Malakali dzyudochilarni taktik tayyorlash tizimini takomilashtirish

Ushbu avtoreferat

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Dunyo miqyosida malakali sportchilarni tayyorlash tizimining takomillashuvi, ayniqsa dzyudochilarni tayyorlashda mashgʻulot jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish, koʻp yillik tayyorgarlikni puxta rejalashtirish va raqobatbardosh sportchilarning musobaqaviy holatini yuqori darajada shakllantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Jahon dzyudosi sportga ilmiy yondashuv asosida taraqqiy etmoqda. Xalqaro miqyosda malakali dzyudochilarni tayyorlashda jismoniy chidamlilik, kuch, tezlik va taktik qobiliyatlarni aniqlik bilan baholash maqsadida maxsus laboratoriya sinovlari hamda individual nazorat tizimlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dzyudo sport turida musobaqalashuv jarayonining intensivligi ortib borayotgani va oʻsmir sportchilarni tayyorlashdagi zamonaviy yondashuvlar soha mutaxassis va olimlaridan innovatsion vosita hamda uslublarni samarali qoʻllashni talab qilmoqda. Malakali dzyudochilarni musobaqaga tayyorlash jarayonida ularning taktik faoliyatini ilmiy asosda shakllantirish, ayniqsa bellashuv davomida qaror qabul qilish tezligi va harakatlarni samarali rejalashtirish kabi taktik qobiliyatlarni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va amaliy yechimni talab etuvchi muammolari yuzaga kelmoqda. Respublikamizda dzyudo sport turiga iqtidorli sportchilarni izlab topish, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etmoqda. "Dzyudoning olimpiya sport turi sifatida ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash" kabi vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Hozirgi sport amaliyotida koʻp yillik tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, musobaqa faoliyatidagi natijadorlikni oshirish va oʻquv-mashgʻulot jarayonini bellashuv talablariga moslashtirish dolzarb masalaga aylamoqda. Bu esa mashgʻulotlarga zamonaviy vosita va uslublarni joriy etishni taqozo etadi. Ayniqsa, o'smir dzyudochilarning maxsus jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va kuch hamda tezkor-kuch sifatlarini takomillashtirish muammolari hali yetarlicha oʻrganilmagani soha olimlari oldida muhim vazifalardan biri hisoblanmoqda.
  • Tadqiqotning asosiy mazmuni: Dissertatsiya Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi va uning zarurati, tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertasiya tadqiqotining dissertasiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, dissertasiyaning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqot usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijasi, tadqiqotdan olingan natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati hamda ularning joriy qilinishi, aprobasiyasi, e'lon qilinganligi, dissertasiyaning tuzilishi va hajmi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
  • Tadqiqot natijalari va amaliy tavsiyalar: Dissertatsiyaning "Malakali dzyudochilarni taktik tayyorgarligni takomillashtirish boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili" deb nomlangan birinchi bobida dzyudo sport turi boʻyicha malakali sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda sportchilarning musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishi ularning tayyorgarlik darajasiga bog'liq ekanligi ta'kidlanadi. Bob davomida A.N.Abdiev, F.A.Kerimov, V.A.Kim, A.K.Ataev kabi mahalliy, shuningdek, L.P.Matveev, A.A.Karelin, V.N.Platonov kabi xorijiy mutaxassislarning ilmiy ishlariga tayanilgan holda, mavjud tadqiqotlar chuqur tahlil qilingan. Taktik tayyorgarlikning musobaqa jarayonlarida ustunlikni ta'minlashdagi ahamiyati hamda uni takomillashtirish uchun yangi metodikalarni ishlab chiqish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijasida pedagogik kuzatishlar, tajriba va matematik-statistik usullar orqali sportchilarning tezkor va aniq qaror qabul qilish, raqib harakatlarini oldindan bilish ko'nikmalarini rivojlantirish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan. Xulosa sifatida, texnik-taktik tayyorgarlikni zamonaviy ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish sportchilarning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qilishi qayd etiladi. Tadqiqotning "Tadqiqotning usullari va tashkil etilishi" deb nomlangan ikkinchi bobida tadqiqotning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda mavzu doirasida to'plangan ilmiy va uslubiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish, ilg'or tajribalarni tahlil va sintez qilish, pedagogik kuzatishlar, pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik statistika va matematik-statistika usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot yakunida nazorat va tajriba guruhlari sportchilarining jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi. Dzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan, sport inventarlari yordamida bajariladigan mashqlar dasturidan musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida foydalanish orqali taktik harakatlarni yuqori amplitudada bajarish vaqtida tananing yelka kamar qismidagi mushaklarini boshqarish imkoniyatlari oshirilgan. Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun uch bosqichli mashg'ulot yuklamalarini ratsion taqsimlash orqali dzyudochilarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Sport mashg'ulotlarining nazariy tamoyillariga, xususan yuklama va tiklanish, bosqichma-bosqichlik va shiddat-hajm muvofiqligi prinsiplariga toʻliq mos holda tashkil etilgan mashg'ulot jarayonining samaradorligini tasdiqlaydi.