Юқори протеинли, компонентлари маҳаллийлаштирилган балиқ емини рецептлари ва тайёрлаш технологиясини ишлаб чиқиш
Ushbu tadqiqotda balq ishlarini rivojlantirish maqsadida mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, yuqori proteinli va mahalliy komponentlarga boy bo‘lgan baliq yemlarini ishlab chiqish texnologiyasi va retseptlarining ishlab chiqilishi hamda uning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda, jumladan, Pleurotus ostreatus va Aspergillus oryzae zamburug‘laridan foydalangan holda yem tarkibidagi oqsil miqdorini oshirish usullari o‘rganilgan va ularning optimal rejimlari aniqlangan. Shuningdek, mazkur yemlar uchun texnologik jarayonni takomillashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash masalalariga bag‘ishlangan.
Asosiy mavzular
- Yem tarkibining kimyoviy-texnologik tahlili: Tadqiqotning birinchi bobida Respublikada baliqchilik uchun yemlarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy moddalarga bo‘lgan talablar, ayniqsa oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallarga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganilgan. Mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan yemlarning tarkibiy qismlari tahlil qilingan va ulardagi kamchiliklar aniqlangan.
- Ozuqa yemlari uchun biologik faol komponentlarni olish: Ikkinchi bobda yuqori proteinli yemlar olish uchun Pleurotus ostreatus va Aspergillus oryzae zamburug‘laridan foydalanish usullari, ularning fermentativ faolligi va biomassa hosil qilish dinamikasi tadqiq etilgan. Bu zamburug‘lar tomonidan ishlab chiqariladigan proteaz va a-amilaza fermentlarining faollik darajasi va oqsillarni oshirishdagi o‘rni o‘rganilgan.
- Yem retsepturasi va texnologiyasini ishlab chiqish: Uchinchi bobda olingan ilmiy natijalarga asoslanib, mahalliy xom-ashyolardan oqsillarga boy va muvozanatli baliq yemlari retsepturasi ishlab chiqilgan va ularni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologik sxemasi asoslangan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi ham ko‘rsatib berilgan.