Modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya oʻzbek tilidagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarining iqtidorini aniqlash va rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bagʻishlangan. Tadqiqotda modifikatsiyalangan topshiriqlardan foydalangan holda lingvistik iqtidorlilikni diagnostika qilish va rivojlantirishning nazariy, metodologik va amaliy jihatlari oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirishning samarali modeli va metodikasi ishlab chiqilgan hamda ushbu ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Ona tili darslarida iqtidorlilikni tashxislash va rivojlantirishning nazariy asoslari: Bobda shaxs iqtidori muammosiga doir nazariy qarashlar, kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning lingvistik iqtidorining psixologik strukturasi, ona tili ta'limi jarayonida topshiriqlarni modifikatsiyalash tamoyillari va pedagogik shartlarining ilmiy nazariy tahlili keltirilgan.
  • Boshlang'ich sinf ona tili darslarida modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali oʻquvchilar lingvistik iqtidorini aniqlash va rivojlantirish metodikasi: Ushbu bobda pedagogik tizimni modellashtirish masalasi ilmiy tadqiqotlar tizimida yetakchi tendensiya sifatida namoyon boʻlishi, shunga koʻra ilmiy tadqiqot ishimiz maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda boshlang'ich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning lingvistik iqtidorini aniqlash va rivojlantirish jarayonining funksional modelini ishlab chiqishga harakat qilingan.
  • Tadqiqot muammosini eksperimental oʻrganish natijalari: Uchinchi bobda oʻquvchilar iqtidorini modeli hamda metodikasining samaradorligi aniqlashtirildi va rivojlantirish chuqur tahlil qilindi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar orasidan iqtidorli o'quvchilarni diagnostik usullar orqali aniqlash, ular bilan olib boriladigan ishlarni takomillashtirish uchun, dastavval, oʻquvchilarning iqtidorlilik mezonlari quyidagicha belgilab olindi: xotiraning mustahkamligi; lug'at boyligining kengligi; nutqiy intuitsiya; kommunikativlik.