Курилиш материаллари ва грунтшунослик

Ushbu kitob qurilish materiallari va zaminshunoslik fanlariga bag'ishlangan. Unda qurilish materiallarining turlari, xossalari, zamin turlari, ularning fizikaviy xususiyatlari, muhandislik inshootlarida qo'llaniladigan materiallar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob qurilish sohasida ta'lim olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qurilish materiallarining turlari va asosiy xossalari: Qurilish materiallarining ahamiyati, turlari (tabiiy tosh materiallari, sopol materiallar, bog'lovchi moddalar, metallar, yog'och materiallar, polimer materiallar, betonlar va temir-beton, kuydirilmasdan olinadigan sun'iy tosh materiallar, pardozlash materiallari, suv o'tkazmaydigan materiallar, issiqlik o'tkazmaydigan materiallar), fizik xossalari (haqiqiy va o'rtacha zichligi, g'ovakligi), mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi, ishqalanishga qarshiligi, plastiklik va mo'rtlik), suv va sovuqqa ta'siri bilan bog'liq xossalari (namlik, suv shimuvchanlik va gigroskopiklik, suv o'tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik).
  • Tabiiy tosh materiallar: Tog' jinslari haqida ma'lumot, tog' jinslarining turlari (magmatik, cho'kindi, metamorfik), tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari. Tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari, ishlatilish sohalari.
  • Sopol materiallar: Sopol materiallar va ularning turlari, sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish, devorbop sopol materiallar va buyumlar, qoplama sopol materiallar.
  • Mineral bog'lovchi moddalar: Mineral bog'lovchi moddalar haqida umumiy ma'lumotlar, mineral bog'lovchi moddalarning turlari, havoda qotadigan bog'lovchilar (ohak, gips), gidravlik bog'lovchilar (portlandsement).
  • Betonlar: Beton haqida tushuncha, uning turlari (og'ir beton, yengil beton), betonning asosiy xossalari (mustahkamligi, zichligi, suv o'tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi), beton qorishmasini tayyorlash, tashish va yotqizish.
  • Temir-beton buyumlar: Temir-beton to'g'risida qisqacha ma'lumot, temir-beton buyumlari tasnifi, temir-beton buyumlar tayyorlash, temir-beton buyomlarini qabul qilib olish, tashish va saqlash qoidalari.
  • Organik bog'lovchi moddalar hamda ular asosida tayyorlanadigan materiallar: Bitumli bog'lovchilar, qatronli bog'lovchilar, asfalt va qatron qorishmalari va betonlar, tom yopish o'ramli materiallar, gidroizolyatsiya materiallari.
  • Qurilishda ishlatiladigan metallar: Qurilishda ishlatiladigan metallar va ularning klassifikasiyasi, quyma cho'yan, po'latning turlari va hossalari, rangli metallar va ularning qotishmalari, metallarni korroziya va olovdan himoyalash.
  • Gruntlarning kelib chiqishi tarkibi struktursi va fizik kursatkichlari: Gruntlarning hosil bulish jarayoni. Donadorlik tarkibi. Mineral tarkibi. Gruntlarning strukturasi va ichki boglanishlari, gruntlarning fizik kursatkichlari (zichligi, namligi, g'ovaklik va g'ovaklik koeffitsiyenti).
  • Gruntlardagi suvlar ularning turlari: Gruntlardagi suv turlari va ularning klassifikasiyasi, kattik holatdagi suv va bug'simon suv, paradasimon va erkin suv.
  • Gruntlarning siljishiga karshiligi: Gruntlarning siljishiga karshiligini fizik moxiyati va uni baholash. Gruntlardagi boglanish turlari va boglanish kuchi. Gruntlarning siljishiga (kirkilishga) karshiligiga tasir etuvchi omillar