Kimyodan masalalar yесhish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning mеtodik-didaktik asoslari
Ushbu dissertatsiya kimyo taʼlimida masalalar yechish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Tadqiqotda kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni qoʻllashning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganilgan, talabalarining kimyo masalalarini yechish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tizimli tahlilning foydalari, samaradorligi hamda uning taʼlim jarayoniga tatbiqi yoritib berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda taraqqiyotni ta'minlovchi sohalarni rivojlantirish, ularning barqaror o'sib borish dinamikasini ta'minlashda tizimli tahlildan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlarda tizimli tahlil imkoniyatlaridan foydalanish sharoiti kengaygan sari maqsadli-rejaviy dasturiy boshqaruv metodlari hamda bu muammolarni hal etish maqsadida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar, turli sohalarni tadqiq qilishga qaratilgan tizimli tahlilning turli ko'rinishlari qoʻllanilmoqda. Shuning uchun ham ta'lim tizimi samaradorligini ta'minlashda tizimli tahlilning nazariy imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va pedagogik jarayonning yaxlit tizim sifatidagi innovatsion imkoniyatlarini kengaytirish zarurati tobora ortib bormoqda. Dunyoda keng miqiyosda tizimli tahlil asoslarining nazariy va metodologik tamoyillarini ta'lim-tarbiya, ilm-fan vazifalarini yechish, kimyo ta'limi sohalarida ham tizimli tahlilni qoʻllashning ilmiy-nazariy asosini yaratish borasida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlar tizimli tahlildan faol foydalanib, muammolarni aniqlash va hal qilishda yuqori natijalarga erishmoqda. Ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni yaratishda, texnik muammolarni hal qilish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda, ta'lim dasturlarini yaratish va takomillashtirishda, ta'lim sifati va oʻquvchilarning muvaffaqiyatini baholashda tizimli tahlil hamda yondashuvlardan foydalaniladi. Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim jarayonlariga zamonaviy usullar, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim mazmuniga oʻzgartirishlar kiritish, ta'lim oluvchilarga bilimlarni tezkor singdirish, ularni yangiliklar bilan izchil tanishtirib borish, natijada ularning oʻquv-bilish faoliyati hamda amaliy faoliyatini samarali tashkil etish hamda bu borada "ta'lim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamonaviy talablar asosida takomillashtirish" ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asosan "ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni amaliyotga joriy etishni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan asosiy vazifalar aniqlangan. Bu esa talabalarni innovatsion tayyorlashni ta'minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish ta'limning yangi paradigmasida muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4805 sonli Qarori, 2019-yil 8-oktabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2020-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son farmoni, 2020-yil 6- noyabrdagi "Oʻzbekistonning yangi taraqqiyoti davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli farmoni, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28-yanvardagi "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF-60-sonli farmonlari va ushbu sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ta'lim jarayonini takomillashtirishga doir vazifalarni amalga oshirish borasida mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustivor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ITD-1 "Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish" ustivor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mamlakatimizda pedagogik jarayonlarni tizimli tahlil qilish, ta'lim istiqbollarini belgilashning konseptual asoslari M.Tojiyev, Z.Muxammadov, R.Samarov, T.Alimardonov, N.Abdullayev, U.Axrorova, D.Yunusova, B.xodjayev, A.Choriyev, Z.Saliyeva kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Kimyo o'qitish metodikasining turli yo'nalishlari boʻyicha masalalar yechish sohasiga bilvosita aloqadorlikda: E.Eshchanov, Sh.A.Mamajanov, Sh.B.Formanova, M.A Kuchkarov kabi tadqiqotchilar faoliyat olib borgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan Ye.V.Batayeva, Ye.V.Yelizarova, N.V.Bogomolova, A.S.Gorodenskaya, P.S.Belov, I.B.Terleeva, O.V.Zakabluk, M.K.Toletova, L.N.Shixova, N.G.Alekseyev va boshqalarning tadqiqot ishlarida kimyo ta'limini takomillashtirishda masalalar yechishga oid o'quv-ijodiy yondashuvlar oʻz ifodasini topgan. Xorijiy olimlardan B.Lyudvig, K.Boulding, U.Eshbi, E.S.Bauer, E.A.Lodatko, R.T.Agton, F.L.Fabeliko, F.Q.Aranes, E.M.Dimagiba, D.T.Claritalar tomonidan pedagogik tizimli tahlil nazariyasi, ta'lim tizimida kimyoviy ta'limni tashkiliy-metodik rivojlashtirish, kimyo ta'limi mazmunini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik muammolar bilan shugʻullangan.
- Tadqiqot mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi: Dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy-tadqiqot ishlar rejasining A-1-141 "Oliy ta'lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli veb-texnologiya asosida elektron-axborot ta'lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish" mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan (2019-2021-yy.).
- Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta'lim tizimida kimyo fanidan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: Tizimli yondoshuv asosida kimyodan masalalar yechish borasida tizimlarni oʻrganish va ularni tahlil qilish; Kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirish modelini, oliy ta'lim tizimida kimyodan masalalar yechish strukturasini, mazmunini tizimli tahlil qilish; Kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlil etish jarayonini nazariy takomillashtirishning funksional-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish; kimyodan masalalar yecish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirish asosida yaratilgan uslubiy qoʻllanmalar boʻyicha tajriba-sinovni tashkil etish va natijalarni statistik tahlil qilish.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida oliy ta'lim tizimida kimyodan masalalar yeshish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti 524 nafar talabalari ishtirok etdi. Tadqiqotning predmeti oliy ta'lim tizimida kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning didaktik asoslari, metodlari, vositalari hisoblanadi.
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda tizimli tahlil asoslarini aniqlovchi diagnostik metodikalar, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatish, nazariy-mantiqiy tahlil, umumlashtirish, mohiyat va hodisaga yondashuv singari nazariy-metodologik uslublar hamda yondashuvlar, masalalar yechish usullari, tajriba-sinov ishlari, tadqiqot natijalarini umumlashtirish, baholash, matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kimyo fanidan masalalar yechish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalarning mazmuniy-struktural xususiyatlari hamda ularni yechish strategiyalariga koʻra didaktik klassifikatsiya va kombinator-metodik yondashuv asosida, faoliyatning mantiqiy ketma-ketligi hamda metodik uyg'unligi tamoyillarini inobatga olgan holda aniqlashtirilgan. Kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik tizimi amaliy yo'naltirilgan ta'lim muhitini vazifani shakllantirish, tizimning tuzilishini aniqlash, model tuzish va tadqiq qilishga doir bosqichlar bo'yicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirilgan; Kimyo masalalarini yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning funksional-tuzilmaviy modeli maqsadli (masala yechishga tizimli tahlil asosida yondashish), metodologik (innovatsion, integratsion faoliyatga yo'naltirish), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari), natijaviy (baholash mezonlari, ko'rsatkichlari) komponentlari ta'lim mazmunini strukturalashtirish, uning didaktik imkoniyatlarini ichki integratsiya darajasining barqarorligini ta'minlash asosida takomillashtirilgan; Kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, “dinamik tizim
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalar yechishda tizimli tahlilni qoʻllash, aniq tushuncha va tasdiqlari ilgari surilgan; kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirish samaradorlik jihatdan taqqoslovchi metodlarni aniqlashtirilgan; pedagogik jarayonlarda qoʻllashning dastlabki va yakuniy bosqichlari bilan integrativlik darajalarini tizimli tahlil qilish tipologiyasiga ustuvorlik berish asosida tayyorlangan; kimyodan masala yechish jarayonini tizimli tahlil yetishning funksional-tuzilmaviy modeli pedagogik jarayonni tashkil etishga proporsional bog'liqligi ta'minlangan; tizimli tahlil qilish funksiyalari va usullarining to'laqonli faoliyat yuritish, ongli anglash, funksional tuzilishni aniqlash, umumlashtirish ko'nikmalarini rivojlantirishga bevosita ta'sir etishini hisobga olingan; tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, “dinamik tizim
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda qilingan ma'ruzalarning materiallari to'plamlari, qoʻllanilgan integrativ yondoshuv, tizimli didaktik ta'minot, usullar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, yaratilgan metodik qoʻllanma, darslik, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati kimyodan masalalar yechishda talabalarda tizimli tahlildan foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga oid ilmiy-metodik qarashlar, didaktik asoslar, tizimli tahlil va ishlab chiqilgan takliflardan foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Amaliy ahamiyati shundaki, oliy ta'lim tizimida kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlash, jarayon mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini yaratish boʻyicha ilmiy-metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida: kimyo fanidan masalalar yechish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalarning mazmuniy-struktural xususiyatlari hamda ularni yechish strategiyalariga koʻra didaktik klassifikatsiya va kombinator-metodik yondashuv asosida, faoliyatning mantiqiy ketma-ketligi hamda metodik uyg'unligi tamoyillarini inobatga olgan holda aniqlashtirilgan (O'zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug'iga asosan "Kimyodan masalalar yechish metodikasi" darsligiga 274-256 sonli guvohnoma). Natijada, ushbu darslik talabalarda kimyoviy masalalarni yechish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan; kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik tizimi amaliy yo'naltirilgan ta'lim muhitini vazifani shakllantirish, tizimning tuzilishini aniqlash, model tuzish va tadqiq qilishga doir bosqichlar boʻyicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirilgan (O'zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug'iga asosan “Organik kimyo" darsligiga 418-173 sonli guvohnoma). Natijada, kimyoviy masalalarni yechishni ilmiy va amaliy integratsiyada tashkil etishning didaktik ta'minoti takomillashtirilgan; kimyo masalalarini yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning funksional-tuzilmaviy modeli maqsadli (masala yechishga tizimli tahlil asosida yondashish), metodologik (innovatsion, integratsion faoliyatga yo'naltirish), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari), natijaviy (baholash mezonlari, ko'rsatkichlari) komponentlari ta'lim mazmunini strukturalashtirish, uning didaktik imkoniyatlarini ichki integratsiya darajasining barqarorligini ta'minlash asosida takomillashtirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/32-sonli qaroriga asosan “Kimyoviy hisoblash" darsligi 2023/298U-84 sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning kimyoviy masalalarni yechishda nazariy va amalaiy ko'nikmalarini hamda malakalarini rivojlantirishda fanlar intrgratsiyasidan foydalanish metodikalari rivojlantirilgan; kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, "dinamik tizim
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot ishining asosiy mazmuni va g'oyalari 4 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ma'ruza koʻrinishida bayon qilingan va muhokamadan oʻtkazilgan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 31 ta ilmiy ish, jumladan, 12 ta maqola, shulardan 9 tasi OAK tomonidan tavsiya etilgan respublika jurnallarida va 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. 4 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma nashr qilingan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 142 betni tashkil etadi.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Tadqiqot ishining dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning oʻrganilganlik darajasi respublika va xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar misolida tahlil qilingan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, usullari belgilangan, shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati dalillar yordamida ko'rsatib berilgan, muhim natijalarning ommalashtirilganlik darajasi yoritilgan. Dissertatsiyaning “Kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida, Ta'lim sohasida tizimli tahlilni amalga oshirish yuzasidan mavjud yondashuvlar tahlili, oʻziga xos jihatlari, amalga oshirish metodlari va ta'limiy sharoitlari, ommaviylashgan metodlardan, Kveyd, Yang, Golubkov, Chernyak metodlari haqida bayon etilgan. Mavjud metodlarning bir biridan farqi va avzalliklari qiyosiy tahlil qilingan. Tizimli tahlil oʻzida murakkab muammolarni oʻrganish va hal etish metododlogiyasini mujassamlashtiradi. Oliy ta'lim tizimida kimyodan masalalar yechish sohasiga tizimli modellashtirish va konstruksiyalash, tizimli amaliyot inson tafakkuri imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Kimyo ta'limida tizimli tahlil, modellashtirish va konstruksiyalash, amaliyot bilan bog'liq qarashlar g'arb olimlari asarlarida ham atroflicha oʻrganilgan. Lekin yurtimizda bunday yondashuv faqat quyidagi sohalardagi faoliyatlarda namoyon boʻladi: M.B.Zaynutdinova, B.A.Karimova, Sh.Sh.Sodiqovalarning 2014 yilda chop qilingan informatika va axborot texnologiyalari yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Tizimli tahlil asoslari
- Tizimli tahlil prinsiplari: Tizimli tahlil bir qator umumiy prinsiplarga asoslanadi. 1. Eksperimentallik prinsipi. Eksperimental ma'lumotlarni umumlashtirish bu kuzatuvlardan topilgan hodisalar qonuniyatidir. Shuning uchun ularning haqiqati faqat kuzatilgan voqeliklar bilan bog'liq. 2. Optimallik prinsipi. Zamonaviy rivojlanishning oʻziga xos xususiyati rivojlanishning eng mos variantini tanlashdir. Yovvoyi tabiatda bu tabiiy tanlanish shaklida amalga oshiriladi, garchi sun'iy tanlanish, masalan, seleksionerlar faoliyatida ham mavjud. Obyektni rivojlantirishda tanlov bilan ham shugʻullanish kerak. Ilmiy yutuqlarni amaliy rivojlantirish jarayonida ushbu shartlar uchun koʻrsatkichlar to'plamida eng yaxshi boʻlgan ijodiy yechimlarni tanlash muhimdir. 3. Tizimlilik prinsipi. Mavzuni chindan ham bilish uchun uning barcha tomonlarini, barcha aloqalari va vositalarini qamrab olish, oʻrganish kerak. Bunga hech qachon toʻliq erishib boʻlmaydi, ammo har tomonlama talab xatolardan ogohlantiradi. Tizimlilik prinsipi yangi obyektga oʻzaro bog'liq boʻlgan xususiy elementlar to'plami bilan ifodalangan murakkab obyekt sifatida yondashuvni nazarda tutadi. Bu obyektni, bir tomondan, bir butun sifatida, boshqa tomondan, tahlil qilinayotgan obyekt boshqa tizimlar bilan muayyan munosabatlarda boʻlgan kattaroq tizimning bir qismi sifatida oʻrganishni o'z ichiga oladi. Tizimlilik prinsipi obyekt va obyektning makon va zamondagi barcha tomonlarini qamrab oladi. 4. Ierarxiya prinsipi. Ierarxik munosabatlar tarkibiy va funktsional differentsiya bilan ajralib turadigan koʻplab tizimlarda sodir boʻladi, ya'ni funktsiyalarning ma'lum bir doirasini amalga oshirish qobiliyati hisoblanadi. Haqiqiy tizimlarda ierarxiya hech qachon mutlaqo qat'iy emas, chunki ierarxiya yuqori darajalarga nisbatan pastki darajalarning katta yoki kichik avtonomiyasi bilan birlashtirilgan va boshqaruv har bir darajaga xos boʻlgan oʻz-o'zini tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanadi. 5. Integratsiya prinsipi. Obyektning integral xususiyatlari elementlarni butunga birlashtirish natijasida, shuningdek vaqt va makonda funktsiyalarni birlashtirish jarayonida paydo boʻladi. 6. Rasmiylashtirish prinsipi tizimni tavsiflashning rasmiy usulidan foydalanish (masalan, matematik usullar bilan) va miqdoriy, murakkab xususiyatlarni hisobga olishga asoslanadi. Tizimli yondashuv-bu tizim tahlilining nazariy va uslubiy asosidir.
- Tizimli tahlil asosida masala yechishning bosqichlari: 1.Topshiriqni qo'yilishi Muammoning mohiyatini aniqlash. Masalaning maqsad va yechim chegaralarini aniqlash. 2. Ma'lumotlarni toʻplash: (maqsadni amalga oshirish uchun ma'lumotlar yigʻish va alternativ variantlarni topish). 3.Izohlash (model tuzilishi va uning qoʻllanilishiga koʻra izohlar). 4. Tavsiya qilish (afzal ko'rilgan muqobil yechim variantini yoki jarayonni tavsiya qilish).
- Kimyoviy masalalarni yechishda tizimli tahlildan foydalanish: Kimyoviy masalalarni yechishda tizimli tahlildan foydalanishga doir ishlab chiqilgan funksional tuzilmaviy model faoliyatning yo'naltirilgan asosini shakllantirishning tadqiqot, rejalashtirish, nazorat qilish, baholash va korreksiyalash kabi barcha bosqichlarini oʻz ichiga oladi hamda ularning har birida tegishli funksiyaning shakllanishi amalga oshiriladi. Kimyoviy masalalarni yechish qobiliyatining yo'naltirilganlik asosining shakllanishi faoliyatning obyektiv tarkibini, uning funktsional tuzilishini va faoliyatning orientativ qismini ta'minlashni o'z ichiga oladi. Masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirishda "tadqiqot" bosqichi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, u masalaning kognitiv tarkibini, uning tuzilishini va qurilishi dasturini tashkil etadi. Ushbu bosqichda dasturga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan talaba mavzu mazmunini qayta kashf etadi. Kimyodan murakkab masalalarni (kombinatsiyalashgan) yechish uchun nafaqat chuqur bilimga ega boʻlish, shu bilan birga ma'lumotlarni oʻzaro tez bogʻlay olish, mantiqiy fikrlash kabi xususiyatlarga ham ega boʻlish talab etiladi. Kombinatsiyalashgan masalalar kimyoviy turlicha formulalar, reaksiyalar, kimyoviy qonuniyatlarni oʻzaro aralashtirish, murakkab matematik hisoblarga asoslanish natijasida tuzilishi mumkin. Eng sodda masaladan bosqichma bosqich ozgartirishlar bilan tizimli murakkablashtirib borishga asoslanadi. Talabalar murakkab masalalar bir qancha oddiy masalalarning yigʻindisidan iborat ekanligini tushunib yetishlari, amalda ko'nikma hosil qilishlari kerak.
- XULOSALAR VA TAVSIYALAR: 1. Amalga oshirilgan tadqiqotlar tizimli tahlil asosida talabalarning masalalar yechish ko'nikmalarini shakllantirish mazmuni, shakli, metodlari, vosita va texnologiyalarini takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi. Talabalarning masalalar yechish ko'nikmalarini tizimli tahlil vositasida shakllantirish imkoniyatlari hamda uning mezonlari, oʻquv-metodik ta'minotiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 2. Kimyo fanidan masalalar yechish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalarning mazmuniy-struktural xususiyatlari hamda ularni yechish strategiyalariga koʻra didaktik klassifikatsiya va kombinator-metodik yondashuv asosida, faoliyatning mantiqiy ketma-ketligi hamda metodik uyg'unligi tamoyillarini inobatga olgan holda aniqlashtirildi. 3. Kimyodan masalalar yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik tizimi amaliy yo'naltirilgan ta'lim muhitini vazifani shakllantirish, tizimning tuzilishini aniqlash, model tuzish va tadqiq qilishga doir bosqichlar boʻyicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirildi. 4. Kimyo masalalarini yechish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning funksional-tuzilmaviy modeli maqsadli (masala yechishga tizimli tahlil asosida yondashish), metodologik (innovatsion, integratsion faoliyatga yo'naltirish), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari), natijaviy (baholash mezonlari, ko'rsatkichlari) komponentlari ta'lim mazmunini strukturalashtirish, uning didaktik imkoniyatlarini ichki integratsiya darajasining barqarorligini ta'minlash asosida takomillashtirildi. 5. Kimyodan masalalar yechishda tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, "dinamik tizim