Adaptiv moslama yordamida gimnastikachilarni halqada bajariladigan mashqlarga o‘rgatish uslubiyati

Ushbu avtoreferat O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalarini o'z ichiga oladi. Muallif Muhammad Amin Suleymanov "Adaptiv moslama yordamida gimnastikachilarni halqada bajariladigan mashqlarga o'rgatish uslubiyati" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini taqdim etadi. Tadqiqotda gimnastika mashqlarini o'rgatishda adaptiv moslamalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash, texnik xatolarni bartaraf etish kabi muhim masalalar ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida gimnastikachilarning ushbu sport turi bo'yicha mahoratini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Ushbu bo'limda gimnastika sportidagi zamonaviy yutuqlar, murakkab texnik harakatlarni takomillashtirish, zamonaviy va o'ziga xos elementlarni kiritish zarurati, hamda mashqlarni o'rgatishda adaptiv tuzilishga ega uskunalar yordamida elementlarni ifodali bog'lash kabi uslublar va vositalarni modernizatsiyalashning ahamiyati ko'rib chiqilgan. Shuningdek, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sportchilarning xalqaro maydonlardagi ishtirokini ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmonlari ta'kidlangan.
  • Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Ushbu tadqiqot Respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatning ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-axloqiy rivojlanishda innovatsion g'oyalar tizimini va ularni amalga oshirish yo'llari” bilan bog'liq ustuvor yo'nalishi doirasida amalga oshirilganligi qayd etilgan.
  • Muammoni oʻrganilganlik darajasi: Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston va xorijlik mutaxassislar tomonidan sport gimnastikasida mashqlar, yuklamalarni optimallashtirish, tanadagi funktsional o'zgarishlar, harakat qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish usullari bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Biroq, halqalarda tebranish va statik elementlarni bajarishda istiqbolli va ratsional usullarni o'rgatishga qaratilgan izlanishlar ortib bormoqda. Shuningdek, bu harakatlarni adaptiv tuzilishga ega uskunalar yordamida amalga oshirish bo'yicha tadqiqotlar kamligi qayd etilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi adaptiv uskunalarni ishlab chiqish asosida gimnastikachilarni halqalarda bajariladigan tebranish va kuch mashqlar texnikasini oʻzlashtirish samaradorligini oshirishdan iborat. Vazifalar sport gimnastikachilarning halqada ishlanadigan mashqlarning parametrlarini hamda elementlarini oʻzlashtirish metodikasini ishlab chiqish, yuqori malakali gimnastikachilarda mashqlar bajarish vaqtini, texnikasini, quvvat zahirasini taqsimlash kabi texnik elementlar mezonlarini adaptiv moslama yordamida ishlab chiqish, halqada tebranish va statik mashqlar texnikasini takomillashtirishga qaratilgan maxsus yordamchi mashqlarni aniqlash, turli murakkablikdagi tebranish va kuch mashqlarini samarali o'rgatish uchun ishlab chiqilgan mashqlar kompleksini samaradorligini tajribada asoslashni o'z ichiga oladi.
  • Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida yuqori malakali gimnastikachilarni halqada bajariladigan elementlarni maxsus talab doirasida o'rgatish jarayoni, predmeti esa halqada bajariladigan elementlarni o'rgatishda adaptiv uskunalardan foydalanish jarayoni tashkil qiladi.
  • Tadqiqot usullari: Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyot ma'lumotlarini oʻrganish va tahlil qilish, anketa soʻrovi, pedagogik kuzatish, gimnastika elementlarining biomexanik tahlili, pedagogik nazorat testlari, ekspert baholash usuli, pedagogik tajriba, matematik-statistik usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilmiy yangiligi sport gimnastikachilarning halqada ishlash parametrlariga mutanosib boʻlishi uchun bajariladigan elementlarni oʻzlashtirish muddatini qisqartirish va harakatdagi bir toifa elementdan ikkinchi toifa elementlarga oʻtishga qaratilgan metodikani ishlab chiqish, adaptiv moslama yordamida krest elementini o'zlashtirish vaqtini qisqartirish, qiymatini oshirish, aniq bajarish, quvvat zahirasini taqsimlash hisobiga maxsus elementlarni bajarish orqali yuqori ball yigʻish imkoniyatlarini kengaytirish, halqada tebranish harakatlarini maxsus trenajor yordamida o'rgatish kompleksiga elemetlarni singdirish evaziga texnik elementlarni oʻzlashtirish, yengil, oʻrta va og'ir darajasini aniqlash, halqalarda bajariladigan statik elementlarni og'irlik vazni sportchilar vazniga nisbatan taqsimlab mashg'ulotning asosiy tayyorgarlik qismida qo'llash hisobiga gimnastikachilarni kuch orqali bajariladigan maxsus elementlarni bajarish texnikasini takomillashtirishni o'z ichiga oladi.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Amaliy natijalari sifatida barqaror bo'lmagan jihozlarda tebranish va statik gimnastika elementlarini bajarishda ishtirok etadigan qoʻllar, yelka-kamari, yelka va gavda mushaklarining kuchini rivojlantirish uchun mo'ljallangan, gimnastikachilarning maxsus kuch sifatlariga mahalliy ta'sir ko'rsatadigan koʻp funksiyali trenajor ishlab chiqilgan va o'quv-mashg'ulot jarayoniga tatbiq qilingan. Harakatlar dasturi hamda halqada bajariladigan elementlar va ularning birikmalar dasturini tavsiflovchi yetakchi biomexanik xususiyatlarga asoslangan tebranish va statik elementlarini o'rgatish uslubi sinovdan o'tkazilgan va oʻquv-mashg'ulot jarayoniga joriy etilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodologiyasi sohasidagi xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-mulohazalari asosida ishda qo'llaniladigan yondashuv, tadqiqot natijalariga muvofiq qoʻshimcha tadqiqotlar usullari, vazifa va tadqiqot tahlilini miqdoriy va sifat jihatidan ta'minlash, olingan tajriba ma'lumotlari va vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangan natijalarni matematik-statistik usullaridan foydalanganligi bilan tasdiqlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati gimnastika mashqlarini o'rgatish nazariyasi va metodologiyasi, halqada tebranish va statik elementlarning texnikasini samarali shakllantirish uchun qo'llaniladigan oʻquv vositalarining miqdoriy va sifat xususiyatlari toʻgʻrisida ilmiy asoslangan ma'lumotlar, turli malakaga ega gimnastikachilarni o'qitish sifatini yaxshilash va istiqbolli elementlarni oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan vaqtni qisqartirish uchun ishlab chiqilgan yetakchi va tayyorgarlik mashqlari majmuasi orqali dastur bilan izohlanadi. Amaliy ahamiyati esa, gimnastikachilarning halqada bajariladigan statik elementlarini o'rganish jarayonini optimallashtirish hamda sportchining elementni oʻzlashtirish vaqtini qisqartirishdir. Halqada bajariladigan elementlar majmuasini qiymati baland boʻlgan statik elementlar bilan 65-75% ga to'ldirish va shu bilan birga elementlar majmuasini umumiy qiymatini oshirishdir.
  • Tadqiqot natijalarini joriy etilishi: Sport gimnastikachilarning halqada tebranish va statik elementlari texnikasini adaptiv turdagi o'quv moslamalaridan foydalanish yordamida takomillashtirish bo'yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida Samarqand va Fargʻona gimnastika sport turiga ixtisoslangan maktablariga joriy etilgan. Natijada sport gimnastikachilarda halqada bajariladigan kombinatsiya yigʻindisi 8,14% dan 14,3% ga yaxshilangan. Shuningdek, Respublika oliy sport mahorati maktabining oʻquv mashg'ulot jarayoniga tatbiq etilgan. Natijada, gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi 6,18%dan 12,8%ga, texnik tayyorgarlik darajasi 7,34%dan 16,4%ga oshirilgan. Toshkent shahar gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o'quv mashg'ulot jarayiniga joriy qilingan. Natijada oʻquv mashgulot jarayoning halqada bajariladigan harakatlar zichligi 46,4%dan 69,2%ga, mashg'ulotning o'rtacha zichligi esa 47,4% dan 53,8% ga, kuch va maxsus kuch sifatlari 6,4% dan 12,8% oshirilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi: Tadqiqot materiallari va asosiy holatlari 3 ta xalqaro va 2 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtgan. Tadqiqot ishining mavzusiga oid boʻlgan 13 ta ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan, 1 ta oʻquv qoʻllanma, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola (3 ta respublika va 1 ta xorijiy jurnallarda) chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, to'rtta bobdan iborat bo'lib, 115 sahifali matn, 17 ta rasm, 13 ta jadval, xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan tashkil topgan.
  • Dissertatsiyaning asosiy mazmuni: Kirish qismi: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusi tadqiqot bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqotdan olingan natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy etilishi, aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Birinchi bob: "Gimnastika mashqlari texnikasini oʻrgatishda adaptiv moslamalardan foydalanishning ahamiyati": Ushbu bobda ko'pkurash turlarida gimnastika elementlarini o'rgatishning pedagogik xususiyatlariga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlil qilingan. L.Ya. Arkayev, N.G. Suchilin, Yu.K. Gaverdovskiy, Yu.V. Menxinlarning tadqiqotlarida harakat qobiliyatini rivojlantirish usullari, mashg'ulotlarning biomexanik xususiyatlari, yuqori toifali gimnastikachilarni maksimal sport formasi darajasiga olib chiqish yo'llari tavsiflangan va koʻpkurash turlarida gimnastika mashqlarini o'rgatishda trenajordan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
  • Ikkinchi bob: “Tadqiqot usullari va uni tashkil qilinishi": Ushbu bobda tadqiqot usullari, asosiy pedagogik eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish xususiyatlari, bajariladigan ishlarning ketma-ketligi va tuzilishi yoritilgan, usullarning har biriga qisqacha izoh, shuningdek foydalanish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot uch bosqichda amalga oshirilgan.
  • Uchinchi bob: “Koʻp funksiyali adaptiv moslama yordamida gimnastikachilarni halqada bajariladigan mashqlarga oʻrgatish trenajorini yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlash": Ushbu bobda yetakchi murabbiylarning halqada gimnastika mashqlariga o'rgatish muddati va o'rgatish jarayonida oʻquv moslamalaridan foydalanish bo'yicha fikrlarini aniqlash hamda ularga ketadigan vaqt muddatini oʻrganish maqsadida anketa soʻrovi oʻtkazilgan. Anketa soʻrovi doirasida mamlakatimizning yetakchi murabbiylari hisoblangan 47 nafar mutaxassislar bilan suhbat oʻtkazilgan.
  • To'rtinchi bob: "Halqadagi elementlarni oʻrgatishda adaptiv turdagi oʻquv trenajordan foydalanish samaradorligini eksperimental asoslash": Ushbu bobda ishlab chiqilgan adaptiv moslama yordamida halqada gimnastika mashqlarini o'rgatish boʻyicha ishlab chiqilgan o'quv dasturini eksperimental sinovdan oʻtkazish maqsadida pedagogik tajriba tashkil etilgan. Asosiy pedagogik tajriba toʻrt bosqichda oʻtkazilgan. Birinchi bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlik natiralariga tayangan holda ularni natijalarini oshirish hamda harakarlarni texnik jihatdan yaxshilashga qaaratilgan, ikkinchi bosqichda maxsus jismoniy sifatlarning natijalariga tayngan holda ularni texnik va taktik jihatdan sifatini yo'qotmagan holda oshirish dasturlari tuzib chiqilgan, uchinchi bosqichda sportchilarning halqalarda bajargan elementlarining bazaviy mashqlarni o'rganib chiqilgan hamda ularni takomillashrirish maqsadida adaptiv moslama yordamida dastur ishlab chiqilgan, to'rtinchi bosqichda esa halqada bajariladigan elementlarni maxsus talab doirasida boʻlib olib har bir talab boʻyicha dastur ishlab chiqilga hamda sportchilarning kuch sifati bilan boʻgʻliq elementlari takomillashtirilgan.
  • Xulosalar: Xulosalar qismida tadqiqot natijalari bo'yicha quyidagi xulosalar keltirilgan: 1. sport gimnastikachilarning halqada ishlash parametrlariga munosib mashqlarni bajarish uchun elementlarni oʻzlashtirish muddati 16,4% dan 20,8% ga oʻsdi. 2. sport gimnastikachilarning halqada bajariladigan harakatlarni oʻzlashtirish, mashqlarni (yengil, oʻrta, oʻgir) darajalarda bajarish va ularni snaryadlarda qoʻllash, sport gimnastikachilarni halqalarda bajarilayotgan elementlar sifatini yuqorilash uchun qo'llanilgan majmualar natijasida sport gimnastikachilarda halqada bajariladigan kombinatsiya yigʻindisi 8,14% dan 14,3% ga oʻsishi kuzatilgan. 3. yuqori malakali sport gimnastikachilarini texnik xatolarini bartaraf etish uchun adaptiv moslama yordamida krest elementini bajarish vaqtini 14,2 oydan 12,1 oyga qisqardi. Halqadagi elementlarni qiymatini oshirish uchun qoʻllanilgan koʻmplekslar yordamida sportchilarning kombinatsiya qiymati 3,8 balldan 4,3 balgacha oʻsishi kuzatildi. 4. halqada elementlarni aniq bajarish 0,1-1,5 sekundli harakatlar 0,2-0,2,5 soniyagacha yaxshilandi. Sportchilarning quvvat zahirasini taqsimlash boʻyicha qo'llanilgan kompleks mashqlar yordamida sportchilarning maxsus kuch tayyorgarligi 6,18%dan 12,8%ga, texnik tayyorgarlik darajasi 7,34%dan 16,4%ga yaxshilandi.
  • Amaliy tavsiyalar: Amaliy tavsiyalar sifatida ishda keltirilgan tadqiqot materiallaridan SM, ISM, ROvaPZK va sport gimnastikasi boʻyicha murabbiylarining amaliy ishlarida foydalanish mumkinligi, gimnastikachilarning halqadagi elementlar yig'indisini bajarishda umumiy hamda maxsus jismoniy safatlarini oshirishga qaratilgan ishda kerakli natijaga darhol erishilmasligini yodda tutib, mashqlarni toʻgʻri taqsimlash muhimligi, mashqlarni bajarishda doimo oddiy va yengil hamda ketma-ketligi aniq vazifalarni berish lozimligi, adaptiv moslamada kuch-statik elementlarni bajarishda oʻrganilayotgan elementlarning yengil variantlaridan foydalanishni boshlash kerakligi, har bir takrordan so'ng ishlaydigan mushaklarni boʻshashtirish (tiklanish) uchun nafas mashqlari, hamda siltab tiklash mashqlar bajarish lozimligi va mashg'ulot boshida 3 qismdan iborat maxsus “qizdirish”majmualarini me'yorlari boʻyicha bajarish tavsiya etilishi ko'rsatib o'tilgan.