Dukkakli o‘simliklarning aminokislotalar tarkibini o’rganish
Ushbu monografiya dukkakli o‘simliklarning aminokislotalar tarkibini YuQX usuli bilan aniqlashga bag‘ishlangan. Unda dukkakli o‘simliklar, jumladan no‘xat, yasmiq, mosh, loviya, soya, gorox kabi ekinlarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati va sog‘liq uchun ahamiyati batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda ushbu o‘simliklarning navlari, ularning geografik tarqalishi, hosil berishi, shuningdek, ularning tarkibidagi aminokislotalarning miqdori, ularning turlicha ishlov berish jarayonlarida (xom, undirilgan, pishirilgan) o‘zgarishi ham tahlil qilingan. Monografiyada shuningdek, xromatografik usullar, ayniqsa, Yupqa qatlamli xromatografiya (YuQX) va qog‘oz xromatografiyasining nazariy asoslari va amaliyotda qo’llanilishi ham yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Dukkakli o‘simliklarning umumiy tavsifi: Dukkakli o‘simliklarning botanik belgilari, biologik xususiyatlari, dunyo bo‘yicha tarqalishi, ularning ozuqabopligi, tabobatda qo‘llanilishi, kimyoviy tarkibi va sog‘liq uchun ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
- Xromatografik usullar va ularning afzalliklari: Yupqa qatlamli xromatografiya (YuQX) va qog‘oz xromatografiyasining nazariy asoslari, uslublari, qo‘llanilish sohalari va afzalliklari bayon etilgan. Moddalarni ajratish va aniqlash usullari batafsil yoritilgan.
- Dukkakli o‘simliklarning aminokislotalar tarkibi va tajribalar tahlili: No‘xat, yasmiq, mosh, oq loviya, ko‘k no‘xat, qizil loviya, gorox kabi dukkakli o‘simliklar donining aminokislotalar tarkibi Xom holida, undirilgan va pishirilgan holatlarida tajribalar asosida tahlil qilingan va natijalar jadval ko’rinishida taqdim etilgan.
- Dukkaklilarni sog‘liq uchun ahamiyati: Dukkakli o‘simliklar mevasi, ya’ni mosh, loviya, no’xatni me’yorida iste’mol qilish insonlarni yurak xastaliklari va gipertoniyadan asrashini, shuningdek, ularning sog‘liq uchun foydalari haqida ma’lumot berilgan.
- Xulosa va tavsiyalar: Tadqiqot natijalariga asoslanib, dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.