Geofazoviy texnologiyalar asosida Xorazm vohasi ekologik xavfsizligini tabiiy geografik baholash (Oʻzbekiston qismida)

Ushbu dissertatsiya ishi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • GEOFAZOVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA XORAZM VOHASI EKOLOGIK XAVFSIZLIGINI TABIIY GEOGRAFIK BAHOLASH: Ushbu bobda geofazoviy texnologiyalar va ularning tasniflanishi, ekologik xavfsizlik tushunchasi, masalaning ilmiy-nazariy jihatlari keng yoritilgan. Geofazoviy texnologiyalar yordamida ekologik xavfsizlikni tabiiy geografik jihatdan baholashning umumiy metodologiyasi taklif qilingan.
  • Xorazm vohasi Oʻzbekiston qismida ekologik xavfsizlikka ta'sir etuvchi qurgʻoqchilikni geofazoviy texnologiyalar asosida baholash: Ushbu bobda qurg'oqchilik va uning shakllanishi, turlari hamda hududiy xususiyatlari turli xil manbalar asosida tahlil qilingan. Qurg'oqchilikni tadqiq qilishning geofazoviy texnologiyalarga asoslangan metodologiyalari oʻrganilgan va Xorazm vohasi uchun alohida metodologiya ishlab chiqilgan.
  • Xorazm vohasi Oʻzbekiston qismida ekologik xavfsizlikka ta'sir etuvchi chang-tuz boʻronlari va choʻllashish jarayonlarini geofazoviy texnologiyalar asosida baholash: Ushbu bobda chang-tuz boʻronlari va choʻllashishni geofazoviy texnologiyalar asosida baholash metodologiyalari, xavfsizlikka ta'sirini baholash natijalari va moslashishning geoekologik chora-tadbirlari keltirilgan.
  • Xorazm vohasi Oʻzbekiston qismida ekologik xavfsizlikka ta'sir etuvchi tabiiy geografik omillarni geofazoviy texnologiyalar asosida kompleks baholash: Ushbu bobda vohada ekologik xavfsizlikka ta'sir etuvchi tabiiy geografik omillarni geofazoviy texnologiyalar asosida baholash metodologiyasi, ekologik xavfsizlikka ta'sir etuvchi tabiiy geografik omillarni geofazoviy texnologiyalar asosida kompleks baholash natijalari yetarlicha ilmiy asoslab berilgan.