XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishi

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda XX asr oxirlarida yuz bergan siyosiy oʻzgarishlar etniklik muammosi va milliy munosabatlar masalalarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishning ortishiga sabab boʻldi. Yevropaning qator davlatlari, AQSh, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarning davriy nashrlarida milliy va etnik oʻzliklar muammolari bosh mavzulardan biriga aylandi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va YUNESKO tamonidan xalqlarning milliy tarixi va jahon davlatchilik tarixida oʻtroq va chorvadorlarning tutgan oʻrni, ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlaridagi ishtiroki va ular bilan bog'liq joy nomlarini oʻrganish boʻyicha yangi loyihalar ilgari surilmoqda. Sababi, aholining etnik tarkibini bilish ko'p millatli davlatlarda samarali siyosatni ishlab chiqishda, etnik muammolar, etnonimlar boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar mintaqaviy siyosat, boshqaruv va madaniy xilma-xillikni saqlash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilishda dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
  • Dissertatsiyaning asosiy mazmuni: Dissertatsiyaning Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslanib, tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, oʻrganilganlik darajasi ochib berilgan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda uning obyekti va predmeti belgilab olingan. Ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, ularning tarix fani uchun nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, ishning
  • Xulosa: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisining etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishi tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Jizzax vohasi aholisining etnik tarkibini o'ganishda toponimik materiallardan tarixiy manba, asos sifatida foydalanish tajribalarini tarixshunoslik jihatdan tadqiq etilishi, tarix, jugʻrofiya, tilshunoslik, etnologiya, arxeologiya kabi turli fan sohalari yutuqlari, tadqiqot metodlari qo'llanilgan tadqiqotlarning oʻrganilishi mavzuni fanlararo yondashuv asosida tadqiq etish samarali ekanligini koʻrsatdi. Bu davrda Jizzax vohasi hududida aholining tarkibi vohaga kirib kelgan yangi etnoslar xisobiga koʻpayganligini koʻramiz.(1897-1926-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarida bu yaqqol ko'rinadi). Jizzax vohasida oʻzbek va tojiklar asosan oʻtroq aholi boʻlib, shahar va qishloqlarda yashagan boʻlsalar, qirgʻiz, qozoq, turkman va “oʻzbek turklari