Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida bajarilgan va oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kursantlarda liderlik sifatlarini shakllanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-psixologik va shaxsiy omillar, shuningdek, milliy, etnik va ijtimoiy-psixologik omillarning ta'siri oʻrganilgan. Shuningdek, liderlikning rivojlanishiga ta'sir etuvchi psixokorreksion dasturlar va ularning samaradorligi ham tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Liderlik fenomenining ijtimoiy-psixologik jihatlari: Ushbu mavzu liderlikning nazariy asoslari, lider shaxsining oʻziga xos tomonlari, liderlik nazariyalari va guruhdagi dinamik jarayonlarda liderlarning yuzaga kelish qonuniyatlari, harbiy ta'limning oʻziga xos tomonlari, kursantlarda liderlikni rivojlanishiga ta'sir etuvchi psixologik omillar nazariy jihatdan tahlil qilingan.
  • Kursantlarda liderlik sifatlarini empirik oʻrganilganligi: Ushbu bobda tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotda qoʻllanilgan metodlar, olingan natijalarning tahlili, ijtimoiy-psixologik omillarning kursantlarda liderlik sifatlariga ta'siri, shaxs fazilatlari va ularning liderlikka ta'siri, shuningdek, guruhiy munosabatlarning ta'siri oʻrganilgan.
  • Oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning zamonaviy psixotexnologiyalari: Ushbu bobda psixokorreksion dasturlar orqali kursantlarda liderlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar, jumladan, ijtimoiy-kognitiv, kommunikativ va autopsixologik komponentlarni rivojlantirish, psixokorreksion dastur tamoyillari va samaradorligi tahlil qilingan.