“Bioetika” fanini oʻqitish
Ushbu kitob “Bioetika” fanini oliy oʻquv yurtlari talabalariga kirish sifatida taqdim etadi. Unda bioetikaning mazmuni, tarixi, rivojlanish bosqichlari, asosiy tamoyillari, zamonaviy tibbiyotning axloqiy-etika muammolari, jumladan, inson hayotining boshlanishi, abort, sterilizatsiya, yangi reproduktiv texnologiyalar, transplantatsiya, evtanaziya kabi masalalar, shuningdek, tibbiyot xodimlari va bemorlar oʻrtasidagi munosabatlar, kasbiy etik hamda bioetika va tibbiyot muhandisligining axloqiy jihatlari chuqur yoritilgan. Kitobda interfaol usullar va metodlar, zamonaviy oʻquv texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ham tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Bioetika: Kirish: Bioetikaning predmeti, kelib chiqishi, mazmuni va tarixiy rivojlanishi. Tibbiy etikaga tegishli nazariy va amaliyotda qoʻllaniladigan bilimlarning asoslari. Mavzuga oid savollar, topshiriqlar va seminar mashgʻulotlari bioetikaning oʻziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga va olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllashga yordam beradi.
- Zamonaviy tibbiyotning axloqiy-etika muammolari: Ushbu mavzuda odamlar va ularning turlari boʻyicha olib borilgan tibbiy va biologik ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, tibbiy va biologik tadqiqotlar oʻtkazishni tartibga soluvchi xalqaro hujjatlar koʻrib chiqiladi. Tibbiy tajribalarning taʼrifi va turlari tushuntiriladi. Inson hayotining boshlanishi, abort, sterilizatsiya, yangi reproduktiv texnologiyalar kabi masalalar atroflicha yoritiladi.
- Tibbiyot sohasi xodimlari va jamiyat: Ushbu mavzuda asosiy koʻriladigan masala: sog'liq, atrof-muhit va “kasallik” tushunchalari va ularni bog'liqligi. Sog'liqni saqlash tizimida tibbiy yordam koʻrsatishning oʻn ikki tamoyili haqida boʻladi. Tibbiyot xodimlari va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarning qoidalari oʻrganiladi.
- Tibbiy faoliyatning axloqiy muammolari: Ushbu mavzu yatrogenezning tasnifi, turlari, sabablari va oldini olish, yoʻq qilish usullarini oʻrganadi. Tibbiy xatolarning oldini olishda tibbiyot xodimlarining oʻrni va fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazishda ularning javobgarligi haqida soʻz yuritiladi.
- Psixiatriya va psixoterapiyada etika: Ushbu mavzu tibbiyot fanlari sifatida psixiatriya va psixoterapiyaning xususiyatlarini oʻrganadi. Ruhiy kasallarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ochib berildi.
- Ekstremal vaziyatlarning axloqiy masalalari: Ushbu mavzu ekstremal vaziyatlarning axloqiy va huquqiy masalalarini oʻrganadi: harbiy harakatlar, ofatlar, qamoq, oʻlim jazosi va ochlik eʼlonlari.
- OITSning axloqiy va huquqiy muammolari: Ushbu mavzu OITSning axloqiy muammolari va OIV infektsiyasi bilan bogʻliq axloqiy masalalarni oʻrganadi.
- Tibbiy muhandislikda bioetikaning roli: Axloq - bu muhandislik ishi, kasbiy ish va ma'lum axloqiy pozitsiyalardan kelib chiqadigan axloqiy dilemmalar va nizolarni hal qilishni ta'minlash uchun muhandislik ishlarini tartibga soluvchi axloqiy qoidalar va tamoyillar to'plami.
- Biofarmatsevtik etikaning oʻziga xos xususiyatlari: Biofarmatsevtik etikaning oʻziga xos xususiyatlari bor, ular farmatsevt ishining ikki tomonlama tabiati bilan belgilanadi.
- Akusherlik va ginekologiyada tibbiy etika va deontologiya: Tibbiy deontologiya – bu tibbiyot xodimlarining oʻz kasbiy burchlarini bajarishlari uchun axloqiy meʼyorlar, shuningdek, shifokorga murojaat qilgan shaxs (sogʻlom yoki kasal) bilan psixologik muloqotda oʻzini tutish tamoyillari va kasbiy usullari.