“Gil-barxan qumi” sistemasida keramik koshinlarning qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlari

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengashining 28 may 2025 yil soat 14:00 dagi majlisida umumiy va noorganik kimyo instituti

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Dunyoda oxirgi vaqtlarda yangi va istiqbolli xomashyo resurslar asosida keramik materiallar ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanib arzon tannarxli mahsulot ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratilmoqda. Keramik materiallarning zaruriy texnologik xossalarining oʻzgarishi xomashyo komponentlari pishishidagi qattiq fazali fizik-kimyoviy va fazaviy oʻtish jarayonlariga funksional bogʻliq boʻladi. Chunki, keramik sopolakda mexanik mustahkam va zich struktura hosil boʻlishini ta’minlovchi alyumosilikat minerallari kristall fazalarini shakllanishining, hamda gilsimon va toshsimon xomashyo komponentlarining yuqori haroratdagi oʻzaro kimyoviy reaksiyalarning jadallashuviga qattiq fazali sintez jarayoni asosiy ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun, kam sonli xomashyo komponentlariga ega va energiyatejamkor yangi keramik omuxta tarkiblarni loyihalashtirish, hamda ularning qattiq fazali sintez natijasidagi pishish jarayonini aniqlashga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon miqiyosida hozirgi kunda, qurilish maqsadlaridagi butlovchi keramik materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalar asosida energiya tejamkor tarkiblarini yaratish uchun qattiq fazali sintez, pishishi, fazaviy oʻtishlarining fizik-kimyoviy jarayonlarini tadqiq etish boʻyicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, yuqori haroratda alyumosilikat sistemasini tashkil qiluvchi komponentlarning qattiq fazali sintezi va pishishining fizik-kimyoviy jarayonlarini tadqiq etish, aralashma komponentlarining murakkab fazaviy oʻtishi natijasida kvars, mullit, anortit minerallarining yangi kristall faza strukturalarining shakllanishini asoslash, “tarkib-struktura-xossa
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliqligi.: Mazkur tadqiqot respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning VII. "Kimyo texnologiyalari va nanotexnologiyalar” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq holda bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi.: Chop etilgan adabiyot manbalarida, qattiq fazali sintez va pishish jarayonlariga, gilsimon va toshsimon xomashyo va ikkilamchi resurslari asosida keramik kmoshin tarkibi va olish texnologiyalarini ishlab chiqish, hamda ularning fizik-mexanik va texnologik xossalarini yaxshilash muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar keng yoritilgan. Bu borada, dunyo yetakchi olimlari Maslennikova G.N., Vereshagin V.I., Shukina L.P., Levitskiy I.A., Poznyak A.I., Lukin E.S., Zaxarov A.I, Rishenko M.I., Seabra M.P., Labrincha J.A., Ferrer S., Popova L.D., Lisachuk V.G., Abdraximov E.S., Shepochkina Yu.A., Dyatlova E.M., Tonello G., Lin Kae-Long, Baranseva S.E., Moroz I.X. va boshqalar keramik koshin olish texnologiyasi boʻyicha keng qamrovli va muhim natijalarga erishgan. Mamlakatimiz olimlari Tadjiyev F.X., Sirajiddinov N.A., Azimov I.A., Ismatov A.A., Ismailov A.X., Irkaxodjayeva A.P., Eminov A.M., Abdullayeva R.I., Qodirova Z.R., Sabirov Β.Τ., Tairov S.S. va boshqalar mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida xossalari yaxshilangan keramik koshin sintezi va olinishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan va keramik materiallar, keramik koshinlar texnologiyasini rivojiga oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshganlar. Hozirgi kungacha olib borilgan tadqiqotlarda ijobiy natijalarga erishilganna qaramay, iqtisodiy jihatlarni hisobga olgan holdagi energiya tejamkor ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanib, mahalliy xomashyo, Quyi Amudaryo hududi resurslari asosida, talab darajasidagi keramik koshin olish boʻyicha ishonchli va ilmiy asoslangan ma'lumotlar mavjud emas.
  • Tadqiqotning dissertatsiya bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi.: Dissertatsiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining ilmiy tadqiqot ishlarining rejasiga muvofiq “Qurilish va texnik maqsadlarda silikat va funksional materiallar ishlab chiqarish uchun energiya va resurslarni tejovchi kompozitsiyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish" (2020-2023 yy.) budjet mavzusi doirasida bajarilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: “gil-barxan qumi" sistemasida keramik koshinning qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlarini aniqlashdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari:: Kulatau koni gilining kimyo-mineralogik tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish; Kulatau koni gilining texnologik xossalarini va kuydirishdagi pishish jarayonlarini oʻrganish; Tuproqqal'a massivi barxan qumining kimyo-mineralogik tarkibi va boshqa sifat hususiyatlarini oʻrganish; "gil-barxan qumi" ikkilamchi sistemasi asosida energiya tejamkor tarkibli keramik koshinning qattiq fazali sintezi va “tarkib-struktura-xossa" funksional bog'liqlik qonuniyatlarini kuydirish haroratiga bog'liqliklarini aniqlash; keramik koshin pishish jarayoniga, struktura hosil qilishiga, fazaviy tarkibiga va fizik-mexanik xossalariga massa komponentlarining ta'sirini tadqiq etish, hamda ularni olishning texnologik rejimlarini ishlab chiqish; ikkilamchi sistema asosida ishlab chiqilgan keramik koshin namunasini tajriba-ishlab chiqarishda sinash, iqtisodiy samaradorlik hisobini olib borish va amalda foydalanishga tavsiya etish.
  • Tadqiqotning ob'ekti: Kulatau koni montmorillonit - gidroslyudali gili va Tuproqqal'a massivi barxan qumi va ular asosida olingan keramik koshinning tajriba namunalari olingan.
  • Tadqiqotning predmeti: qattiq fazali sintez va pishish jarayonlarini keramik materiallar fizik-kimyoviy xossalariga va struktura hosil qilishiga, massa komponentlarining ta'sirini tadqiq etish, hamda laboratoriya tadqiqotini bajarish va ishlab chiqarishda sinash yo'li bilan ularning maqbul tarkiblari va pishishining texnologik rejimlarini aniqlashdan iborat.
  • Tadqiqot usullari.: Dissertatsiyada fizik-kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari (rentgenfazaviy, differensial-termik, rastr elektron mikroskopik, rentgenofluoressent) va keramika texnologiyasining an'anaviy tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kulatau koni gilining kimyoviy-mineralogik tarkibi boʻyicha gidroslyudali montmorillonit xomashyosiga o'xshashligi aniqlangan va past haroratda pishadigan keramik massa olishda flyus sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan; Kulatau gili tarkibidagi gidroslyuda va montmorillonit minerallari keramik massada kristall va suyuq faza hosil boʻlish jarayonlarining jadallashishiga ta'siri, hamda kuydirish haroratini pasayishiga olib kelishi asoslangan; Tuproqqal'a massivi barxan qumi mineralogik tarkibi boʻyicha dala shpatli kvars qumiga o'xshash boʻlib, 30 mas.% miqdorda anortitni namoyon etuvchi nozik maydalangan dala shpatiga ega boʻlgan dala shpatili kvars qumi guruhiga mos keladi. Bunga bogʻliq ravishda undan dala shpatili kvars komponenti sifatida keramik koshin tarkibida foydalanilganligi, sababli, ushbu jinsdan turli maqsadlardagi keramik materiallar ishlab chiqarishda zaruriy xomashyo hisoblanishini koʻrsatadi. Oddiy kvars qumi bilan solishtirganda Tuproqqal'a massivi barxan qumining kimyoviy tarkibida SiO2 miqdori kam va makroskopik ko'rinishida temir gidroksidlari hisobiga sariqroq-kulrangga ega boʻlgan holda mayda zarrachali sochuvchan material boʻlib hisoblanadi. Temir gidrooksidi aralashmasi qumning yuzasida yupqa parda holatida boʻlib, kuydirilgandan soʻng qumni qizil rangga boʻyaydi, bunda kalsitning sochuvchan minerali kuydirilgandan so'ng oq nuqtalar ko'rinishida boʻladi. Ushbu qum massivi eol davridagi qayta ishlanishi hisobiga yaxshi ajratilgan. Kulatau gili namunasining morfologik strukturasi rastr elektron mikroskop yordamida oʻrganilgan va uning mikrofotosi 1-rasmda kenltirilgan. Gilning mikrostrukturasida zarrachalari turli qavatli teksturaga ega tartibsiz joylashgan zarrachaga ega illit, gidromuskovit va montmorillonit minerallari miqdorlari uchraydi. Bunda nisbatan yirik (20-25 mkm gacha) va mayda (1-2 mkm) oʻlchamdagi zarrachalar ham aniqlangan. Gilning mineralogik tarkibini rentgenfazaviy tahlil usulida tadqiq etilgan (2a-rasm). Kulatau koni gil namunasining rentgenogrammasida quyidagi minerallarga mos kelgan difraksiya maksimumlari: muskovit d=0,256; 0,212; 0,181; 0,137 nm, gidromuskovit d=0,199; 0,138; 0,129 nm, illit d=0,446; 0,256 nm, seritsit d=0,245; 0,223; 0,199 nm, gidrobiotit d=0,166; 0,153 nm, kvarts d=0,424; 0,334; 0,245; 0,228; 0,223; 0,212; 0,197; 0,154 nm, montmorillonit d=0,345; 0,257; 0,255; 0,165; 0,149; 0,138; 0,128 nm, glaukonit d=0,197; 0,181; 0,165; 0,153; 0,137; 0,128; 0,125 nm, kaolinit d=0,714; 0,446; 0,228 nm, hamda dala shpati va temirli minerallarning aralashmalari ham kuzatilgan. Na rentgenogrammasi obrazca (26) Tuprakkallinskogo barxannogo peska obnaruzheny diffraktsionnyye linii, otnosqashchiyesya k mineralam kvarsa s mezhploskostnymi rasstoyaniyami d=0,424; 0,334; 0,245; 0,228; 0,212; 0,181; 0,138; 0,137 nm, anortita d=0,318; 0,182; 0,154; 0,138 nm, al'bita =0,334; 0,245; 0,138; 0,137 nm, ortoklasa d=0,318; 0,213; 0,182; 0,137 nm i getita d=0,336; 0,245 nm. Na krivykh TG i HDSC (ris.3) Kulatauskoy gliny, fiksiruyushchikh poteri vesya i kolichestva energii v protsesse nagreva, nablyudayutsya tri perioda. Sil'nyy period pri temperature 140°S, kharakterizuetsya nalichiyem endoeffekta i svyazana s protsessom udaleniya poteri giroskopichoskoy i mezhsloevoy vody. Vtoroy period v temperaturnom intervale 400-610°S s maksimumom 490°S, kharakterizuetsya nalichiyem endoeffekta, svidetel'stvuyushchego o razlozhenii kristallicheskoy reshetki glinistykh mineralov s vydeleniyem gidroksil'nykh grupp. Ekzotermicheskiy effekt pri 900-950°S svyazana s intensivnymi protsessami obrazovaniya novykh kristallicheskikh faz, v osnovnom melkokristallicheskogo mullita. Rezul'taty opredeleniya osnovnykh fiziko-mekhanicheskikh svoystv obozhzhennogo obraztsa Kulatauskoy gliny (ris.4) pokazyvaet, chto po mere rosta temperatury obzhiga ot 850°S do 950°S nablyudaetsya intensivnyy rost obshchey vsadki, ob'emnoy massy i mekhanicheskoy prochnosti pri szhatie obraztsov, a znachenie vodopogloshchenie snizhaetsya.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Respublikada ishlab chiqarilayotgan keramik koshin bilan solishtirilganda, 50-100 °C past haroratda pishadigan keramik koshin tarkibini ishlab chiqish va olish uchun Kulatau gili va Tuproqqal'a barxan qumlaridan foydalanish imkoniyatlari asoslangan; "Kulatau gili-Tuproqqal'a barxan qumi" kompozitsiyasi asosida, kuydirishning nisbatan past haroratlarida zaruriy fizik-mexanik va texnologik xossalarga ega boʻlgan keramik koshinning energiya tejamkor tarkiblari ishlab chiqilgan; yangi retseptura tarkibi asosidagi massadan olingan keramik koshin namunalarini ishlab chiqarish sharoitida tajriba sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan aprobatsiya qilingan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: dissertatsiya ishida fizik-kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari va keramik materiallar texnologiyasining an'anaviy tadqiqot usullaridan foydalanilgani, tegishli standart talablariga mos ravishda bajarilganligi, hamda tajriba-ishlab chiqarish sinovlari bilan tasdiqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “gil-barxan qumi" ikkilamchi sistemasi asosidagi keramik massani qattiq fazali pishishi oqibatida yangi kristall fazalarining shakllanishi, keramik koshinning asosiy fizik-mexanik va texnologik ko'rsatkichlarining oʻzgarishi, ularning tarkibi, xomashyo komponentlarining strukturasi pishishdagi fizik-kimyoviy jarayonlariga funksional bogʻliqlikligi aniqlangan, hamda keramik koshin namunalarini tajriba sanoatida sinovdan oʻtkazilganligi bilan tasdiqlangan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Respublika xomashyo bazasini kengaytirish, Quyi Amudaryo hududida keramik materiallar ishlab chiqarishning iqtisodiy darajasini oshirishga olib keluvchi “gil-barxan qumi" sistemasi asosida talab darajasidagi keramik koshinning energiya tejamkor tarkiblari va past haroratli olish texnologiyasi ishlab chiqishga, hamda xomashyo bazasini kengaytirishni ta'minlashga ma'lumotnoma sifatida xizmat qiladi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.: “Gil-barxan qumi” sistemasi asosidagi keramik koshin namunalarining qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlarini tadqiq etish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: mahalliy komponentlar asosida keramik koshin uchun ishlab chiqilgan tarkibdagi massaning qattiq fazali sintezi va pishishining fizik-kimyoviy jarayonlari “Qurilish va texnik maqsadlarda silikat va funksional materiallar ishlab chiqarish uchun energiya va resurslarni tejovchi kompozitsiyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish" (2020-2023 yy.) budjet mavzusi boʻyicha tadqiqotlarni bajarishda qoʻllanma material sifatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 28 maydagi 4/1255-1147 sonli ma'lumotnomasi). Natijada, past xaroratda keramik koshinlar olishda qattiq fazali sintez va pishish jarayonlari ilmiy asoslangan, fundamental ma'lumotlar olish imkonini bergan; "Kulatau gili-Tuproqqal'a barxan qumi" kompozitsiyasi asosida ishlab chiqilgan keramik koshin tarkibi “ART GLOSS GALLERY” QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish boʻyicha istiqbolli ishlanmalar ro'yhati”ga kiritilgan ("ART GLOSS GALLERY" QKning 2022 yil 23 maydagi 23/2022-4-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, past haroratda pishadigan keramik koshishning talab darajasidagi tarkibini olish imkonini bergan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.: Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta halqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi.: Dissertatsiya mavzuci boʻyicha jami 14 ta ilmiy ish chop etilgan. Jumladan 6 ta ilmiy maqola, shulardan 2 tasi respublika va 4 tasi xorijiy Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya qilingan jurnallarda chop etilgan.
  • Dissertatsiya tuzilishi va hajmi.: Dissertatsiya tarkibi kirish, to'rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 120 betni tashkil qilgan.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida oʻtkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob'ekti va predmetlari tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining ustivor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Keramik materiallarning xomashyo resurslari va olish texnologiyasi tadqiqining zamonaviy holati va ularni rivojlantirish istiqbollari. Qattiq fazali pishish va keramika strukturasini hosil boʻlishi" deb nomlangan birinchi bobida xomashyo komponentlarini tanlash masalalari va tarkiblarni ishlab chiqish, silikat materiallar ishlab chiqarishda barxan qumlarini qo'llash istiqbollari, hamda keramik koshinning texnologik xossalariga komponentlarning ta'sirini tadqiq etish boʻyicha zamonaviy ilmiy-texnik adabiyotlarda chop etilgan ishlarning tahlil va muhokamalarining natijalari keltirilgan. Ushbu yo'nalishda, erishilgan yutuqlar qatorida ularning tarkibi va olish texnologiyalarini ishlab chiqish uchun noan'anaviy xomashyolarni maqsadli yo'naltirilgan tadqiqotlarga bog'liq boʻlgan muammolar mavjudligi koʻrsatilgan. Turli maqsadlardagi keramik koshinlarni olish texnologiyalari, hamda qattiq fazali pishishning fizik-kimyoviy jarayonlari va boshlang'ich komponentlarni kuydirishda keramik sopolakning struktura hosil boʻlishi boʻyicha ma'lumotlar muhokama qilingan. Nashr etilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish va muhokama qilish asosida ushbu tadqiqotning maqsad va vazifalari shakllantirilgan.
  • XULOSA: 1. Boshlang'ich komponentlarni kuydirishda qattiq fazali pishishning yuqori haroratli jarayonlari va sopolak strukturasining hosil boʻlishi, hamda turli maqsadlardagi keramik koshinlar olishda xomashyo resurslari va sanoat chiqindilaridan foydalanish masalalari boʻyicha mavjud chop etilgan ishlar umumlashtirilgan. 2. Quyi Amudaryo hududi xomashyolari, jumladan, Kulatau koni gili va Tuproqqal'a massivi barxan qumlarining, hamda ular asosidagi tajriba namunalarining kimyoviy-mineralogik, granulometrik tarkiblari, fizik-kimyoviy hususiyatlari fizik-kimyoviy tahlil va keramika texnologiyasi usullaridan foydalanib oʻrganilgan. 3. Gillarni sinflanishi boʻyicha Kulatau gili gidroslyudali-montmorillonit turiga mos kelishi sababli undan keramik massa tayyorlashda, tez pishuvchi, yengil eruvchan qimmatbaho gil sifatida foydalanish mumkinligi, sababli, keramik koshin ishlab chiqarish uchun istiqbolli xomashyo ekanligi aniqlangan. 4. Tuproqqal'a massivi barxan qumi sinflanishi boʻyicha dala shpatili kvars qumi guruhiga tegishli boʻlganligi sababli, keramik koshin tarkibida qimmatbaho dala shpati oʻrniga foydalanish mumkinligi koʻrsatilgan. Bundan tashqari, u 950°C haroratdan yuqorida massadagi shisha fazaning miqdorini koʻpayishiga, hamda tajriba namunalarining umumiy qisqarishining kamayishiga va pishish oralig'ining uzayishiga olib kelgan. 5. "Kulatau gil-Tuproqqal'a barxan qumi” ikkilamchi sistemasining fizik-kimyoviy hususiyatlari tadqiq etilgan, erish va fazalar nisbat diagrammasi qurilgan. Sintez qilingan keramik koshinning fazaviy tarkibi, asosan mullit, gematit, anortit, temirli shpinel, tridimit va shisha fazadan tarkib topganligi aniqlangan. 6. "Gil-barxan qumi" ikkilamchi sistemasida bir qator konsentratsion tarkiblar ishlab chiqilgan va maqbul tarkiblar M-7 va M-9 namunalari tanlab olingan va M-ZM ishlab chiqarishdagi etalon massa bilan taqqoslaganda, keramik koshin kuydirish haroratini 50-100°C ga pasaytirishga erishilgan. Maqbul massadan olingan tajriba namunalari, nisbatan zichroq strukturaga, yangi hosil boʻlishlar darajasining ko'pligiga va buning natijasida yuqori fizik-mexanik xossalarga ega boʻlganligi sababli, etalon massaga qaraganda farq qiladi. 7. Namligi 8% va bosimi 30 MPa boʻlgan massadan shakllangan namunalarning zichlashish darajasi va texnologik koʻrsatkichlari maksimum qiymatiga erishishi ko'rsatilgan. Ishlab chiqilgan M-7 tarkibidan 1000°C va 1050°C haroratlarda mos ravishda glazurlanmagan tashqi pardoz va pol uchun koshin olish mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, M-9 maqbul tarkibidan 1000°C va 1050°C larda glazurlangan ichki va tashqi pardozbop koshin olish mumkinligi koʻrsatilgan. 8. Olingan natijalar ishlab chiqarishdagi tajribada sinov yoʻli bilan aprobatsiyadan oʻtkazilgan. Sintez qilingan pardozbop, fasad va pol uchun koshinlarning koʻrsatkichlari, amaldagi qoʻyilgan standart talablarga toʻla mos kelishi aniqlangan. Taklif etilayotgan M-7 va M-9 tarkiblarini joriy etishdagi kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik “ART GLOSS GALLERY” QK sharoitida mos ravishda yiliga 529 va 536 mln soʻm atrofini tashkil etgan. 9. Olingan ilmiy natijalar, keramik koshin olishdagi qattiq fazali sintez va xossalarni, fazaviy oʻtish jarayonlarini tadqiq etish, qoʻllanma material sifatida foydalanish mumkinligi, hamda xomashyo bazasini kengaytirishga va yoqilg'i-energiya resurslarini tejashga olib kelishi koʻrsatilgan.