Sirojiddin Sayyidning poetik mahorati
Ushbu kitob Sirojiddin Sayyidning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, uning she'riy merosi, adabiy mahorati va o'zbek adabiyotiga qo'shgan hissasi tahlil qilingan. Kitobda shoirning shaxsiyati, asarlaridagi g'oyalar, badiiy uslubi va o'ziga xosligi chuqur o'rganilgan. Shuningdek, unda Sirojiddin Sayyidning adabiy olamdagi o'rni, zamondoshlari bilan aloqalari va kelajak avlodlar uchun ahamiyati ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Sirojiddin Sayyidning bolalik yillari: Shoirning Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Kundajuvoz qishlog'idagi bolalik yillari, uning oilasi va muhiti haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Shoir ijodining o'ziga xosligi: Sirojiddin Sayyid she'riyatining lirik qahramoni, vatanparvarligi, hurfikrlilik ideali, insonni ulug'lashi, xalq og'zaki ijodiga yaqinligi kabi xususiyatlari tahlil qilingan.
- Sirojiddin Sayyid va mumtoz adabiyot: Shoirning Alisher Navoiy, Hofiz, Bedil kabi mutafakkirlar ijodiga munosabati, ulardan ilhomlanishi, mumtoz adabiyot an'analarini davom ettirishi masalalari ko'rib chiqilgan.
- Sirojiddin Sayyid va zamonaviy o'zbek adabiyoti: Shoirning XX-XXI asrlar o'zbek adabiyotiga qo'shgan hissasi, uning zamondoshlari bilan aloqalari, adabiy jarayondagi o'rni va ahamiyati yoritilgan.
- Sirojiddin Sayyid ijodida tarixiy shaxslar: Sirojiddin Sayyidning Ahmad Yassaviy, Navoiy, Maxtumquli, Bobur, Mashrab, Furqat kabi tarixiy shaxslar ijodiga bag'ishlab yozgan she'rlari va ularning badiiy tahlili keltirilgan.
- Sirojiddin Sayyid she’riyatida badiiy-tasviriy vositalar: Shoir ijodida qo’llanilgan majoz, istiora, tashbeh, mubolag’a, tazod, talmeh, irsoli masal san’ti, iyhom san’ati, jonlantirish (antropomorfizm) kabi badiiy-tasviriy vositalar o’rganiladi. Shoirning uslubini belgilalovchi, individualligining ko’rsatuvchi muhim omillardan sanalishi ko'rsatiladi.