Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olishning ilmiy- nazariy asoslari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati oʻzbek, rus va ingliz tillarida boʻlib, unda koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olishning ilmiy-nazariy asoslari, sportchilarni tayyorlash texnologiyalari va ularning samaradorligini oshirish usullari tadqiq etilgan. Tadqiqotda jahon sportida ishlatiladigan ilgʻor uslublar va uslubiyatlardan foydalanib, futbolchilarni tanlab olishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida futbolchilarni saralab olishning yangi tizimi, konseptual modeli va texnologiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu ishlar futbol maktablari va akademiyalarida joriy etish uchun tavsiya etilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Dunyoda futbol musobaqalarining yangi bosqichga oʻtishi futbolchilarni tayyorlash jarayoniga tobora yuqori talablarni qoʻyishi bevosita koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olish uchun samarali yoʻllarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh futbolchilarni saralab olish yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning eng asosiy boʻgʻinlaridan biri boʻlib, futbolchilar tayyorgarligini muvaffaqiyatli tashkil qilishda muhim omil hisoblanadi.
  • Tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Ushbu tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
  • Dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi: Sportchilarni tayyorlashda saralab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Sport o'yinlari, jumladan futbol sport turida saralab olish bo'yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida ham oʻrganilgan, xususan: Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda ilg'or tajribalar amalga oshirilmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi: Koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni saralab olishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Futbolchilarning ko'p yillik tayyorgarlik bosqichlarida har bir bosqichlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda saralab olish tizimini ishlab chiqish; koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug'ullanuvchi futbolchilar faoliyat samaradorligini oshirishda dominant omillarning ahamiyatini oʻrganish va ularni mashg'ulotlarni tashkil etishdagi o'rnini tajribada asoslash; koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug'ullanuvchi futbolchilarni saralab olishning muhim aspektlarini aniqlash, o'yin amplualariga qarab ular tayyorgarligini baholash reytingini ishlab chiqish; koʻp yillik tayyorgarlikni turli bosqichlaridagi futbolchilarni tayyorgarligini baholash, yoshga oid saralash mezonlarini aniqlash va integral tayyorgarlik koʻrsatkichlarini belgilovchi saralab olish texnologiyasini takomillashtirish; futbolchilar faoliyatining natijadorligi va koʻrsatkichlarini tahlili asosida birinchi bosqichdan keyingi bosqichga oʻtkazish va professional darajagacha tayyorlash mexanizmini takomillashtirish va ilmiy-nazariy asoslash; futbol bilan shugʻullanganlik darajasi va natijaviyligini inobatga olgan holda futbolchilar faoliyatini belgilovchi koʻp yillik tayyorgarlik tizimida futbolchilarni saralab olishning konseptual modelini ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Futbolchilarni koʻp yillik tayyorgarligining oʻquv mashq bosqichida oʻyindagi texnik-taktik harakatlar samaradorligini aniqlash, sport takomillashtirish bosqichida belgilangan sport razryadini egallashga qaratilgan saralash tizimini ishlab chiqish hisobiga alohida bosqichlarda maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan; turli yoshdagi futbolchilarni musobaqa faoliyati samaradorligini tashkil qiluvchi asosiy texnik-taktik harakatlarni yoshga doir xususiyatlari boʻyicha futbolchilar faoliyatiga ta'sir etuvchi asosiy dominant omillarni belgilash orqali yillik mashg'ulotlarni rejalashtirish imkoniyatlari oshirilgan; koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni tayyorgarlik tomonlarini baholovchi muhim aspektlarini aniqlash asosida o'yin amplualariga ajratilgan holda baholash reytingini ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Ko'p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashda saralab olishni ahamiyati oʻrganilgan va futbolchilarni istiqbolini belgilash imkoniyati oshirilgan; mutaxassislarning fikrlari oʻrganilgan holda futbolchilarni saralashda foydalaniladigan nazorat testlarini takomillashtirish hisobiga qoʻllaniladigan vosita va usullarning samaradorligi aniqlangan; shug'ullanuvchilarning turli koʻrsatkichlari (yoshi, jismoniy rivojlanishi) ni inobatga olgan holda bir bosqichdan keyingi bosqichga oʻtkazish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; ko'p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug'ullanuvchi futbolchilarni tayyorlashning muhim kriteriyalari asosida saralash texnologiyasi takomillashtirilgan; futbol akademiyalarida shugʻullanuvchui futbolchilarni tayyorlash mexanizmi takomillashtirilgan holda oʻquv-mashg'ulot jarayoniga tatbiq qilingan; koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlash va saralab olish uchun ishlab chiqilgan saralab olish tizimi, saralab olish texnologiyasi va saralab olishning konseptual modeli ilmiy-nazariy asoslangan holda amaliyotga joriy qilingan va saralab olish samaradorligi oshirilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi nazariy va metodologik asos, saralab olishning umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati, maxsus vosita va usullar orqali futbolchilarni saralab olish sohasida mahalliy va xorijiy olimlar, shuningdek malakali murabbiy-amaliyotchilarning ilmiy qarashlari bilan asoslanganligi, usullarning vazifalarga mosligi, tadqiqot maqsadi, tajriba qamrovining yetarli hajmi va axborotliligi, ilmiy tadqiqot faoliyatning zaruriy dalillari va muammolarning yechimi bilan bog'liqligi tadqiqot natijalarining ishonchliligini ta'minlaydi.
  • Xulosalar: Mamlakatimizda futbolchilarni tayyorlash, tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashni ilmiy-metodik ta'minlash, istiqbolli o'yinchilarni saralab olish va har tomonlama tayyorgarligini takomillashtirish masalalari dolzarbdir. Shu sababli futbolda saralab olish masalalari oʻz yechimini kutmoqda. Xorijiy va mahalliy olimlarning izlanishlaridan ma'lum bo'lishicha, qator sport turlarida tanlab olish va saralash ishlari oʻrganilgan bo'lsada futbol sport turida saralab olish boʻyicha salmoqli ishlar qilinmagan. Shundan kelib chiqib, ko'p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olish texnologiyasini yaratish zarurati mavjud.