Axborot xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi axborot xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni oʻqitishning zamonaviy usullari, innovatsion texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar tahlil qilinib, talabalarda kiberetika madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi model taklif etiladi. Tadqiqotda zamonaviy axborot tahdidlariga qarshi kurashish bo'yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mobil ilova va onlayn platformalar yordamida oʻquv jarayonini yanada samarali tashkil etish usullari koʻrib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kiberxavfsizlikning ilmiy-nazariy va metodik asoslari: Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari, oʻziga xos differensial xususiyatlari mohiyati, axborot xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning metodik taʼminoti tavsifi. Jahon va respublika tadqiqotlarining tahlili asosida mazkur fan mazmunini takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy mulohazalar bayon etiladi.
  • Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirishning konseptual mazmuni: Axborot xurujlari davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirishda kiberxavfsizlik terminlarining konseptual asoslari va ularning amaliy tatbigʻi, kompyuter maʼlumotlaridan foydalanishda shaxsiy-kasbiy, kreativ-mantiqiy, individual kasbiy rivojlanish, psixologik oʻsish qobiliyatlarini oʻqitishning bosh maqsadi sanaladi. Talaba yoshlarda axborot etikasiga asoslangan, jamiyat, inson uchun foydali, axborot bilan ishlashda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini inobatga olish, intellektual mulk obyektlariga tahdid qilmaslik, milliy ma'naviy merosni saqlash, ma'naviy-insoniy an'analarni rivojlantirish, axloq-odob meyorlarini targʻib qilish, huquqiy aksiologik bilimlarni oʻstirish singdirilishi dolzarb mazmun kasb etadi.
  • “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirish modellari va natijalari: Axborot xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini oʻqitishning dasturiy-metodik taʼminotini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va amaliyotga joriy etilishi boʻyicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalarining samaradorligini oshirish maqsadida mobil ilova va onlayn platformalar joriy etiladi.