«GINEKOLOGIYA FANIDAN O‘QUV QO‘LLANMA» (bakalavriat talabalari uchun)

Mazkur o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, internlar hamda ginekologiya sohasi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni istagan yosh shifokorlar uchun uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan. Unda zamonaviy ilmiy ma’lumotlar, klinik tavsiyalar va kundalik tibbiy amaliyotda qo‘llaniladigan amaliy yondashuvlar asos qilib olingan. Qo‘llanma ayollar salomatligining asosiy jihatlarini qamrab oladi — xususan, hayz davrining fiziologiyasi va patologiyasi, uning gormonal boshqaruv mexanizmlari hamda eng ko‘p uchraydigan funksional buzilishlar bayon etilgan. Shuningdek, ginekologik amaliyotda qo‘llaniladigan tekshiruv usullari — klinik, laborator va instrumental yondashuvlar ham keng yoritilgan bo‘lib, o‘quvchiga tashxislash jarayoni haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Qo‘llanmada ko‘p uchraydigan turli ginekologik kasalliklar, ularning sabablari, diagnostikasi va davolash usullari batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Normal hayz sikli va uning regulyatsiyasi: Menstrual siklning fiziologik xususiyatlari, siklning regulyatsiyasi, gipotalamus, gipofiz va tuxumdonlar rolini o‘rganish.
  • Menstrual sikl buzilishlari: Amenoreya (birlamchi va ikkilamchi), gipomenstrual sindrom, ularning sabablari, klinik belgilari va davolash usullari.
  • Bachadondan anomal qon ketishi: Bachadondan anomal qon ketishlar (BAQK)ning sabablari, klassifikatsiyasi, klinik ko‘rinishlari va davolash usullari.
  • Homiladorlikning birinchi yarmidagi qon ketishlar: Homiladorlik bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan qon ketishlar, ularning sabablari va diagnostikasi.
  • Nospesifik etiologiyali ayollar jinsiy a’zolari yallig‘lanish kasalliklari: Vulvit, Bartolinit, Kolpit, Servitsit kasalliklarining sabablari, klinik ko‘rinishlari va davolash usullari.
  • Spetsifik etiologiyali ayollar jinsiy a’zolari yallig‘lanish kasalliklari: Gonoreya, Trixomoniaz, Xlamidioz, Genital gerpes, Kandidoz kasalliklarining sabablari, diagnostikasi va davolash usullari.
  • Tuxumdon miomasi: Bachadon miomasining ta’rifi, etologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishlari va davolash usullari.
  • Tuxumdonlarning o‘smalari: Tuxumdon o‘smalarining klassifikatsiyasi, yaxshi va yomon sifatli o‘smalar, o‘smaga o‘xshash jarayonlar.
  • Ayol jinsiy a’zolarining rivojlanish anomaliyalari va noto‘g‘ri joylashuvi: Rivojlanish anomaliyalari va noto‘g‘ri joylashuvlarning klassifikatsiyasi, klinik ko‘rinishlari va davolash usullari.