Прeэклaмпcия: эртa тaшхиcлaш вa бaшoрaтлaшдa зaмoнaвий ёндaшувлaр
Ushbu monografiya O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining «Preklampsiya: erta tashxislash va bashorati zamonaviy yondashuvlar» nomli ilmiy ishining natijalarini o'z ichiga oladi. Unda preklampsiya bilan bog'liq murakkab muammolar, uning kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmlari, zamonaviy diagnostika va bashoratlash usullari, shuningdek, olib borilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilingan. Kitobda preklampsiya diagnostikasi va oldini olish bo'yicha ilmiy ma'lumotlar, xususan, biomarkyorlar, genetik, immunologik va boshqa omillarning roli keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Preklampsiya muammosining zamonaviy jihatlari: Preklampsiya etiologiyasi, patogenetik mexanizmlari, rivojlanishida genetik, immunologik va boshqa omillarning roli, shuningdek, uning rivojlanish xavfini bashorati va diagnostikasi bo'yicha zamonaviy qarashlar.
- Klinik-laborator biomarkerlar va ularning diagnostik ahamiyati: Preklampsiya va uni bashoratlashda foydalaniladigan turli biomarkerlar (jumladan, sFlt-1, PIGF, PAPP-A, D-dimer va boshqalar) va ularning diagnostik qiymati.
- Preklampsiya rivojlanishida genetik, immunologik va gemostatik omillar: Preklampsiya rivojlanishida irsiy moyillik, immun tizimning buzilishi va gemostatik o'zgarishlarning roli hamda ularning diagnostik ahamiyati.
- Preklampsiya va homiladorlikning umumiy ko'rsatkichlari: Preklampsiya bilan bog'liq bo'lgan umumiy ko'rsatkichlar, jumladan, kasalliklar strukturasi, hayz sikli, jinsiy hayot boshlanish yoshi va boshqa omillarning tahlili.
- Zamonaviy davolash va bashoratlash usullari: Preklampsiya davolashning zamonaviy usullari, diagnostikasi va bashoratlash uchun tavsiya etilayotgan biomarkerlar va usullarning samaradorligi.