Ogahiyning tarixiy-adabiy asarlari poetikasi
Ushbu kitob Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli Ilmiy kengashi va Xorazm Ma'mun Akademiyasi tomonidan tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati hisoblanadi. Unda Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning tarixiy-adabiy asarlarining poetikasi tadqiq etilgan. Tadqiqot Ogahiy ijodining o'ziga xos jihatlarini, tarixiy-adabiy asarlarining badiiy mahoratini, timsollardan foydalanish uslublarini, lirik janrlarning o'rni va til xususiyatlarini o'rganadi. Shuningdek, kitobda Ogahiyning ijodiy faoliyatiga ta'sir ko'rsatgan omillar, uning adabiy merosining milliy va jahon ilmiy-tadqiqotlaridagi o'rni ham tahlil qilingan. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy etilishi va boshqa muhim jihatlar ham ko'rsatib o'tilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon adabiyotshunosligida har bir xalq adabiyoti taraqqiyotida yetakchi mavqe egallagan ijodkorlar hayoti, ijodiy faoliyati va badiiy mahoratini, ijodiy laboratoriyasi va uning o'ziga xos xususiyatlarini, muayyan xalq adabiy-estetik tafakkuri rivojida badiiy asarning tutgan o'rni masalasini belgilash hamda ularning adabiy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish barcha millatlar, xalqlar adabiyotshunosligida izdoshlik, an'anaviylik nuqtayi nazaridan muhim amaliy mohiyat kasb etmoqda. Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalarida uchraydigan lirik merosning mohiyatini yoritib berish, she'riy parchalarda istifoda etilgan badiiy san'atlar, qofiya, vazn va saj' san'ati namunalarini tasniflash hamda tadqiq qilish, iqtibos qoʻllash mahorati, irfoniy, tarixiy, epik timsollarning badiiy-gʻoyaviy vazifalari, ularning tarixiy-adabiy asarlar tarkibiga kirishida muarrix rolini ochib berish, mumtoz poetika an'analarining tarixiy-adabiy solnomalarga kirib kelishining asar badiiyatini yuksaltirish, uning ta'sir kuchini oshirishdagi omillarini ta'kidlash ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida “Firdavsu-l-iqbol” asarining Ogahiyga mansub qismi hamda muarrixning bevosita oʻzi tomonidan yaratilgan "Riyozu-d-davla", "Zubdatu-t-tavorix", “Jome'u-l-voqeoti sultoniy", "Gulshani davlat", "Shohidu-l-iqbol” asarlari olingan. Tadqiqotning predmeti esa Ogahiy tarixiy-adabiy asarlaridagi mumtoz saj'lanish holatlari, iqtiboslar, oʻxshatish va sifatlashlar, lirik janrlar va ularning badiiyati, vazni, qofiya masalalari tashkil etadi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ogahiy tarixnavislik uslubining muarrix tarixiy asarlarigacha boʻlgan manbalar bilan qiyosi ungacha boʻlgan turkiy tarixnavislik an'analarini qay darajada rivojlantirgani, oʻzigacha boʻlgan davrdagi muarrixlar ishini hech bir jihatdan aynan takrorlamagani, balki poetik takomilga yetkazgani dalillangan; "Firdavsu-l-iqbol", “Riyozu-d-davla”, “Zubdatu-t-tavorix” asarlari orqali ijodkor tarixiy-adabiy asarlari badiiyatini oshirgan sabablar ularni davrdosh asarlarga qiyoslash, muarrix maqsadini amalga oshirishga qay darajada xizmat qilishi, timsollar silsilasiga muarrix iste'dodi hamda shaxsiyatining noyob qirralarini namoyon qiluvchi bir tizim sifatida yondashilgani hamda ularning tarixiy-adabiy asarning jamiyat va davlat muammolari yechimidagi o'rni va badiiy-g'oyaviy vazifalari ochib berilgan; "Jome'u-l-voqeoti sultoniy", “Gulshani davlat", “Shohidu-l-iqbol” asarlari orqali tarixiy-adabiy asarlarda saj'ning mumtoz namunalari aniqlanib, bu san'atning o'quvchi zehniga hissiy-ruhiy ta'siri, badiiy vositalarning inson ma'naviy qiyofasini saqlab qolishdek muhim estetik vazifasi hamda muarrix va tarix ixlosmandi oʻrtasida ruhiy muloqotda maxsus vosita sifatidagi roli yoritilgan; Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalaridagi masnaviy, g'azal, qit'a, ruboiy, ta'rix, fard, marsiya, qasida, munojot kabi lirik janrlar ishtiroki tasodifiy boʻlmay, muayyan qonuniyatlar va tizim asosida voqelangani mazkur janrlarning badiiyati va g'oyaviy tahlil orqali asoslangan; Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalarida keltirilgan lirik janrlarning nazmiy asar mazmuni, mavzusi, koʻzlangan maqsadiga mos tarzda shakllangan vaznlari aniqlanib, she'rlarda aynan biror bahrning qoʻllanilish sabablari hamda qofiya san'atlari muarrix badiiy mahorati qirralarini namoyon qiluvchi jihat sifatida ochib berilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Tarixiy-adabiy asarlarining oʻziga xos xususiyatlari, undagi badiiy-tasviriy vositalarning asar gʻoyasini ochishdagi oʻrni va ahamiyati, asar poetikasida muhim o'rin tutgan barcha adabiy unsurlar, ijodkorning xos uslubi kabi qonuniyatlar haqida batafsil ma'lumot olish imkonini bergan hamda ilmiy nazariyalarning mukammallashuvi ta'minlangan; "Firdavsu-l-iqbol”, “Riyozu-d-davla", "Zubdatu-t-tavorix" asarlari orqali ijodkor tarixiy-adabiy asarlari badiiyatini oshirgan sabablar ularni davrdosh asarlarga qiyoslash, muarrix maqsadini amalga oshirishga qay darajada xizmat qilishi, timsollar silsilasiga muarrix iste'dodi ham shaxsiyatining noyob qirralarini namoyon qiluvchi bir tizim sifatida yondashilgani, ularning tarixiy-adabiy asarning jamiyat va davlat muammolari yechimidagi oʻrni hamda badiiy-gʻoyaviy vazifalari haqidagi xulosalardan Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamoat fondi eksponatlarini boyitishida foydalanilgan; “Jome'u-l-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat", “Shohidu-l-iqbol” asarlari orqali tarixiy-adabiy asarlarda saj'ning mumtoz namunalari aniqlanib, bu san'atning o'quvchi zehniga hissiy-ruhiy ta'siri, badiiy vositalarning inson ma'naviy qiyofasini saqlab qolishdek muhim estetik vazifasi hamda muarrix va tarix ixlosmandi oʻrtasida ruhiy muloqotda maxsus vosita sifatidagi rolini dalillovchi xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20- martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida