Boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrini bаdminton sportigа oʻrgatish uslubiyati
Ushbu dissertatsiya avtoreferati boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sportiga o'rgatish metodikasi, uslubiyoti va shu jarayonda jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalarini o'rganadi. Unda jahon va respublika tajribalari tahlil qilingan, o'quvchilarda jismoniy faollikni oshirish, harakat texnikasini o'rgatish bo'yicha yangi usullar taklif etilgan. Tadqiqotda o'tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari keltirilgan bo'lib, unda tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda tadqiqot natijalarining ishonchliligi asoslab berilgan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati: Dunyoda jismoniy tarbiya va sport ta'limini modernizatsiyalash, bolalarni sportga yo'naltirish, sog'lom va irodali shaxs sifatida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlar, o'quvchilarni jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi, aqliy, individual ko'rsatkichlari bo'yicha ilg'or vosita va uslublarni darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida tizimli va samarali qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish kabi muammolar jahon hamjamiyati mutaxassislari e'tiborida qolmoqda. Hozirgi globallashuv davrida o'quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, zamonaviy ta'lim-tarbiya dasturlarini joriy qilish, individuallashtirish hamda darsdan tashqari mashg'ulotlarda bolalarning jismoniy va funksional holatini inobatga olgan holda kundalik harakat faolligini me'yorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sport turining dastlabki texnik harakatlariga o'rgatish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sport turi texnikasiga o'rgatuvchi maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish; boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sport turi texnikasiga oʻrgatuvchi mashg'ulotlar dasturini darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qoʻllash; boshlang'ich sinf o'quvchilarini badmintonga o'rgatishning pedagogik imkoniyatlarini asoslash; boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sportiga o'rgatishning komponentlari va tamoyillarini optimallashtirish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Ilmiy yangiligi: boshlang'ich sinf o'quvchilarini badminton sport turining dastlabki texnik elementlariga oʻrgatish uchun maxsus mashqlarni kiritish hisobiga harakatlarni aniq bajarish imkoniyatlari oshirilgan; darsdan tashqari mashg'ulotlarda texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun murakkab koordinatsion mashqlarni kiritish hisobiga musobaqa ko'nikmalari shakllantirilgan; jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini moderinzatsiyalash uchun pedagogik model ishlab chiqilgan; badminton sportiga adaptatsiya qilish uchun tayyorgarlik bosqichlariga mos ravishda texnik harakatlarni rivojlantirish ko'rsatkichlariga refleksiv murakkablik darajalariga moslashtirish hisobiga amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayoni optimallashtirilgan. Amaliy ahamiyati: “Yosh badmintonchi