Pekin karami (brassica rapa subsp. pekinensis.l)ning abιοτικ omillarga bardoshli, qimmatli xo'jalik belgilariga ega navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish
Ushbu tadqiqot ishi O‘zbekiston sharoitida pekin karamining "Yog'du" nomli yangi navini yaratish, uni hav, abiotik omillarga chidamliligini oshirish va yuqori, sifatli hosil olish hamda ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida amalga oshirilgan. Tadqiqotda dunyo kolleksiyasidagi pekin karamining 17 ta nav namunalarining morfobiologik va xoʻjalik belgilari oʻrganilib, ulardan ertapisharlik, hosildorlik va tovarboplik jihatidan ustun boʻlgan navlar saralab olindi va shu asosda "Yog'du" navi yaratildi. Yangi yaratilgan "Yogʻdu" navining xususiyatlari Xibinskaya standart naviga nisbatan sezilarli darajada ustun ekanligi aniqlandi. Jumladan, ushbu nav O'zbekiston sharoitida ertapisharligi, yuqori hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi va iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Yangi "Yogʻdu" navi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va unga patent ham olingan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Pekin karamining global ahamiyati, O'zbekistonda uning yetishtirish hajmi va foydalanish samaradorligini oshirish zarurati, shuningdek jahon va respublika tajribalari keltirilgan.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Tadqiqot qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishiga mos ekanligi taʼkidlangan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Pekin karamining ertapisharligi, serhosilligi hamda kasallik va zararkunandalarga bardoshli navlarini tanlash va ularni parvarishlash texnologiyalarini takomillashtirish masalalari boʻyicha jahon va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumot berilgan.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning maqsadi: Qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan, tashqi muhit omillariga bardoshli Pekin karamining nav namunalarni tanlash va yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning vazifalari: Pekin karam kolleksiya namunalarining morfobiologik va qimmatli xoʻjalik belgilari va xususiyatlari boʻyicha kompleks baholash; seleksiyaning tanlash usullari asosida ertapishar, yuqori hosildor va eksport talablariga javob beradigan istiqbolli pekin karam namunalarini ajratib olish; pekin karamining istiqbolli ajratib olingan namunalari bilan seleksiya ishlarini davom ettirish, navini yaratish, nav sinovlarini oʻtkazish va davlat nav sinoviga topshirish; pekin karamining yetishtirishni iqtisodiy samaradorligini, biokimyoviy tarkibini aniqlash va yangi navga intellektual mulk agentligining patentini olish hamda ishlab chiqarishga joriy etish.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning ob'ekti: Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti milliy genbankida mavjud boʻlgan 17 ta pekin karam nav namunalar.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning predmeti: Pekin karamining qimmatli xoʻjalik belgilari va morfobiologik xususiyatlari boʻlib, ertapisharligi, hosildorligi, sifatli hosil miqdori va biokimyoviy tarkibini aniqlash.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning usullari: Dala tajribalarini oʻtkazishda «Методические указания по экологическому испытанию овощных култур в открытом грунте» Москва, 1981., «Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве» Москва, 1992., «Сабзавот, полиз ва картошка экинларида тажрибалар ўтказиш услуби» Тошкент, 2023., «Методика государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур» Москва, 2015., kabi qo'llanmalaridan foydalanildi. Ma'lumotlarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida Б.А.Доспехов dispersion uslub asosida amalga oshirildi.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning ilmiy yangiligi: Respublikamizning markaziy mintaqa iqlim sharoitida pekin karamining chetdan introduksiya qilingan nav namunalari morfobiologik va qimmatli xoʻjalik belgilari oʻrganildi; ertapishar boʻlgan 5 ta nav namunada birinchi terimgacha boʻlgan davr andoza Xibinskaya naviga nisbatan 10-27 kun oldin birinchi terim boʻldi; yuqori hosildor boʻlgan 6 ta nav namunalar ajratib olindi, ularning umumiy hosildorligi andoza naviga nisbatan 1,6-70,6 t/ga yuqori; tovarbopligi yuqori boʻlgan 5 ta nav namunalar ajratib olindi; yangi "Yogʻdu" navi yaratildi va patent olindi.
- Tadqiqot (ixtiro patenti)ning amaliy natijalari: Pekin karamining Rossiya, Tayvan va Gollandiyadan keltirilgan nav namunalaridan hosildorligi yuqori, ertapishar liniyalar ajratib olindi; yangi yaratilgan "Yogʻdu" navi Samarqand viloyati Urgut, Jomboy va Toyloq tumanlarida 10,9 gektar maydonga joriy etildi; "Yogʻdu" navi Davlat reestriga kiritilib, patent olindi.
- Tadqiqot (ixtiro patenti) natijalarining ishonchliligi: Dala va laboratoriya tadqiqotlarining oʻtkazilganligi, ijobiy baholanganligi, tadqiqot natijalari respublika va chet el tadqiqotlari bilan taqqoslab, tahlil qilinganligi, zamonaviy statistik tahlil uslublaridan foydalanilganligi hamda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilinganligi natijalarning ishonchliligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot (ixtiro patenti) natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Olib borilgan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati morfobiologik va xoʻjalik nuqtai nazardan pekin karamining nav namunalariga baho berilganligi, ular orasidan ertapisharligi, yuqori hosildorligi, eksportbop namunalarning ajratilganligi va yangi istiqbolli rayonlashtirilgan "Yogʻdu" navining iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi ilmiy asoslab berilganligi bilan izohlanadi. Amaliy ahamiyati esa pekin karamining morfobiologik va qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlariga ega, ertapishar, hosildor va eksport talablariga javob beradigan istiqbolli «Yogʻdu» navi yaratilganligi bilan belgilanadi.
- Tadqiqot (ixtiro patenti) natijalarining joriy qilinishi: Pekin karamining ertapishar, hosildor va eksportbop yangi "Yog'du" navi yaratilgan va O'zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan patent olingan; Samarqand viloyati Urgut, Jomboy va Toyloq tumanlarida jami 10,9 gektar maydonga amaliyotga joriy qilingan; "Yog'du" navi Davlat reestriga kiritilgan va patent olingan.
- Pekin karamining "Yogʻdu" navini qisqacha tavsifi: "Yog'du" navi Oʻzbekiston sharoitida ertapishar, uzoq muddat saqlash, turli salatlar tayyorlash, qaynatilgan, dimlangan hamda tuzlash uchun mos boʻlgan nav. Asosan ochiq va issitilmaydigan issiqxonalarga ekish uchun mos boʻlgan nav. Karam bosh vazni 2,4 kg, hosildorligi 95-110 t/ga, oʻsuv davri 70-75 kun, kasallik va zararkunandalarga oʻrtacha chidamli.
- Pekin karamini "Yogʻdu" navining biomorfologik belgilari: Navning oʻsish turi, balandligi, barglari, karam boshi shakli va boshqa morfobiologik koʻrsatkichlari haqida maʼlumot berilgan.
- Pekin karamini "Yogʻdu" navining iqtisodiy samaradorligi: Yangi "Yogʻdu" navini yetishtirishning agrotexnik tadbirlariga ketgan xarajatlar, hosilni terish va transportda joʻnatish xarajatlari, sof foyda va rentabellik darajasi boʻyicha Xibinskaya navi bilan qiyosiy tahlil qilingan. Natijada "Yogʻdu" navining iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan.
- Ixtiro patentining ilmiy yangiligi: Pekin karamining jahon kolleksiyasiga mansub namunalar asosida yangi "Yogʻdu" navi yaratilganligi, uning yuqori xoʻjalik qiymatiga ega ekanligi va patentlanganligi haqida maʼlumot berilgan.
- Ixtiro patentining farqliligi: Yangi "Yogʻdu" navining standart Xibinskaya naviga nisbatan yuqori hosildorlikka, yirik va birxil karamboshlariga, tuxumsimon boʻylama kesim shakliga, keng karambosh diametriga, qisqa oʻsuv davriga va eksportboplik talablariga mos kelishi ajralib turishi haqida maʼlumot berilgan.
- Ixtiro patentining turdoshligi: Yangi "Yogʻdu" navining mahalliy va xorijiy turdosh nav va shakllar bilan biomorfologik belgilari, koʻpaytirish xususiyatlari, hosildorligi va oʻsish sharoiti boʻyicha oʻxshashligi haqida maʼlumot berilgan.
- Ixtiro patentining barqarorligi: Yangi "Yogʻdu" navining urugʻchilikda qabul qilingan uslublar asosida koʻpaytirilganda ham asosiy xoʻjalik belgilari barqaror saqlanishi haqida maʼlumot berilgan.
- XULOSALAR: Tadqiqot natijasida ertapisharlik, hosildorlik va tovarboplik boʻyicha ustun navlar aniqlanib, yangi "Yogʻdu" navi yaratilganligi, uning iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi va amaliyotga joriy qilinganligi haqidagi xulosalar keltirilgan.