Muloqotning kommunikativ tomoni to`g`risida tushuncha
Ushbu kitob muloqotning mohiyati, ahamiyati, turlari, kommunikativ tomonlari, shaxslararo munosabatlardagi o'rni va o'ziga xosliklari haqida ma'lumot beradi. Unda muloqotning psixologik jihatlari, kommunikatsiya jarayonlari, noverbal muloqot vositalari, shaxslararo ta'sir, tinglash malakalari, muloqotni boshqarish usullari va nizolarni hal etish kabi mavzular batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Muloqotning kommunikativ tomoni: Muloqotning kommunikativ tomoni deganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, gʻoyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi boʻlib til xizmat qiladi.
- Muloqotning interaktiv tomoni: Muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarining ijtimoiy xulq-atvoriga ta'sir koʻrsatish jarayoni. YA'ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) oʻzaro munosabat va oʻzaro ta'sir shakllarini oʻz ichiga oladi.
- Muloqotning perseptiv tomoni: Muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'liq boʻlgan murakkab psixologik jarayon. Kishilarning muloqat jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta'sir etishlarini ta'minlaydi.
- Noverbal muloqot: Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Odamlar muloqot jarayonida so'zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar.
- Boshqaruv muloqoti: Boshqaruv muloqoti deganda, xodimlarni ma'lum tomonga yo'naltirish maqsadidagi oʻzaro maʼlumot almashinuvi jarayoni tushuniladi. Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berishni o'z ichiga oladi.