Ekologiya

Ushbu kitob ekologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, unda ekologik omillar, ularning tirik organizmlarga ta'siri, moslanish, ekologik klassifikasiya kabi mavzular yoritilgan. Kitobda muhit tushunchasi, uning turlari, ekologik omillarning klassifikasiyasi va organizmlarning muhitga moslashish usullari batafsil tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Muhit: Tirik organizmlarni o'rab turgan va ularning holatiga, rivojlanishiga, yashab qolishiga, ko'payishiga bevosita ta'sir etadigan jamiki o'lik va tirik tabiat sharoitiga muhit deyiladi. Muhit ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqa turlarga bo'linadi. Muhit asosan ikki tipga ajratiladi: tabiiy muhit va sun'iy muhit. Tirik organizmlar tarqalgan biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud: suv muhiti, havo muhiti, tuproq muhiti, tirik organizmlar muhiti.
  • Moslanish: Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o'ziga xos muhitlarda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan. Organizmlarni ma'lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi. Moslanish asosan uch xil ko'rinishda bo'ladi: morfologik moslashish, fiziologik moslashish, xulqiy-etologik moslashish.
  • Ekologik omillar: Muhitning organizmlar bilan o'zaro ta'sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta'sir qiladi. Ekologik omillar o'z tabiatiga ko'ra qo'yidagi guruhlarga bo'linadi: abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omil.
  • Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari: Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta'sir etadi va ahamiyatga ega. Har qaysi faktorning organizmga ta'sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog'liq. Faktorning yashash mumkin bo'lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o'ziga xos chidamlilik chegarasi bor. Faktorning organizmga eng qo'lay ta'sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi. Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.
  • Organizmlarni ekologik klassifikasiya qilish printsiplari: Hayvonot, o'simlik olamini hozirgi zamon biologik sistematik klassifikastiyasini bosh mezoni qovm-qarindoshlik o'xshashlik belgilari hisoblanadi. Ekologik klassifikastiya qilishda esa hayvonlarni ularni tashqi muhitda xilma-xil hayot kechirishi ularni turlicha klassifikastiya qilish mumkin. Biz hayvonlarni birgina harakat qilishiga qarab klassifikastiya qilsak, turli xil sinfga kiruvchi turlar 1 ta ekologik guruh kiritiladi.