Konfutsiy va Suqrot falsafasining komparativistik tahlili
Ushbu dissertatsiya Xitoyning qadimgi mutafakkirlari Konfutsiy va qadimgi yunon faylasufi Suqrotlarning falsafiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ularning ijtimoiy, axloqiy, siyosiy qarashlari, ta'limotlari hamda falsafiy tizimlarining oʻziga xos jihatlari tahlil etilib, ular falsafasining Sharq va G'arb falsafasiga ta'siri ham o'rganiladi. Konfutsiy va Suqrot falsafasining zamonaviy jamiyat va global muammolarni hal qilishdagi dolzarbligi ochib beriladi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, xorijiy tadqiqotlar sharxi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, e'lon qilinganligi, tuzilishi va hajmi haqida ma'lumot berilgan.
- Falsafiy o'ylar va nazariy-metodologik asoslar: Ushbu bobda Konfutsiy va Suqrotning hayot yo'llari, ularning falsafasini shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy sharoit, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar, falsafaning nazariy asoslari hamda genezisi chuqur tahlil etiladi. Har ikki faylasufning axloqiy va bilish nazariyasidagi o'xshashlik va farqlari, ontologik qarashlari ham qiyosiy oʻrganiladi.
- Konfutsiy va Suqrot falsafiy g'oyalarining jahon tizimlarini insonparvarlashtirishga ta'siri: Bobda Konfutsiy va Suqrot falsafasidagi insonparvarlik g'oyalari tahlil qilingan hamda ularning Sharq va G'arb dunyosiga koʻrsatgan turli xil ta'sirlari qiyosiy oʻrganilgan. Konfutsiyning axloqiy kamolot va ijtimoiy uyg'unlikka, Suqrotning esa shaxsiy oʻzini anglash va donishmandlikka e'tibor qaratganligi, ularning falsafiy qarashlarining jahon tizimini insonparvarlashtirishga qo'shgan hissasi umumlashtiriladi.
- Xulosa: Dissertatsiya yakunida Konfutsiy va Suqrot falsafasining qiyosiy tahlili asosida olingan xulosalar Oʻzbekistonda Konfutsiy va Suqrot falsafasiga boʻlgan munosabatni shakllantirishga, oʻzaro tushunishni rivojlantirishda umumbashariy ahamiyat kasb etishi, shuningdek, ijtimoiy qarashlar tizimini takomillashtirishga qanday hissa qoʻshishi haqida fikr yuritilgan.