Географик карта ва атласларни таснифи, турлари ва типлари

Ushbu kitob geografik kartalar va atlаslаrning tаsnifi, turlаri vа tiplаrigа bаg‘ishlаngаn. Undа kаrtаlаrni tаsniflаsh prinsiplаri, mаshtаbi, mаvzui, foydаlаnish mаqsаdlаrigа ko‘rа turlаri, shuningdek, geogrаfik аtlаslаrning tа’rifi vа tаsnifi kаbi mаsаlаlаr ko‘rib chiqilаdi.

Asosiy mavzular

  • Geografik karta va atlaslarni tasnifi: Geografik kartalarni tasniflash prinsiplari, ularni masshtabi va unda tasvirlangan hudud maydoniga ko'ra tasniflash, mavzusi bo'yicha tasniflash, foydalanish maqsadlariga ko'ra tasniflash, geografik kartalarni tiplari, geografik atlaslarni ta'rifi va tasnifi, mukammal asarlar sifatidagi atlaslarni xususiyatlari.
  • Geografik kartalarning tasniflash prinsiplari: Kartalarni o'rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun ular tasniflanadi. Kartalarni ilmiy asosda tasniflash ularni alohida turlariga xos bo'lgan xususiyatlarni va qonuniyatlarni o'rganishni osonlashtiradi. Kartografik ishlarni tashkil etishda o'z aksini topadi va uni ishini samarali yo'lga qo'yishga yordam beradi; shuningdek u kartalarni kataloglarni tuzish, ularni kartalar saqlanadigan xonalarda sistemali ravishda joylashtirish va saqlash uchun zarur. Geografik kartalarni tasniflashda ularda tasvirlangan hududning maydoni, kartaning masshtabi, mazmuni, maqsadi, matematik asosi, davri, nashr qilingan joyi, yili, tili va boshqa xususiyatlari asos qilib olinishi mumkin.
  • Kartalarni masshtabi va ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko'ra tasniflash: Geografik (umumgeografik) kartalar masshtabining yirik-maydaligiga qarab qo'yidagi uchta guruh kartalarga bo'linadi: yirik masshtabli, o'rta masshtabli, mayda masshtabli.
  • Kartalarni mavzusi (mazmuni) bo'yicha tasniflash: Kartalar mavzusi bo'yicha dastlab qo'yidagi ikki yirik guruhga, ya'ni umumgeografik va mavzuli kartalarga bo'linadi. Umumgeografik kartada geografik landshaftning tashqi ko'rinishi tasvirlanadi. Uning geografik mazmuni landshaftning asosiy elementlari-relef, gidrografiya ob'ektlari, tuproq, o'simlik va grunt ko'rsatkichlardan iborat bo'lib, bu elementlar kartaga bir xil aniqlikda va mukammallikda tushiriladi. Mavzuli kartada geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlarga nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi.
  • Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko'ra tasniflash: Kartalarni maqsadi ularni masshtabiga, mazmuniga va rasmiylashtirish usuliga katta ta'sir ko'rsatadi. Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko'ra: o'quv kartalari, ilmiy-ma'lumotnoma kartalar, targ'ibot va tashviqot, operativ xo'jalik, navigatsiya, kadastr, yo'l, loyiha, turistik va boshqa kartalarga bo'lish mumkin.
  • Geografik kartalarni tiplari: Kartalarni tiplariga ko'ra tasniflashda, odatda, ularning mavzuini kengligi (qamrovi), kartaga olinayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usullari, mazmunini umumlashtirish darajasi, kartografik informatsiyani ob'ektivligi va amaliy yo'naltirilganligi asos qilib olinadi.
  • Geografik atlaslar. Atlaslarni ta'rifi va tasnifi: Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun (yaxlit, bo'linmas) asar sifatida bajarilgan geografik kartalarni sistemali to'plamiga aytiladi. Atlas har xil geografik kartalarni oddiy to'plami emas, ularni kitob yoki albom ko'rinishidagi mexanik birlashuvi emas; u o'z ichiga o'zaro uzviy ravishda bog'langan va bir-birini to'ldiradigan kartalar sistemasini oladi, bu sistema atlasni maqsadi va undan foydalanish xususiyatlari bilan o'zaro muvofiqlashgan bo'ladi. Atlaslar ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko'ra dunyo atlaslari, butun Yer sharini qoplab olgan, alohida kontinentlarni yoki ularni yirik qismlarini atlaslari, alohida davlatlarni atlasi, regional atlaslar, shahar atlaslari va boshqalar. Atlaslar mavzui bo'yicha: umumgeografik atlaslar, tabiiy geografik, sosial - iqtisodiy, umumiy kompleks.