XIX asr oxiri-XX asr 30-yillarida Buxoro jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyoti

Ushbu kitobda O'zbekistonning jadid ma'rifatparvarlarining, xususan Buxoro jadidlarining pedagogik qarashlari va ularning ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirishdagi oʻrni tadqiq etilgan. Tadqiqotda Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining ilg'or pedagogik qarashlaridan zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kitobda XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda ma'rifatparvarlikning rivojlanishi, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish yo'llari, milliy kadrlar tayyorlash masalalari, ta'limda zamonaviy va an'anaviy usullarning uyg'unligi, shuningdek, Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining ilmiy merosidan foydalanish bo'yicha tadqiqotlar, xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • XIX asr oxiri - XX asr 30-yillarida Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining pedagogik fikrlari taraqqiyoti va uning ilmiy-nazariy asoslari: Ushbu bo'limda XIX asr oxiri - XX asr 30-yillarida Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotini oʻrganish, madrasadagi ta'lim-tarbiya va yangi jadid maktablari tizimidagi faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari ochib berilgan.
  • XIX asr oxiri - XX asr 30-yillarida Buxoro jadid ma'rifatparvarlari yaratgan asarlarning didaktik shart-sharoitlari: Bu bobda Ahmad Donishning “Navodir-ul-vaqoe" asarida kasb-hunar haqidagi qarashlari, Abdurauf Fitratning “Rahbari najot” asarida axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlari mazmuni, Sadriddin Ayniyning “Tahsib us-sibyon”, “Qiz bola yoki Xolida” asarida oʻquvchi yoshlarni tarbiyalashning mazmuni, Buxoro ma'rifatparvarlarining ijtimoiy, madaniy hayot va ta'lim sohasida ular tomonidan yaratilgan asarlarining didaktik shart-sharoitlari tahlil qilingan.
  • Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiya tizimining mohiyati: Ushbu bobda jadid ma'rifatparvarlarining g'oyalari asosida barkamol shaxsni tarbiyalashning mazmun va mohiyati hamda Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining 1920-1930-yillarda ta'lim-tarbiya tizimiga boʻlgan munosabati va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritib berilgan.
  • Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyadagi konsepsiyasi: Bu bobda Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining pedagogik-psixologik g'oyalari shakllanishi va rivojlanishiga asos boʻlgan omillarning pedagogika tarixi nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Buxoro jadid ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyadagi konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishiing tarixiy-ijtimoiy hamda pedagogik tahlili pedagogika tarixi darsligiga kiritish masalalari ko'rib chiqilgan.