta'lim yoshidagi dizartriya nutqi nuqsoniga ega boʻlgan bolalarni oʻqishga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganiladi.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda maktabgacha yoshdagi nutqida nuqsoni boʻlgan bolalarni maktabga tayyorlash jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ularga oʻz vaqtida logopedik korreksion yordam koʻrsatish, bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish usullarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
- Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda oʻqishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: Maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirishning korreksion-pedagogik imkoniyatlarini aniqlash; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish didaktik modelini takomillashtirish; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini differensial yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirish.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlariga Toshkent shahridagi 289-, 480-, 560-sonli, Toshkent viloyati Yangiyo'l shahridagi 3-sonli, Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 31-, 57-sonli, Uychi tumanidagi 1-sonli, Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tunanidagi 10-sonli, Samarqand shahridagi 60-, 78-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan jami 140 nafar dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalar jalb qilingan. Tadqiqotning predmetini maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarda oʻqishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, shakli, metod va vositalari tashkil etadi.
- Tadqiqot usullari va ilmiy yangiligi: Dissertatsiyada tadqiqot mavzusiga oid ilg'or pedagogik tajribalarni oʻrganish, sotsiometrik metodlar (kuzatish, suhbat), korreksion-pedagogik tajriba-sinov, natijalarni matematik-statistik tahlil kabi tadqiqot va tahlil natijalarini umumlashtirish usullaridan (K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsiyenti, Styudentning t-mezonini hisoblash) foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirishning korreksion-pedagogik imkoniyatlar individual mashg'ulotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻyinli topshiriqlarni kiritish, fonematik idrokni rivojlantirish hamda korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik mikromuhitni yaratish asosida aniqlangan; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish modeli tovush-harflar bilan tanishish va o'qilgan so'zning ma'nosini anglashga yo'naltirilgan o'qilgan so'zlarni o'qish va idrok etish bosqichlarining mazmuni belgilash, pragmatik sharoit yaratish hamda individual ta'lim traektoriyasiga funksional uygʻunlashtirish asosida takomillashtirilgan; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalari rivojlantirish texnologiyalari nutq-eshituv, bilish jarayoni, koʻruv idroki, motorika, og'zaki nutq hisobga olgan holda, nutq kamchiliklarini bartaraf etishga differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalari rivojlantirish samaradorligi korreksion-rivojlantiruvchi ish yoʻnalishlarini aniqlash, o'qishga oid dastlabki ko'nikmalar rivojlanganlik darajalari, koʻrsatkich va mezonlarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda logopedik tashxislash asosida takomillashtirgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalar oʻqishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish jarayoni mazmuni aniqlangan, shakl, metod va vositalari ishlab chiqilgan; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalar o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirish usullarini ta'lim jarayoniga joriy qilish bo'yicha metodik qoʻllanma nashrga tayyorlangan; maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda oʻqishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirishning korreksion-rivojlantiruvchi muhitining didaktik ta'minoti differensial yondashuvga asoslangan maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat ta'lim talablari, rivojlantiruvchi ta'lim muhiti usullarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan. nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida korreksion mashg'ulotlar majmuasi yaratilgan.
- Xulosa: 1. Maxsus pedagogika fanida maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirishning xususiyatlari maxsus oʻrganilmaganligi dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishni korreksiyalash mexanizmlari hamda yo'llarining ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga keltirgan. 2. Dizartriya nutq nuqsoni bo'lgan bolalar nutqining shakllanishi, rivojlanishi umumiy qonuniyatlarga bo'ysunadi, biroq oʻziga xos xususiyatlarga ham egaligi aniqlandi. Bular: nutqiy rivojlanish sur'atlarining pastligi, aksariyat holatlarda nutqning ayrim komponentlari emas, balki yaxlit tizim sifatida buzilishi ro'y berishi aniqlangan. 3. Dizartriya nutq nuqsoni bo'lgan bolalar nutqi rivojlanishiga nafaqat tarbiyalanuvchilarning artikulyatsiya a'zolari harakat funksiyalarining holati, balki ularning koʻrish idroki va his qilish tajribasi, shuningdek, ushbu kontingentni tarbiyalash hamda o'qitishning oʻziga xos sharoitlari uni korreksion-rivojlantirish jarayonida yetarlicha hisobga olinmasligi ham ta'sir etadi. Tarbiyalanuvchilarning nutq imkoniyatlari pastligi sensor etalonlarni mustaqil to'laqonli oʻzlashtirishga imkon bermasligi, bu pertseptiv harakat va operatsiyalarni sekinlashtirishi, predmetli tasavvurlar sifatining pasayishiga sabab boʻlishi aniqlangan. 4. Maktabgacha ta'lim yoshdagi dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirish - ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonida dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish, oldini olish hamda individual-differensialashtirilgan xarakterda amalga oshirish jarayoni deb ta'riflangan. 5. Maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirishning korreksion-pedagogik imkoniyatlar ketma-ketlik assotsiativ jihatlari va yozish o'qishni leksemalarga ajratish hamda oʻrganishga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni sintaktik va semantik o'qish ko'nikmalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan. 6. Dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki ko'nikmalarini rivojlantirish modeli tovush va harflar bilan tanishish, o'qilgan narsaning ma'nosini tushunib, bo'g'inlardan so'zlar tuzish, oʻqish va idrok etish va nutqni rivojlanishining past, oʻrtadan past, oʻrta, yuqori darajalari logopedik tashxislash hamda tabaqalashtirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirilgan. 7. Maktabgacha ta'lim yoshidagi dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish mezonlari soʻzdagi o'xshash fonemalarni farqlash, so'zning tovush tarkibi haqida bilish, tovush-harf birlashmasini anglash, koʻruv idroki, fazoda moʻljal olish hamda harf gnozisini idrok qilishni hisobga olgan holda, nutq kamchiliklarini bartaraf etishga differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan. 8. Maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalari rivojlantirish samaradorligi eshitish, og'zaki nutq, vizual-fazoviy funksiyalar va fikrlash operatsiyalarini, mayda motorika, vizual fazoviy funksiyalarni hamda ovozni talaffuz qilishni, aqliy faoliyat va umumiy motorikani sintez etish asosida faollashtirilgan. 9. Maktabgacha ta'lim yoshidagi dizartriya nutq nuqsoni boʻlgan bolalar o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish ishlarining mazmuni va maxsus usullarini qamrab olgan logopedik metodlar takomillashtirildi va «Maktabgacha ta'lim yoshdagi nutqida og'ir nuqsonlari boʻlgan bolalarda o'qishga oid dastlabki koʻnikmalarini rivojlantirish» dasturi asosida aprobatsiyadan oʻtkazilgan.