Ota-onalarning bolaga munosabati - qо‘rquv shakllanishining omili sifatida

Ushbu dissertatsiya «Ota-onaning bolaga munosabati – qoʻrquv shakllanishining omili sifatida» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda bola shaxsining shakllanishida ota-onaning roli, ularning bolalarga bo'lgan munosabatlari va bu munosabatlarning bolalarda qo'rquv paydo bo'lishiga ta'siri ilmiy jihatdan o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Ota-onaning bolaga munosabati – qo'rquv shakllanishining omili sifatida: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda jamiyat rivojlanishi bilan birga, oilaviy totuvlik va birdamlikka salbiy ta'sir koʻrsatuvchi ota-onalarning bolaga munosabati qo'rquv shakllanishining omili sifatida oilaviy hayotning individuallashuvi tendensiyasi yuzaga kelmoqda. Inson huquqlari Deklaratsiyasi va Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyada bola nafaqat maxsus himoyaga muhtoj ob'yekt sifatida, balki uning huquqlari alohida qayd etilgan. Chikago Oila universiteti (Family Institute Chicago) saytida keltirilishicha, dunyo boʻyicha yosh bolalarning aksariyati qo'rquv turlarini boshdan kechiradilar. Jumladan, hayvonlardan qo'rqish - 61%, tibbiy muolaja olishdan qo'rqish - 47%, qorong'ulikdan qo'rqish 59%, begona kishilardan qo'rqish 54%, ertak qahramonlaridan qo'rqish - 54%, ota-onalarning munosabatidan qo'rquv - 59%, oilaviy zo'ravonlikdan qoʻqish - 63%, oilaviy nizolardan qo'rqish - 51% tashkil etgan. Bu borada ota-onalarning munosabati bolaga qurquv shakllanishining omili sifatida dolzarb muammo bo'lib, bu yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmaganligi bois, mazkur mavzuni dolzarbligini yanada orttiradi va alohida tadqiqot predmeti sifatida oʻrganish zaruratini yuzaga keltiradi.
  • Ota-onaning bolaga munosabatida qo'rquv shakllanishining psixologik xususiyatlari: Dissertatsiyada ota-onalarning bolaga nisbatan munosabatlari qo'rquv shakllanishining omili sifatida ko'rilib, bolada emotsional barqarorlikni mustahkamlash va ijtimoiy vaziyatlarda oʻzini erkin tutishga psixologik tayyorgarligini orttirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, aprobatsiya qilingan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi unda ilmiy jihatdan asoslangan, xalqaro miqyosida sinalgan metodik vositalar, matematik-statistikaning aniq metodlari qo'llanilgani; tanlab olingan sinaluvchilarning hajmi va ularning reprezentativligi; empirik tadqiqotlar nazariy jihatdan chuqur oʻrganilgani, bu jarayonda ishonchli manbalarga asoslanganligi; asosiy holatlar keng ilmiy jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilingani bilan belgilanadi.
  • Bolalarda qo'rquv shakllanishini oldini olishga qaratilgan psixokorreksion dastur: Korreksion dastur ota-onalardagi tarbiya uslublarini optimallashtirish va bolalarda qo'rquv darajasini pasaytirishga qaratilgan. Dastur 2 oy davomida, haftasiga 2 soatdan, jami 16 mashg'ulot shaklida amalga oshirildi. Unda jami 280 nafar bolalar hamda 135 nafar ota-onalar ishtirok etdi. Dastur yakunida ishtirokchilarda qo'rquv koʻrsatkichlari sezilarli ravishda kamaydi. Statistik tahlil natijalariga koʻra, qo'rquv darajasining kamayishi ishonchli tasdiqlandi (p≤0,05).