FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATINING MILLIY VA UMUMINSONIY TAMOYILLARI

Ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini milliy va umuminsoniy tamoyillar asosida o‘rganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda fuqarolik jamiyati va uning institutlari, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat tushunchalari, ularning falsafiy asoslari, tarixiy taraqqiyoti tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy va umuminsoniy tamoyillari, ularning hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo‘llari aniqlangan. Ishda fuqarolik jamiyati institutlarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, zarurati, muammoning oʻrganilganlik darajasi va ilmiy yangiligi, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliqligi, ob'yekti, predmeti, metodlari, maqsadi va vazifalari aniqlangan. Olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlari, tadqiqotning tuzilishi boʻyicha maʼlumotlar batafsil keltirilgan.
  • Fuqarolik jamiyati institutlarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati omillari va tamoyillarini falsafiy o‘rganish masalalari: Birinchi bobda «fuqarolik jamiyati», «fuqarolik jamiyati instituti», «ma'naviy-ma'rifiy faoliyat» tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati hamda Oʻzbekistonning Yangilanishi jarayonida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda adolatli davlat gʻoyasining ma'naviy omillari va tamoyillari tahlil etilgan.
  • Ma'naviy omillarning Yangi Oʻzbekistonda rivojlangan fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonidagi oʻrni va ahamiyati: Ikkinchi bobda yuksak ma'naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi Oʻzbekiston fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta'siri hamda insonparvar jamiyat taraqqiyotida ma'naviy omillar va tamoyillar dialektikasi tadqiq etilgan.
  • Oʻzbekiston jamiyatining yangi ma'naviy qiyofasini yaratishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining samaradorligini kuchaytirish mexanizmi: Uchinchi bobda Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojining yangi bosqichidagi islohotlarning ma'naviy va ma'rifiy yuksalish omili, Yangi Oʻzbekistonda aholi huquqiy madaniyati va ma'naviyatiga oid qadriyatlarini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni hamda fuqarolik jamiyati institutlari ma'naviy-ma'rifiy faoliyatining amaliy tamoyillarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
  • Xulosa: Tadqiqotda olingan xulosalar va takliflar umumlashtirilgan. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining milliy va umuminsoniy tamoyillari borasidagi tadqiqotlar asosida xulosalar ilgari surilgan.