KHKlarda “Mashinalarning xarakatlanish usullari” mavzusiga aqliy hujum mеtodikasini ishlab chiqish

Ushbu kitob qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun "Mexanizasiyalashgan ishlar texnologiyasi" fanidan bitiruv malakaviy ishi sifatida "Mashinalarning harakatlanish usullari" mavzusiga aqliy hujum metodikasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Unda fanlararo bog'liqlik, uslubiy ta'minot va dars o'tish uslublari, dars rejasi, ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlar, ko'rgazmali materiallar yoritilgan. Muallif mexanizatorlar uchun xavfsizlik texnikasi va yong'inga qarshi chora-tadbirlarga ham e'tibor qaratgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy qism: Kasb-hunar kollejining tavsifi, malaka tavsifi va bitiruv malaka ishini asoslash materiallari berilgan.
  • Texnologik qism: "Mashinalarning harakatlanish usullari" mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalar, ishchi uchastkaning, traktor va agregatning kinematik xarakteristikasi, agregatning manyovrchanligi, burilish turlari va agregatlarning harakatlanish usullari keltirilgan.
  • Metodik qism: Fan va mavzuning tavsifi, fanlararo bog'lanishlar, mavzuning uslubiy va texnik ta'minoti, dars materiali hamda an'anaviy dars o'tishning qiqacha bayoni va ularni zamonaviy usullar bilan qiyoslash, dars rejasi, dars maqsadlari, o'quv natijalari, darsning jihozlanishi, darsni tashkil qilish, mavzuning o'qitish metodlari va ularni tahlili, ko'rgazmali va didaktik materiallari hamda KHKlarda "Mashinalarning harakatlanish usullari” mavzusiga aqliy hujum metodikasini ishlab chiqish haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Hayot faoliyati havfsizligi: Mashinalarni ishlatishda havfsizlikni ta'minlash chora tadbirlari ishlab chiqildi.