Yong‘inlarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish usullarini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi ilmiy kengash tomonidan DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli ilmiy kengashda himoya qilingan. Unda yongʻinlarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Dissertatsiya texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan boʻlib, unda zamonaviy kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va innovatsion usullarni qoʻllash orqali yongʻin oʻchirish jarayonlarini raqamlashtirish muhimligi ta’kidlangan.

Asosiy mavzular

  • Yongʻinlarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish usullarini takomillashtirish: Ushbu bobda respublikada sodir boʻlayotgan yongʻinlarni samarali bartaraf qilish uchun qoʻllaniladigan boshqaruv usullaridan toʻgʻri foydalanilayotganligini tahlil qilish maqsadida oxirgi 7 yil ichida mamlakatimiz hududida sodir boʻlgan yongʻinlar, ularning oqibatlari, yetkazilgan moddiy zarar, tan jarohati olgan, qutqarilgan va halok boʻlgan fuqarolar, shuningdek boshqa viloyatlarga chiqishlar soni oʻrganib chiqilgan va tahlil qilingan. Tahlil natijalariga koʻra, soʻnggi 7 yil davomida yongʻinlar soni 19,8 foizga kamayganligi, aksincha yongʻinlar natijasida yetkazilgan moddiy zarar esa deyarli 3,94 barobarga koʻpayganligi aniqlangan.
  • Sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish uchun talab etiladigan kuch va vositalarni hisoblash uslublari asosida dasturiy ta'minotlar yaratish: Bu bobda hozirgi kunda yongʻin-qutqaruv xizmatida qoʻllaniladigan ilm-fan va bashoratlash (kelajakni oldindan koʻra bilish) usulini takomillashtirish uchun birinchi navbatda «GreenLine» nomli dastur evakuatsiyaning aniq vaqtini hisoblash, «Tcalc» nomli dastur talab qilinadigan evakuatsiya vaqtini hisoblash, «Z-Model» nomli dastur evakuatsiya yoʻllarini bloklash vaqtini hisoblash va «PojRCalc» nomli dastur yongʻin xavfining hisoblangan qiymatlarini aniqlash uchun moʻljallanganligi aniqlangan. Hozirgi kunda yongʻinni oʻchirishning 3 xil usuli mavjud. Dissertatsiya ishi davomida mazkur uslublar tahlil qilindi, ushbu uslublar boʻyicha hisoblash amallari takomillashtirildi, har bir uslub boʻyicha dasturiy ta'minotlarni yaratish maqsadida ularning algoritmlari ishlab chiqildi.
  • Dasturiy ta'minotlarni yongʻinni oʻchirish jarayoniga tatbiq qilish orqali samaradorligini baholash: Ushbu bobda ishlanib chiqqan algoritmlar asosida C++ dasturlash tilida 3 ta dasturiy ta'minotlar yaratildi. Birinchi dasturiy ta'minot aholi yashash turar-joylari, jamoat va ma'muriy binolarda sodir boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarni hisoblash maqsadida yaratildi va unga takomillashtirilgan hisoblash uslubi, yongʻin turi sifatida yongʻinning turli xil shakllari, yongʻin oʻchirishda qoʻllanilayotgan dastaklar va yongʻin sodir boʻlgan joy sifatida 28 ta nomlanishdagi obektlar kiritildi.
  • Modellashtirishni tadqiq qilish: Ushbu bobda dissertatsiya ishini bajarish davomida ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotlar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 3-yongʻin-qutqaruv qismi chiqish hududida joylashgan obyektlarda sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish jarayoniga tadbiq qilish orqali samaradorligi baholangan.