Broyler jo‘jalarining o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht mahsuldorligiga mahalliy “BAVMЕNZAYM” biologik faol qo‘shimchasining ta’siri
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti broyler jo'jalarining o'sishi, rivojlanishi va go'sht mahsuldorligiga mahalliy «BAVMENZAYM» biologik faol qoʻshimchasining ta'sirini oʻrganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda qoʻshimchaning joʻjalarning oʻsish sur'atini jadallashtirish, hayotchanligini oshirish, goʻsht sifatini yaxshilash va iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi oʻrni aniqlangan. Tadqiqot natijalari «BAVMENZAYM» biologik faol qoʻshimchasining broyler joʻjalari mahsuldorligini oshirishda samarali ekanligini koʻrsatib bergan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya ishining dolzarbligi va zarurati ilmiy jihatdan asoslangan, adabiyotlar sharhi, maqsad, vazifalar, obyekt va predmet tavsiflangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va ularning ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, aprobatsiyasi, e'lon qilinishi hamda dissertatsiya ishining tuzilishi va hajmi toʻgʻrisida maʼlumotlar bayon etilgan.
- Adabiyotlar sharhi: Sanoat asosida parranda go'shti ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, qishloq xoʻjalik parrandalarini hayotchanligi, oʻsish va rivojlanishiga biologik qoʻshimchalarning ta'siri, shuningdek, broyler joʻjalarning goʻsht mahsuldorligini oshirishda biologik faol moddalardan foydalanishning samaradorligi boʻyicha mahalliy hamda xorijiy adabiyotlar oʻrganilib, ilmiy tahlil qilingan.
- Tadqiqotlar oʻtkazish joyi va uslublari: Tadqiqotlarning oʻtkazish joyi, tajriba tasviri, tadqiqotlarda qoʻllaniladigan uslublar yoritilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari 2021-2023-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan OOO “Imkon Broiler
- Broyler joʻjalarini saqlash va boqish sharoitlari. Biologik faol qoʻshimchasini joʻjalarga berish tartibi: Broyler joʻjalari saqlanadigan binoning mikroiqlim sharoitlari. Broyler joʻjalarini oziqlantirish va sugʻorish meʼyori hamda biopreparatni joʻjalarga turli yosh davrlarida qo'llash tartibi va boqish davomiyligi oʻrganilgan.
- Broyler joʻja goʻshti sifat koʻrsatkichlari tahlili hamda «BAVMENZAYM»biologik faol qoʻshimchasidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi: Broyler go'shti tarkibining kimyoviy tahlili, broyler go'shti sifatini degustatsiya usulida baholash natijalari hamda «BAVMENZAYM» biologik faol qoʻshimchasidan foydalanish natijalari va iqtisodiy samaradorligi yoritilgan.
- Xulosalar: Tadqiqot natijalari asosida broyler joʻjalarini oziqlantirishda «BAVMENZAYM» biologik faol qoʻshimchasining ta'siri boʻyicha xulosalar chiqarilgan. Xususan, qoʻshimcha joʻjalarning oʻsishi, rivojlanishi, hayotchanligi va goʻsht mahsuldorligini oshirishda ijobiy ta'sir koʻrsatishi, ozuqa sarfini kamaytirishi va iqtisodiy samaradorlikni oshirishi aniqlangan.