Cholg'u ijrochiligi va ansambl
Ushbu o'quv qo'llanma "Cholg'u ijrochiligi va ansambli" fanining bir necha boblarini o'z ichiga olgan bo'lib, unda umumta'lim maktablarida "Musiqa madaniyati" darsining oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalari, o'qitish metodlari, davlat ta'lim standarti qo'ygan talablar, darslami yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish yo'llari va sinflar bo'yicha dars ishlanmalaridan namunalar taqdim etilgan. O'quv qo'llanmada taqdim qilingan cholg'u ijrochiligi bo'yicha berilgan ma'lumotlar, asar notalari va dars ishlanmalari albatta shunday bo'lishi kerakligi chuqur o'rganilgan. O'quv qo'llanma OTM Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari va maktab musiqa fani o'qituvchilariga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Musiqiy tovushlar bilan tanishuv: Musiqada 7 ta asosiy tovushlar bo'lib, ular - "do, re, mi, fa, sol, lya, si" deb nomlanadi. Tovushlarni yozishda beshta chiziqdan foydalaniladi, ular «nota yo'li» deb nomlanadi.
- Musiqiy kalitlar: Musiqada musiqiy kalit maxsus belgi bo'lib, u nota chiziqlarining biriga qo'yiladi, hamda muayyan balandlikdagi tovushlarni o'rnini aniqlaydi.
- Notalarning cho'zimi: Butun nota 4i ga sanaladi, Yarim nota 2iga sanaladi, Chorak nota li ga sanaladi, Nimchorak nota 1 yoki i ga sanaladi.
- Takt va takt chizig'i: Siz biladigan she'rlardagi kabi musiqada ham kuchli, ya'ni urg'uli tovushlar bo'ladi. Nota yo'lida yozilgan ana shu urg'uli tovushlar oralig'idagi kuy bo'lagi - takt debataladi.
- Pauzalar: Qo'shiq yoki kuyning biron yerida tovushlaming to'xtashi yoki tanaffus qilinishi zarur bo'lsa, maxsus musiqiy belgilardan foydalaniladi. Bunday belgilar - pauza deb ataladi.
- Musiqaning ifoda vositalari: Ritm (usul) - musiqiy tovushlarni muayyan vaqt davomida kelish aytamiz. Metr (vazn) - ritmning o'lchov vositasiga kiradi. Ohang (melodiya) - kuyning eng kichik ifodali bo'lagi bo'lib, bir necha ketma-ket olingantovushlardan hosil bo'ladi.
- Temp (sur'at): Musiqa asarining ijro etilish sur'atiga - temp deb ataladi. Templar asosan uch xil ko'rinishda bo'ladi: oir templar, o'rtacha templar va tez templar.
- Dinamik belgilar: Musiqa asarini ijrosi yoqimli bo'lishi yoki biror musiqiy obraz ta'sirini boyitib, tinglovchilarga eshittirish, tovushni qanday kengaytirilishini ko'rsatish uchun musiqada maxsus belgilar qo'llaniladi.
- TORLI-URMA CHOLG’ULAR: Surnay o’zbek va tojik xalqlarining qadimiy yog'och damli cholg'usi. Qo'shnay-qadimiy damli cholg'udir.
- MEZROBLI CHOLG’ULAR: Rubob Osiyoning ayrim xalqlari o'zbeklar, tojiklar o’rtasida qadimdan keng tarqalgan torli-tinama cholg'udir. Chang - Osiyoning ayrim xalqlari o'zbeklar, tojiklar o'rtasida qadimdan keng tarqalgan torli-tinama cholg'u.
- URMA ZARBLI CHOLG’ULAR: O'zbek musqasida urma-zarbli cholg'ularga katfa o'rin ajratilgan. Bular: doira, nog'ora, safoil, qayroq va boshqalar. Doira - o'zbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan, tovush balandligi noaniq urma cholg'udir. Nog'ora qadimiy urma-zarbli cholg'u. Safoil - O'zbekiston, Tojikiston va Xitoyda keng tarqalgan shiqildoq tuzilishidagi zarbli cholg'udir. Qayroq - Markaziy osiyo xalqlari orasida tarqalgan urma-zarbli cholg'udir.
- TORLI KAMONLI CHOLG’ULAR: G'ijjak O'rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan torli kamonli cholg'udir. G'ijjak-bas qozoq xalqining musiqa madaniyatida o'rin tutgan qobuz cholg'usi asosida yasalgan.
- MILLIY MUSIQAMIZGA HISSASINIQO’SHGANUSTOZSAN'ATKORLAR: Viktor Uspenskiy, Muhammadjon Mirzayev, G'anijon Toshmatov, Komiljon Jabborov, Faxriddin Sodiqov, Saidjon Kalonov, Mutal Burxanov, Komiljon Otaniyozov, Nurilla Zokirov, Mirsodiq Tojiyev, Sulaymon Yudakov kabi milliy musiqamizga hissa qo'shgan o'zbek san'atkorlari va bastakorlar haqida ma'lumot.